5. elektromagnit induktsiya hodisasi. Faradit qonuni.
Daniyalik fizik Ersiyed 1820 yilda tokning magnit ta`sirini aniqlagandan so’ng, ingliz fizigi Faradey bu kashfiyot bilan tanishgach, shunday xulosaga keldi: Berk o’tkazgich bo’ylab oqayotgan magnitni harakatga keltirar ekan, magnitning harakatlanishi ham berk o’tkazgichda tok hosil qilishi kerak. Bu xulosaning to’g’riligini Faradey 1931 yilda tajribalar asosida tasdiq ladi. U magnit maydonda sim o’ramli g’altak va Gal’vanometrdan iborat berk kontur ilgarilanma harakat qilganda yoki burilganda, shuningdek, qo’zg’almas kontur ma`lum vaqt davomida o’zgaruvchan magnit maydonda turganda konturlarda tok hosil bo’lishini aniqladi.
Magnit maydonining o’zgarishi tufayli berk konturda hosil bo’lgan tok induktsiyon tok, hodisaning o’zi esa elektromagnit induktsiya hodisasi deb ataladi. Induktsiyon tokni hosil qiluvchi elektr yurutuvchi kuch induktsiyon EYUK deb ataladi.
Faradeyning tajribalari (tushuntiriladi !) asosida magnit induktsiya oqimining o’zgarishi natijasida induktsiyon tok hosil bo’lishini ko’rsatdi. Tajribalar asosida quyidagi xulosaga keldi.
G’altakning shakli o’zgarmagan holda magnit oqimining har qanday usulda o’zgarishi berk zanjirdagi gal’vanometrning strelkasining og’ishiga olib keladi. Hosil bo’lgan induktsiyon tokning yo’nalishi magnit oqimining yo’nalishini o’zgarishiga bog’liq.
G’altakdagi sim o’ramlar soni ko’p, magnit induktsiya oqimining o’zgarishi tez bo’lsa, induktsiya hodisasi kuchli bo’ladi.
Agar g’altak ichida Ferromagnit jism bo’lsa, effekt kuchli bo’ladi. Bundan induktsiya hodisasi magnit maydon kuchlanganligiga emas, balki magnit maydon indujtsiyasiga bog’liq ekanligi kelib chiqadi.
Agar effekt kuzatilayotgan konturning faqat qarshiligini o’zgartirsa , qarshilik ortsa u kichik qiymatda, qarshilik kamaysa, katta qiymatga erishadi.
Kuzatilgan tajribalarning hammasida elektr maydon kuchlanganlik vektorining bo’lishi kuzatildi. Bularga asosan Faradey o’zining quyidagi qonunini yaratdi;
Kuzatilayotgan kontur bo’yicha olinayotgan elektr maydon kuchlanganligining sirkuliyatsiyasi shu konturni kesib o’tuvchi magnit induktsiya oqimining o’zgarish tezligi orqali aniqlanib, bu sirkuliyatsiya konturda hosil bo’layotgan induktsiyon EYUK ga teng.
Magnit induktsiya oqimining birligi
Uzinduktsiya hodisasi. Toklar magnit maydonini energiyasi. Kvazi statsionar tok. O’zgaruvchan tok, qarshilk. Induktivlik va sig’imga ega bo’lgan o’zgaruvchan tok zanjiri uchun Om qonuni.
O’zinduktsiya hodisasi.
Magnit maydon induktsiyasi.
O’zgaruvchan tok.
Kvazistatsionar tok.
Induktivlik sig’im va qarshilikka ega bo’lgan tok zanjiri uchun Om qonuni.
1. O;zinduktsiya hodisasi.Konturni kesib o’tadigan magnit oqimining o’zgarishi ro’y beradigan barcha hodisalarda elektro magnit induktsiya hodisasi ro’y beradi.
Kuzatilayotgan konturdan o’tayogan tok kuchining o’zgarishi konturda qo’shimcha tok kuchi holis qiladigan konturdagi E.Yu.K.ni hosil bo’lishiga olib keladi. Bu hodisaga O’zinduktsiya induktsion E.Yu.K.ni hosil qiladigan qo’shimcha kuchga O’zinduktsiya ekstro tok deyiladi.
Ixtiyoriy nuqtada hosil bo’luvchi magnit induktsiya vektori g’alptakdan o’tayotgan tok kuchiga to’g’ri proporttsonal Ф=IL L- konturning induktivligi bo’lib konturdan bir birlik tok kuchi o’tganda konturda hosil bo’luvchi magnit induktsiya oqimiga son jihatdan teng bo’lgan kattalik dir. O’zinduktsiya hodisasini ga tadbiq etsak (1.) hosil bo’ladi. (1.) dan ko’rinadiki, o’zinduktsiya E.Yu.K. tok kuchuning o’zgarish tezligiga to’g’ri proportsional bo’lar ekan. Ifodadan induktivlik (2.) bo’ladi. Bu ifodadan foydalanib, uning birligini aniqlasak, konturdagi tok bir sekundda bir amperga o’zgarganda bir volt o’zinduktsiya E.Yu.K. hosil bo’lsa, bu konturning birligini bir genri deyiladi.
Har qanday konturni tok manbaiga ulagan zahoti tok kuchi eng katta qiymatga erishmaydi, buning uchun ma’lum vaqt o’tadi. Bu vaqtda konturda ulanish ekstro toki hosil bo’ladi.( rasm***** a chiziq) (3.)
Dostları ilə paylaş: |