«Tuproqlar geografiyasi» fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
Talabalar qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo’lgan tuproqlarni xosil bo’lish jarayoni, rivojlanishi, tarkibi va xossalari, xamda ularni geografik tarqalish qonuniyatlari bo’yicha bilimga ega bo’lishlari kerak.
Laboratoriya mashg’ulotlarida tuproqlarni mexanik tarkibi, fizik va suv xossalarini mustaqil ravishda aniqlay olish, ularni taxlil qilish ko’nikmalariga ega bo’lishlari lozim.
O’quv dala amaliyoti davrida esa tuproq kesmalarini qo’yish, genetik qatlamlarni ajratish, ularni tasvirlash, namunalar olish va sxematik tuproq xaritalarini tuzish, tuproq ocherki yozish malakalarini egallashlari kerak.
3. Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi. Tuproqlar geografiyasi o’z mohiyatiga kura bir qator tabiiy fanlari bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham talabalar tuproqda ro’y beradigan jarayonlarning mohiyatini tasavvur qilishlari uchun geologiya, kimyo, fizika, botanika, zoologiya, mikrobiologiya, o’simliklar fiziologiyasi, matematika fanlari bo’yicha ham yetarli bilimlarga ega bo’lishlari lozim. Bundan tashqari Tuproqlar geografiyasi fani ixtisoslik fanlari uchun ham poydevor fan hisoblanadi.
4. Fanning ta’limdagi o’rni Tuproq inson hayotini va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida asosiy moddiy boylik hisoblanib usiz oziq- ovqat mahsulotlarini va sanoat xom ashyolarini ishlab chiqarishni tasavvur qilib bo’lmaydi. Shuning uchun ham tuproqlar asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanib, ular unimdorligini oshirish masalalari hal qilinishi har qanday jamiyatning asosiy vazifasi hisoblanadi.
5. Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar. Tuproqlar geografiyasi fanini o’qitilishida turli jadvallar, xaritalar tarqatma materiallar va o’g’itlar namunalaridan foydalaniladi. Tuproq hossalarini va unumdorligini hamda ekinlar hosildorligini o’zgarishlarini komp’yuter texnikasi yordamida maxsus programmalash asosida taxlil qilish mumkin.