O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi


Mustaqil ishlash uchun savollar



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə59/129
tarix06.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#125650
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   129
Tuproqlar-geografiyasi-2019-20-majmua-

Mustaqil ishlash uchun savollar.

  1. Qumli cho’l tuproqlari hosil bo’lishidagi xususiyatlarni ko’rsating.

  2. Qumli cho’l tuproqlarining asosiy diagnostik belgilarini tahriflang?

  3. Qumli cho’l tuproqlarining tarkibi va xossalari qanday?

  4. Qumli cho’l tuplari qishloq xo’jaligida qanday foydalaniladi?


18 - MAVZU: QURUQ SUBTROPIKLARNING TOG’ OLDI CHO’L DASHT ZONASI TUPROQLARI (BO’Z TUPROQLAR)
Reja:

  1. Zona chegarasi, maydoni va tuproq paydo qiluvchi tabiiy sharoitlari.

  2. Bo’z tuproqlarning genezisi, morfologik tuzilishi va klassifikatsiyasi.

  3. o’tloq - bo’z tuproqlar ularning shakllanishi, tipchalari, tuzilishi, tarkibi va xossalari.

  4. Sug’oriladigan bo’z tuproqlar.

  5. Bo’z tuproqlarning tarkibi va xossalari.

  6. Bo’z tuproqlardan qishloq xo’jaligida foydalanish va unumdorligini oshirishning asosiy tadbirlari.



Tayanch tushunchalar: Chegarasi, maydoni, balandlik mintaqsidagi yerni, tarqalishi, iqlimi, relg’efi, o’simliklari, genezisi, morfologik tuzilishi, och tusli, tipik, to’q tusli bo’z tuproqlar, o’tloq-bo’z tuproqlar, mexanik, mineralogik, kimyoviy tarkibi, fizik-kimyoviy, suv-fizik xossalari, qishloq xo’jaligidagi o’rni, unumdorligini oshirishdagi asosiy tadbirlar.
Adabiyotlar: 1, 2,3,4,6,7,10,11,19,20,24,25

Zonaning asosiy territoriyasi O’rta Osiyo va Qozog’istonning tog’ oldi nohiyalarida va shuningdek, uncha katta bo’lmagan maydonlari Kavkaz orti (Ozarbayjonning Ko’ra Araks pasttekisligi)da joylashgan.


Zonaning o’ziga xos tabiiy-iqlim sharoitlari, jumladan 100S dan yuqori samarali harorat (3400-4000 0S)ning ko’pligi va qish bahor davrlarida yog’ingarchilikning ancha ko’pligi bilan bog’liq, o’ziga xos nam rejimi (umuman yerda namning yetarli emasligi)ning bo’lishi, bu xududlarni quruq subtropiklar jumlasiga kiritish imkonini beradi. Tog’ oldi cho’l-dasht zonasida asosan bo’z tuproqlar tarqalgan.
O’loq-bo’z tuproqlar va o’tloq tuproqlar bilan birga hisoblaganda bo’z tuproqlar zonasining umumiy maydoni 41,3 mln.gektar.
Tuproqlarning zonallik sistemasida bo’z tuproqlar alohida o’rin tutadi va Turon tuproq-iqlim balandlik mintaqasining quyi bo’limini tashkil etadi. Bo’z tuproqlari tog’ tizmalarining uncha baland bo’lmagan qismlarida, tog’ yonbag’ri qiyaliklari va do’ngliklari (adirlarda), tog’ etagi prolyuvial tekisliklarida va shuningdek daryolarning yuqori terrasalarida tarqalgan.
Bo’z tuproqlar ko’proq tarqalgan xududlarda, bu zonaning yuqori chegarasi dengiz sathidan 1400-1600 m, quyi chegarasi esa 250-300 dan 250-500m gacha bo’lgan balandlikdan o’tadi.
Tog’ yonbag’irlaridagi tekisliklarda tog’ etaklarining yuqori qismlariga qarab mutloq balandlikning ortib borishi bilan, iqlim sharoitlari va shunga ko’ra o’simliklar olami, tuproqda kechadigan jarayonlar jadalligi va uning yo’nalishi ham o’zgarib boradi.
Shunday qilib, bo’z tuproqlar turlicha balandliklar bo’ylab tarqalganligi sababli, ularni Osiyo qithasi tog’ sistemasi vertikal zonalligining dastlabki quyi bosqichiga kiritiladi.
Zonaning tog’ oldi tekisliklari va qiyaliklarida tarqalganligidan uning tabiiy sharoitlarida ham vertikal zonallik xususiyati yaxshi ifodalangan.

Iqlimi kontinental, quruq va issiq bo’lib, qishi ancha yumshoq va iliq. 10 0S dan yuqori haroratli davr davomiyligi 170-245 kun bo’lib, harorat yig’indisi 3400-5400 0S ni tashkil etadi.
Joyning absolyut balandligi oshishi bilan yog’inlar miqdori ko’payadi, lekin harorat pasayib boradi. Tog’ oldi tekisliklarida yog’inlar eng kam (100-250mm) bo’lib, to’q tusli bo’z tuproqlar tarqalgan tog’li nohiyalarda 450-600 mm ni tashkil etadi.
Zonaning relg’efi ko’plab daryo va dara-soylar bilan bo’linib ketgan nihoyatda katta tog’ oldi qiya pasttekisliklardan iborat. Tog’larga yaqinlashgan sari tog’oldi tekisliklari adirlarga o’tadi. Bo’z tuproqlarning anchagina maydoni daryolarning yuqori terrasalarida joylashib, asosan lyoss va lyossimon jinslar bilan qoplangan bo’lib, uning tagida qatlamli qum-shag’al, qumli mayda zarralar keltirilmalari yotadi.
Ko’ra-Araks provintsiyasida allyuvial va dellyuvial yo’l bilan hosil bo’lgan og’ir qumoq va soz tarkibli jinslar keng tarqalgan.
O’simliklari ham joyning absolyut balandligiga qarab o’zgaradi. Zonaning quyi qismi qalin bo’lib o’sadigan va 5-8 sm gacha zich chim hosil qiladigan rang-qo’ng’irbosh-kovrak o’simliklari formatsiyasidan tashkil topgan.
Zonaning o’rta va baland qismlarida qo’ng’irbosh bilan birga yaltirbosh, qizg’aldoq, gerang’ kabi efemerlar o’sadi. Ular orasida qurg’oqchilikka chidamli bo’lgan ko’p yillik o’simliklardan oqquray, karrak, yaltirbosh tarqalgan.
Zonaning yuqori qismida bug’doyiq (Agro’irum tricho’horum), taktak (Hordeum bulbosun) o’sadi. Bu o’simliklarning balandligi 40-100sm bo’lib, efemerlar kabi qisqa muddatda qurib ketadi.
2. Bo’z tuproqlarning kelib chiqishi (genezisi)ga doir ko’plab tadqiqotlar V.V.Dokuchaev, N.M.Sibirtsev, K.D.Glinka, P.S.Kossovich, N.A.Dimo, L.I.Prasolov, A.I.Bessonov va boshqalarning faoliyati bilan bog’liq.
Ayniqsa S.S Neustruevning bu sohada olib borgan ishlari alohida o’rin tutadi. Olim 1908 yilda Sirdaryo viloyatida olib borgan tadqiqotlari asosida bo’z tuproqlarning kelib chiqishi haqida dastlabki to’la ma’lumotlarni beradi. S.S.Neustruev mustaqil tip sifatida ajratib «bo’z tuproqlar» atamasini fanga kiritgan. «Bo’z tuproqlar» termini (atamasi) hozirgi vaqtda vatanimiz va xorijiy mamlakatlar adabiyotiga kiritilgan.
Keyinchalik bo’z tuproqlarning genezisi sohasidagi ancha to’liq va mukammal tadqiqotlar mashhur tuproqshunos N.A.Rozanov tomonidan olib borildi hamda uning «o’rta Osiyo bo’z tuproqlari» (1951)monografiyasida batafsil bayon etildi.
O’zbekiston olimlarining ko’plab ishlari ham bo’z tuproqlarni o’rganishga qaratilgan (M.Bahodirov, M.Umarov, A.Rasulov va b.).
Bo’z tuproqlar haqidagi ko’pgina materiallar O’rta Osiyo jumhuriyatlari tuproqlariga doir ko’plab monografik asarlarda yoritilgan.
Ko’rsatilgan asarlarda bayon etilgan va shuningdek, olib borilgan keyingi tadqiqotlar asosida bo’z tuproqlarning genezisi haqidagi nuqtai nazarga ko’ra bo’z tuproqlarning kelib chiqishi va xossalari hozirgi zamon omillri va jarayonlari bilan bog’liq (I.S.Kaurichev, 1982). Bunda bo’z tuproqlarda kechadigan biologik va biokimyoviy jarayonlar jadalligi hamda maromini belgilovchi o’ziga xos gidrotermik rejimlarga alohida ehtibor beriladi.
Boshqa bir nuqtai nazarga ko’ra o’z tuproqlar eng qadimgi tuproqlar jumlasiga kiradi. Muzliklar davrida ham bo’z tuproqlarning tuzilishi deyarli buzilmagan va bir necha ming yillik murakkab shakllanish, shuningdek, rivojlanish tarixiga ega. Bo’z tuproqlar ko’plab bosqichlarni, jumladan, bir qancha o’ta namlik davrlarini kechirgan bo’lib, shu sababli tuproqda gil to’planishi (gillanish) va profilining ancha miqdorda temir bilan boyishi singari alomatlar rivojlanmagan (N.A.Rozanov,1951).
Uchinchi nuqtai nazarga asosida (V.Kovda, 1973, I.N.Stepanov, 1980) bo’z tuproqlar dastlab gidromorf va so’ngra yarim gidromorf tuproq paydo bo’lish bosqichlarini o’tgan. SHu sababli bu tuproqlarda gumusning, shuningdek, kalg’tsiy, magniy karbonatlari, gips va boshqa moddalarning ko’p to’planishi ro’y bergan. Keyinchalik bo’z tuproqlar ishqorsizlanib, quruq (arid)lashgan tabiiy sharoitlarga uchragan. Bu fikr O’rta Osiyodagi lyoss va lyossimon jinslarning allyuvial, prolyuvial, delyuvial kelib chiqishi bilan tushuntiriladi. Demak, bo’z tuproqlar genezisini yagona bir xil nazariya bilan tushuntirish mumkin emas. Xullas, bo’z tuproqlarda hozirgi zamon jarayonlarining belgilari bilan bir qatorda qachonlardir boshqacharoq omillar tufayli yuzaga kelgan xususiyatlar ham aks etgan.
Bo’z tuproqlar uchun umuman quyidagi asosiy belgilar va xossalarning bo’lishi: tuproqning uncha aniq genetik gorizontlarga ajralib turmasligi, gumusning kam bo’lishi (to’q tusli bo’z tuproqlar bunga kirmaydi), ammo chirindili qatlamning ancha cho’ziqligi; mikroagregatlarning ko’p bo’lishi bilan birga makroagregatlarning ham yaxshi ifodalanmaganligi; yuqori kovakligi va ancha g’ovak qovushmasi; barcha tuproq profilining karbonatli bo’lishi, ammo tuproq yuqori gorizotlarida karbonatlarning sezilarli ravishda kamayishi, karbonatlarning ko’pligi sababli tuproqning ishqoriy reaktsiyaga ega ekanligi, ona jinslarga nisbatan tuproq profilida gillanishning ko’proq bo’lishi, tuproqning barcha profili bo’ylab turli jonivorlar faoliyatining yuqori ekanligi kabilar xarakterlidir.
Bo’z tuproqlar o’ziga xos tuzilishga ega. Odatda tuproq profilining yuqori qismida gumus kam bo’lganidan uning rangi och va ona jinslar tusidan uncha farq qilmaydi.
Umumiy tarzda bo’z tuproqlarning morfologik tuzilishi quyidagicha (48-rasm):
A1-gumusli gorizont, qalinligi 12-17 sm, usti chimlangan, bo’z yoki och-bo’zg’ish tusli, ko’pincha changsimon-qumoq, tangasimon-mayda uvoqli strukturali;
AV-o’tuvchi gorizont, 15-25 sm; sarg’ish malla bo’z, asosan changli qumoq, tez uvalanib ketadigan chidamsiz uvoqli strukturali, chuvalchang va hasharotlarning uyalari va izlari ko’p bo’lganidan, bu gorizont teshikli tuzilishga ega; bahzan bo’shliqlar va teshiklarning devorlarida mog’orsimon ko’rinishli karbonatlar uchraydi;
VK-karbonatli illyuvial gorizont, qalinligi 60-100sm; och qo’ng’ir-sarg’ish (malla), ko’pincha changsimon qumoqli, zichlangan, jonivorlarning inlari, uyalari siyrak uchraydi, oq dog’lar («oq ko’zanaklar») konkretsiyalar («tugunchalar») va mog’orlar shaklidagi karbonatlar yaxshi ko’rinib turadi.
Sk – sarg’ish yoki malla tusli, changsimon-qumoq: yuqori qismida tuzlar ajralib turadi: 1,5-2,0 m da mayda gipsning taram-taram tuzilishli kristallari va druzalari uchraydi.
Tuproq yuzasidan boshlab xlorid kislota tahsirida qaynaydi.
To’q tusli bo’z tuproqlarda gumusli gorizont yaxshi ifodalangan.
Qishloq xo’jaligida foydalanib, uzoq muddatlarda sug’orilganda bo’z tuproqlarning profilida keskin o’zgarishlar ro’y beradi va turli qalinlikdagi madaniy agroirrigatsion gorizontlar yuzaga keladi. Shunga ko’ra tuproqning fizikaviy xossalari ham qo’riq yerlardagidan keskin farq qiladi.
Bo’z tuproqlar zonaning asosiy avtomorf tuproqlari jumlasiga kiradi. Bo’z tuproqlar bilan bir qatorda, bu yerda, sizot suvlari ancha yuqori joylashgan sharoitda shakllanadigan o’tloq-bo’z tuproqlar tipi va shuningdek sug’oriladigan bo’z (madaniy voha) tuproqlarning bir necha tiplari ajratiladi. Ana shu tuproq tiplaridan tashqari zonada gidromorf tuproqlardan: sho’rxoklar, o’tloq tuproqlar, o’tloq-botqoq va botqoq tuproqlar hamda ular bilan birga uchraydigan turli tuproqlar tarqalgan.
Bo’z tuproqlar tipi uchta tipchaga: och tusli bo’z tuproqlar, tipik bo’z tuproqlar va to’q tusli bo’z tuproqlarga ajratiladi.
Och tusli bo’z tuproqlar zonaning ancha quruq (arid) mintaqasida tarqalgan tipcha bo’lib, bo’z tuproq zonasining cho’l zonasi bilan tutashgan quyi qismida, odatda dengiz sathidan 300-400 dan 500-600 m gacha bo’lgan balandliklarda joylashgan.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin