O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi


Allyuvial botqoq-o’tloq tuproqlar



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə29/129
tarix06.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#125650
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   129
Tuproqlar-geografiyasi-2019-20-majmua-

Allyuvial botqoq-o’tloq tuproqlar.
Botqoq o’tloq tuproqlarga chim qatlami yaxshi ifodalangan va serchirindi tuproqlar kiradi. Bu yerlarda sizot suvlari yaqin (1 mm atrofida) joylashib, gley gorizonti ham uncha chuqurda emas.
Yer osti suvlarning tez bug’lanishi, sizot suvlarining yaxshi oqib ketishi va hatto toshqinlardan keyin ham, ular sathining tez pasayib borishi sababli, cho’l zonasida botqoq-o’tloq tuproqlar kam uchraydi.
Sug’oriladigan yerlarda, ayniqsa sholi ekiladigan rayonlarda sizot suvlari butun vegetatsiya davrida yuza joylashadi. Natijada botqoqlanish alomatlari 50 sm chuqurlikdan boshlab, dastlab zangli dog’lar, so’ngra ko’kimtir tusli dog’lari bo’lgan gley gorizonti yaxshi ifodalanadi. Botqoq-o’tloq tuproqlar 1,5-2,0 foiz atrofida gumus saqlaydi va odatda cho’l zonasida sho’rlangan bo’ladi. Suv bosib turadigan va doim sug’orilib (ayniqsa sholi maydonlari) kelinadigan yerlarda tuproq tuzlardan ancha yuvilgan.
Allyuvial botqoq tuproqlar-sohil va sohil usti terrasalaridagi past tekistliklarda, ayniqsa daryo irmoqlarining tepalari oraligidagi chuqurliklarda hamda dengiz bo’yidagi mavsumiy ravishda suv bosib turadigan yerlarda ancha keng tarqalgan. Bu tuproqlar sizot suvlari yaqin (ko’pincha 0,5 m dan yuqori) va toshqin suvlari yangitdan keltirilgan yotqiziqlar ustida hosil bo’ladi. Yangi paydo bo’lgan botqoq tuproqlarning yuqori qatlamlari och ko’kimtir - kul rang bo’lib, chala chirigan o’simlik qoldiqlari ko’p uchraydi. Ba’zan chirindi qatlami ko’milgan gorizontlar ham bo’ladi. Yosh botqoq tuproqlarda 1 foizgacha gumus, 0,04-0,07 foiz azot bor. Torfli qatlamlarda gumus ko’p (3-6 foizgacha) va shunga ko’ra azot, fosfor miqdori ham ancha yuqori.
Mustaqil ishlash uchun savollar.
1. Gidromorf tuproqlar hosil bo’lishidagi o’ziga xos tuproq paydo bo’lish jarayonini ta’riflang?
2.Cho’l zonasi asosiy gidromorf tuproqlari tiplarini ko’rsating.
3.Sug’oriladigan dehqonchilikning gidromorf tuproqlarga tahsiri nimalarda ifodalanadi?



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin