O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə21/129
tarix06.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#125650
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   129
Tuproqlar-geografiyasi-2019-20-majmua-

Gravitatsion suv. Tuproq qatlamlaridagi nokapiliar yo’llar va yirik kapiliarlar orqali yo’qoridan pastga tomon erkin harakat etadigan suvga gravitatsion suv deyiladi. SHo’rlanmagan tuproqlarda bu suvning osmotik bosimi 0,5 atm ga teng bo’lganidan bu suv o’simliklarga yaxshi singadi. Lekin qatlamda gravitatsion suvning tezhapakat qilganligi va boshqa tuprdagi suvga o’tganligi sababli o’simlikni bevosita suv bilan tahmin etishda ozroq qatnashadi.
Gravitatsion suv miqdori tuproqda yog’indan va ekin sug’orilgandan keyin juda ko’payadi. Bahzan bir tuproqlarning haydalma ost qatlami suvni yaxshi o’tkazmasligi yoki juda sekin o’tkazishi tufayli haydalma qatlamda gravitatsion suv ancha vaqtgacha to’xtab qolishi va natijada tuproq ustki qatlamida o’simliklar va mikroorganizmlar uchun havo yetishmay qolishi mumkin.
Tuproqdagi kapiliar va gravitatsion suv miqdorining mo’tadil holatda bo’lishi tuproqning mexanikaviy tarkibiga, strukturasi va qovushmasiga, shuningdek, dehqonchilikda qo’llanadigan agrotexnikaviy tadbirlar (shudgor, molalash, kulhtivatsiya, chopiq, sug’orish va boshqalar) ning sifatli o’tkazilishiga bog’liq.
Gravitatsion suv pastga tomon harakat etib, suv to’sar gorizontga yetibborganda, u joyida suvli qatlam vujudga keladi. Shu qatlamda to’plangan suvga grunt yoki sizot suvi deyiladi. Suv to’sar gorizont bir tomonga nishab joylashgan bo’lsa, grunt suvi shu tomonga sizib borib, daryo yoki soy yaqinida buloq bo’lib chiqadi, aksincha, suv to’sar gorizont tekis joylashganda grunt suvining sathi vertikal ravishda (tik) yo’qoriga ko’tariladi.
Grunt suvlarining chuqurligi, ximiyaviy tarkibi tuproqning suv xossalariga va o’simlik hayotiga katta tahsir etadi. Grunt suvi sathining ko’tarilishi tufayli kapiliar suv bilan o’simliklar tahmin ehtilib turilsada, biroq tuproqda sho’rlanish va botqoqlanish singari salbiy jarayonlar ham yuzaga keladi.
Kapiliar yo’llar orqali suvni pastdan yo’qoriga ko’tarilishiga tuproqning kapiliarligi yoki suvni ko’tarish qobiliati deyiladi.
Tuproqda yo’qorida qisqacha xarakterlangansuvlarning bu shakllaridan tashqari, qatlam temperaturasining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan bug’simon suv (suv bug’i) yoki qattiq suv (muz) lar ham bo’ladi. Bu xildagi suvlardan o’simliklar bevosita foydalana olmaydi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin