Sho’rtobsimon sur-qo’ng’ir tusli tuproq (Qizilqum Ye.V.Lobova)
Chuqur-ligi, sm
|
Zich-lik
g/sm3
|
Qattiq solish-tirma fazasi zich ligi, g/ sm3
|
Umumiy ko vakligi, foiz
|
Maksimal gigroskopiklik, foiz
|
So’lish namligi, foiz
|
Eng kam namligi, foiz
|
Aeratsiya kovak-ligi hajmiga nisbatan, foiz
|
0-5
5-12
12-18
28-45
45-65
|
1,47
1,52
1,31
1,31
1,38
|
2,60
2,63
2,57
2,50
2,59
|
44
42
49
50
51
|
1,5
1,4
3,4
5,5
3,9
|
2,5
2,1
7,4
9,8
-
|
14,0
14,3
14,2
15,4
18,0
|
24
20
32
35
36
|
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning uncha katta bo’lmagan maydonlari Tojikistonda (Xo’ja-Baqirgan, Samgar) va O’zbekiston (Malikcho’l, Qarshi cho’li, Farg’ona vodiysi)da o’zlashtirilib, sug’oriladigan dehqonchilikda foydalanilib kelinmoqda.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning suv-fizik va agrokimyoviy xossalari ancha noqulay, tuproq va ona jinslarida gipsning ko’p va yaqin joylashganligi, relg’efning murakkabligi singarilar sababli, bu tuproqlarni o’zlashtirish ancha qiyin.
Qalin va g’ovak to’rtlamchi davr yotqiziqlarda shakllangan sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar ancha qulay meliorativ xossalarega. Bunday tuproqlardan qishloq xo’jaligida foydalanish samaradorligi ko’pincha gips qatlamining joylashuv chuqurligiga, tuproq ustki gorizontining unumdorligiga, jumladan toshloqlik darajasiga bog’liq. O’zbekistonda (Malikcho’l, Qarshi cho’li) gipsli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlardan samarali foydalanish bo’yicha ancha tajribalar to’plangan va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, qishloq xo’jaligida foydalanish antijasida sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarning unumdorligiga yaxshilanib boradi. Sug’oriladigan maydonlarda gumus, azotva fosforlarning umumiy miqdori ko’payib, bu elementlarning harakatchan formasi ham ancha oshadi.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar mineral va organik o’g’itlarga juda talabchan. Malikcho’l sharoitida bu tuproqlarni azot bilan o’g’itlash tufayli paxta hosili har gektariga o’rtacha 4,7 ts oshgan. Ammo azot va fosfor o’g’itlaridan birga foydalanilganda (N 320 va 180 kr) paxta hosili deyarli ikki barobar ortib, gektariga 41,6 ts ni tashkil etgan (S.Yallaev). Shu rayonning sur-qo’ng’ir tuproqlariga 10 t. go’ng, N180, va fosfor 120 kg qo’llanilganda paxta hosili 32,5 ts/ga bo’lgan (S.Mirzaev). Farg’ona viloyati sharoitida o’tkazilgan tajribalar ham sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarda o’g’itlarning yuqori samaradorligini ko’rsatadi.
Sur-qo’ng’ir tusli tuproqlardan foydalanilayotganda uning o’ziga xos xususiyatlariga katta e’tibor berish lozim. Bu tuproqlarda gumus kam bo’lganligi sababli, tuproqning biologik aktivligi va energetik holatini yaxshilash uchun organik o’g’itlardan keng foydalanish dastlabki yillarpda beda ekib bu tuproqlarnio’zlashtirish, yashil massasini o’rib yerga qoldirish maqsadida sideratlardan keng foydalanish lozim. Shunday qilinganda, sur-qo’ng’ir tuproqlar jadal o’zlashtirilayotgan sharoitda ham uning biologik aktivligi oshadi. Eng muhimi yer haydalayotgan gips usti (20-40 sm) unumdor qatlamini saqlab qolishga e’tibor berish zarur. Gipsli qatlam yer betiga chiqib qolganda qishloq xo’jalik ekinlari hosili 1,5-2,5 marta kamayadi. Gipsli sur-qo’ng’ir tuproqlar yuqori suv o’tkazuvchanlik xossasiga ega bo’lganidan va ba’zi yerlarda suffoziya (o’pqon) singari o’yilib ketishning oldini olish uchun sug’orish usullari va texnologiyasiga alohida e’tibor beriladi.
Yerlarni yomg’irlatib sug’orish yoki qishqi egatlar orqali sug’orish kerak. Bunday yerlarda o’simliklarni tomchilatib sug’orish ham yaxshi natija beradi. Yerlarni joriy va kapital tekislayotganda, gips qatlamining yer betiga chiqib qolishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Yerlarni qishloq xo’jalik oborotiga kiritishdan oldin kapital, yerlarni sug’ora boshlashning dastlabki 3-4 yilida u har yili muntazam joriy tekislanadi. Shunday qilinganda yer yuzasi tekis va suffoziya bo’shliqlari tuproq bilan to’lib boradi va suvning bekorga yo’qolishining oldi olinadi. Yer otvolsiz pluglar bilan 70-80 sm chuqurlikda yumshatiladi. Ana shunday qilinganda tuproq qatlamlarining suv-fizik xossalari ancha barqarorlashadi, yerlar barobar cho’kib yuzasi tekislanadi.
Yog’ingarchilik juda kam bo’lganligi sababli sur-qo’ng’ir tusli tuproqlarda yuvilmaydigan suv rejimi yuzaga keladi. Tuproq profilining kam namlanishi bu tuproqlarda karbonatlanish va sho’rxoksimonlanish jarayonlarining rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |