O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi


Rеlеf - uch guruhga, makrorеlеf, mеzorеlеf va mikrorеlеflarga ajratiladi



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə25/129
tarix06.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#125650
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   129
Tuproqlar-geografiyasi-2019-20-majmua-

Rеlеf - uch guruhga, makrorеlеf, mеzorеlеf va mikrorеlеflarga ajratiladi.
Makrorеlyеf - dеganda tеkislik, baland tеkislik, tog’lar singari yirik rеlеf formalari tushuniladi. Bu rеlеf havo oqimning harakatiga ta'sir etib, katta maydonlar iqlimini shakllantirishda ishtirok etadi.
Mеzorеlyеf - balandlikni kam o’zgaradigan adir-qirlar past balandliklar va vodiylar kabi rеlеf shakllari kiradi. Mеzorеlеf tuproqda yoruqlik, issiqliq va namni to’planishi va tarqalishida asosiy rol o’ynaydi.
Mikrorеlyеf - rеlеfning kichik, past shakllari bo’lib, ularga pastqam joylar, do’ngchalar va yеr yuzasi notеkisliklari kiraldi. Mikrorеlеf tuproqnig notеkis namlanishi, fizik, ximik, xossalari, ozuqa va tuz rеjimiga ta'sir qiladi va tuproqlarning komplеks holda tarqalishida asosiy rol o’ynaydi.
Gidromorf tuproqlar jumlasiga sizot suvlari yaqin (0,5-3,0 m ) bo’lgan sharoitda, doimiy kapillyar namlik ta’sirida hosil bo’ladigan o’tloq, botqoq, botqoq-o’tloq tuproqlar va sho’rxoklar kiradi.
Gidromorf tuproqlarning xossalari sizot suvlarining sathi, minerallashganlik darajasi va shuningdek, davriy ravishda bo’lib turadigan toshqin suvlari rejimiga bog’liq. Tuproqning namlanib turish holati, shu yerdagi tuproq paydo qiluvchi ona jinslarning mexanik tarkibi va fizikaviy xossalariga bog’liq. Jumladan, yer osti suvlari lyosslarda 3-4 m bo’lganida, gilli va qatlamli guruntlarda 1,5-3 m, da tuproq gorizonti doimiy kapillyar namlanib turadi.
Gidromorf tuproqlar cho’l va bo’z tuproqlar zonalarida tarqalgan bo’lib, daryolarning quyi oqimlari, relg’ef depressiyalari (cho’kmaalari)da – ko’l atrofi, daryo va ko’llarning qurib qolgan pastliklari va tog’ oldi qiya tekisliklari hamda tog’oldi yoyilmalarida katta maydonlarni egallaydi.
Gidromorf tuproqlar maydoni O’rta Osiyoning sug’oriladigan maydonlarining deyarli yarmini, O’zbekistonda esa 40 foizini gidromorf tuproqlar tashkil etadi.


Gidromorf tuproqlarning hosil bo’lish sharoitlari va klassifikatsiyasi
O’rta Osiyoning cho’l zonasi va bo’z tuproqlar zonasi sharoitida o’tloq tuproq paydo bo’lish jarayoni faqat gurunt (sizot) suvlarning kapillyarlar orqali ustki gorizontgacha ko’tarilib, tuproqlarning qo’shimcha namlanishi mavjud bo’lgan sharoitda sodir bo’ladi. O’tloq jarayon tuproq va guruntlarning xarakteriga, birinchi navbatda ularning kapillyarlik xossalariga bog’liq bo’lib, gurunt suvi 1-2-3 m chuqurlikda bo’lganda yuzaga keladi.
O’tloq jarayonning yuzaga kelishi uchun tuproqning kapillyarlar orqali namlanishi doimiy bo’lishi shart emas. Bahorda va yozda kuchli namlanishning bo’lishi o’tloq o’simliklarning rivojlanishiga sharoit tug’diradi, natijada o’tloq tuproqlarning rivojlanishi uchun sharoit vujudga keladi. Avtomorf tuproqlardagiga nisbatan o’tloq tuproqlarda o’simliklar qoldig’i ancha ko’p to’planadi.
O’tloq jarayonning ikkinchi belgisi – organik qoldiqlarning anaerob tipda chirishining ustunligidir. Shuning uchun har yili kuzda quriydigan o’simlik qoldiqlari tamomila minerallashib ketmasdan, balki ularning ko’p qismi gumusga aylanadi va tuproqqa to’q-sur tus beradi.
Cho’l va bo’z tuproqlar zonasida o’tloq jarayon karbonatlar ishtirokida boradi, bu O’rta Osiyodagi o’tloq tuproqlarning xarakterli belgilaridan biridir. Tuproqning karbonatli bo’lishiga sabab jinslarda karbonatlarning ko’pligi va gurunt suvlarining tarkibida ohak va magniy tuzlarining (qattiq suv) ko’p bo’lishidir. Gurunt suvlari yuqoriga ko’tarilayotganda biroz isiydi va natijada pastki gorizontlarda ohak (kalg’tsiy karbonat) cho’kmaga tushadi, karbonatli «sho’x», ohakchil (mergelg’) va turli o’lcham va shakldagi konkretsiyalar (har xil shakldagi yangi hosilalar) holidagi qatlamlar vujudga keladi.
Kuchsiz minerallashgan gidrokarbonatli gurunt suvlari uchraydigan xududlarda o’tloq jarayon tuproqlarning karbonat kalg’tsiyli va karbonat magniyli sho’rlanishi bilan birgalikda kechadi. Bu tipdagi sho’rlanishni Zarafshon va Farg’ona vodiylarida birinchi bo’lib D.M.Kuchuchkov (1951) aniqlagan.
O’tloq tuproq paydo bo’lish jarayonining doimiy yo’ldoshi – bu sizot suvi ishg’ol etgan pastki qatlamlarda sodir bo’ladigan botqoqlanishdir, ya’ni qaytarilish jarayonining kuchli bo’lganligi (anaerob sharoitda) ko’pincha gley (berch) qatlamning hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Botqoqlanish darajasi gurunt suvlarning chuqurligiga va rejimiga bog’liqdir. O’tloq tuproqlardagi gley (berch) qatlam gurunt suvlarining sathiga bog’liq bo’lib, har xil chuqurliklarda uchraydi. Gleylanish loyli guruntlarda juda kuchli namoyon bo’ladi. Berch qatlamda va uning ustida temir oksidlari qo’ng’ir tusdagi dog’ holida ajralib chiqadi. Bu havoning kirishi tufayli temir chala oksidlari (zakislari) ning temir oksidlariga aylanishidir.
Minerallashgan gurunt suvlari yuza joylashgan yerlarda tuzlar tuproqning ustki qatlamlarida to’planib, tuproqni sho’rlantiradi.
O’tloq tuproq paydo bo’lish jarayoni sharoitiini aniqlovchi, namlik rejimi va biologik jarayonning jadalligi va o’zgaruvchanligiga olib keladi. Jarayon gidromorflilikni kuchaytirishi mumkin, bunda o’tloq tuproqlar botqoq tuproqlarga, sho’rlangan tuproqlar esa sho’rxoklarga o’tishi mumkin, yoki dasht (quruq)lashishiga olib kelib, qoldiq o’tloq va botqoqlanish belgilarini saqlagan, zonal avtomorf tuproqlarga aylanishi mumkin. Ayniqsa tuproqlar evolyutsiyasining tabiiy yo’nalishiga sug’orish melioratsiyasi va agrotexnik tadbirlar kuchli ta’sir etadi.
Gidrogeologik sharoitlariga qarab sizot suvlarining rejimi, minerallanishi va tuproqlarning tuz rejimlari keskin farq qiladi. Shuning uchun gidromorf tuproqlar orasida ularning namlanish sharoitlariga qarab allyuvial rejimdagi va soz rejimli tuproqlar ajratiladi. Allyuvial rejim daryo vodiylarida sizot suvlari barqaror bo’lmagan sharoitda yuzaga keladi. Soz rejimi tog’oldi qiya tekisliklarda va yoyilmalarda tog’lardan sizib oqayotgan bosimli sizot suvlarining barqaror bo’lgan sharoitida hosil bo’ladi.
Har ikkala rejimda ham o’tloq, botqoq-o’tloq, botqoq tuproqlar va sho’rxoklar hosil bo’ladi.
Yer osti suvlari yaxshi oqib ketadigan sharoitda sizot suvlari odatda kam minerallashgan bo’lib, bo’z tuproqlarning yuqori zonalari uchun va tog’ viloyatlariga xosdir. Odatda bunday sharoitda sho’rlanmagan gidromorf tuproqlar hosil bo’ladi. Yer osti suvlari kam oqib ketadigan joylarda sizot suvlarining minerallashuvi yuqori bo’lganligi sababli, cho’l zonasidagi va qisman bo’z tuproqlarning quyi zonalaridagi gidromorf tuproqlar turli darajada sho’rlangandir. Sug’orib dehqonchilik qilinadigan maydonlarda, sug’orish suvlari ta’sirida yer osti sizot suvlarining qayta ko’tarilishi va kam oqib ketishi ro’y beradigan sharoitda avtomorf tuproqlardan gidromorf tuproqlar ham hosil bo’ladi. Bunda bo’z tuproqlarning o’tloq tuproqlarga o’tishi uchun ancha uzoq vaqt kerak bo’ladi. Yer osti suvlari pasaygan sharoitda gidromorf tuproqlar zonal – taqir va bo’z tuproqlar singarilarga aylanadi. Bu ham uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, gidromorf tuproqlardan avtomorf tuproqlarga o’tuvchi turoqlar jumlasiga o’tloq-bo’z, o’tloq-taqir tuproq kabilar kiradi.
Turli tuproq zonalarining gidromorf tuproqlari bir-biridan farq qiladi. Chunki bu tuproqlarning rivojlanishiga sizot suvlaridan tashqari har bir zonaning tabiiy sharoitlari- iqlimi, tuproq paydo qiluvchi ona jinslar tarkibi, o’simliklar qoplami va boshqalar katta ta’sir etadi. Shuning uchun ham zonal joylashuviga ko’ra, cho’l zonasining va bo’z tuproqlar zonasining gidromorf tuproqlariga ajratiladi.
Har ikkala zonaning gidromorf tuproqlari namlanish sharoitiga ko’ra allyuvial va soz rejimli bo’lishi mumkin.


