portal.guldu.uz-Elektrodinamika va nisbiylik nazariyasi (1)
Kvazistatsionar toklar Om qonuni hamda undan kelib chiqadigan Kirxgofning qonunilari o’zgarmas tok uchun aniqlangan edi. Lekin ular o’zgarish tezligigi juda tez bo’lmagan o’zgaruvchan tok va kuchlanishning oniy qiymati uchun to’g’riligicha qoladi. Elektromagnit g’aqlayonlar zanjir bo’ylab yorug’lik tezligi s gat eng bo’lgan ulkan tezlikda tarqaladi. Agar g’alayonlanish zqanjirning eng uzoq nuqtasiga uzatish uchun zarur bo’lgan τ=l/s vaqt ichida tok kuchi juda kamo’zgarsa, u holda tok kuchining oniy qiymati zanjirning butub qismi bo’ylab amlda birday bo’ladi. Shunday shartlarga bo’ysinadiga toklar kvazistatsionar toklar deyiladi. Davriy o’zgaradigan toklar uchun kvazistatsionarlik sharti quyidagicha yoziladi: , bu yerda T- o’zgarish davri.
Zanjir o’lchami taxminan 3 m bo’lganda τ=10-8 sek bo’ladi. Shunday qilib, tebranish davri T≈10-6 sek (bu 106 gts chastotaga mos keladi) bo’lgunga qadar bunday zanjirdagi tokni kvazistatsionar tok deyish mumkin . Sanoat chastotadagi (ν=50gts) tok ~100km uzunlikdagi zanjir uchun kvazistatsionardir.
Kvazistatsionar toklarning oniy qiymatlari Om qonuniga bo’ysunadi. Binobarin, bu tolar uchun Kirxgof qoidalari ham o’rinlidir.
Induktivlik va sig’imga ega bo’lgan R qarshilikning ikki uchiga U=Umcosωt (1.), qonun bo’yicha o’zgaruvchi kuchlanish berilgan bo’lsin, bunda Um- kuchlanichning amplitudaqiymati(199-rasm***). Kvazistatsionarlik sharti bajarilganda qarshilikdan o’tayotgan tok Om qonuni bo’yicha topiladi: . (2.)
Shunday qilib, tok kuchi va kuchlanishning amplitude qiymatlari orasida quyidagicha munosabat mavjud: (3.).
Agar o’zgaruvchan tok va kuchlanishni vektorlar yordamida tasvirlasak ular orasidagi munosabat yanada yaqqolloq ko’rinadi. Ixtiyoriy yo’nalish tanlaymiz va bu yo’nalishni toklar o’qi deb ataymiz. shu yo’nalish bo’yicha Im uzunlikldagi tok vektorini joylashtiramiz.
Qaralayotgan holda tok va kuchlanish sinfaz o’zgargani sababli kuchlanish vektori ham toklar o’qi yo’nalishda bo’ladi: uning uzunligi Rlm gat eng bo’ladi. Tok yoki kuchlanish vektorining yig’indisi ushbu zanjirning vector diagrammasini tashkil qiladi.