Klassifikatsiyasi. Cho’l va bo’z tuproqlar zonasi asosiy gidromorf tuproqlarining tiplari – o’tloq, botqoq va sho’rxok tuproqlari bo’lib, ular botqoq-o’tloq, o’tloq (tipik), sho’rxok va botqoq-sho’rxok singari tipchalarga ajratiladi. Gidromorf tuproqlar quyidagi avlodlarga: 1-allyuvial, 2 – uncha rivojlanmagan shag’alli allyuvial; 3-sho’rlangan allyuvial; 4- sozli tuproqlar; 5- sho’rlangan soz; 6 - sho’rtobli soz tuproqlar kabilarga bo’linadi.
Sho’rlanish darajasiga qarab: sho’rlanmagan, kuchsiz sho’rlangan, o’rtacha sho’rlangan va kuchli sho’rlangan tuproqlarga ajratiladi. Gumus miqdoriga ko’ra och tusli (2 foizgacha gumus bo’ladi) va to’q tusli (2 foizdan ko’p) turlarga bo’linadi.
Sug’oriladigan yerlardagi gidromorf tuproqlar orasida sug’oriladigan o’tloq, botqoq-o’tloq va botqoq (sholipoya) tuproqlari va ular ham yangidan sug’oriladigan va qadimdan sug’oriladigan (voha) tuproqlariga ajratiladi.



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin