O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi


Mexanik va mineralogik tarkibi



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə62/129
tarix06.06.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#125650
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   129
Tuproqlar-geografiyasi-2019-20-majmua-

5. Mexanik va mineralogik tarkibi. Och tusli va tipik bo’z tuproqlar orasida yengil va o’rta qumoqli, to’q tusli bo’z tuproqlarda esa og’ir qumoq mexanik tarkibli xillari ko’proq uchraydi.
Yirik fraktsiyalarning mineralogik tarkibi asosan kvarts, dala shpatlari, gidroslyudalar va kalg’tsitdan iborat.
Bo’z tuproqlar tarkibida yuqori dispers mineraldan gidroslyudalar, montmorillonit gruppasi minerallari, shuningdek xlorit, vermikulit va amorf moddalar ko’p uchraydi.
Sug’orib deg’qonchilik qilinadigan sharoitda slyudalarning parchalanishi tezlashadi va o’simliklar uchun zarur oziq elementlar (ayniqsa kaliy) ajralib, tuproqda to’planadi.
Kimyoviy tarkibi va fizik kimyoviy xossalari. Bo’z tuproqlarning yalpi kimyoviy tarkibi tuproq mineral qismi tarkibiy qismlarining profil bo’ylab deyarli tekis taqsimlanishi bilan xarakterlanadi. Bundan karbonatlar istesno bo’lib, uning miqdori tuproqning pastki yahni karbonatli illyuvial gorizontida ko’p (75-jadval).(50-rasm).
Och tusli bo’z tuproqlardan to’q tusli bo’z tuproqlarga o’tgan sayin tuproqning umumiy tarkibida R2O3 miqdori ko’payadi va SiO2: R2O3 bo’lgan nisbati biroz qisqaradi.
Bo’z tuproqlar kimyoviy tarkibining o’ziga xos muhim xususiyati, tarkibi karbonatning ko’p bo’lishi va gumusning kamligidir. Tuproqlarda karbonatlar (SaSO3) miqdori 10-20 dan 20-22 foizgacha o’zgarib turadi.
Bo’z tuproqlar profili ko’pincha turli tuzlardan yaxshi yuvilgan bo’lib, 1,5-2 m chuqurlikka qadar suvda oson eruvchi tuzlar, deyarli saqlanmaydi. Ammo och tusli bo’z tuproqlar orasida qoldiq-sho’rxoksimon turlari uchraydi. Ularning hatto 1 m bo’lgan qatlamida gips va suvda oson eriydigan tuzlar ko’p. Sug’oriladigan sharoitda ikkilamchi qayta sho’rlanish jarayoni rivojlangan.

Bo’z tuproqlarning agrokimyoviy tarkibiga doir materiallar 76-jadvalda berilgan.


Och tusli bo’z tuproqlarda gumus miqdori juda kam va A-gorizontida 1,2-1,4 foiz chamasida, pastki qatlamlarda kamayib boradi. Oziq moddalar miqdori jihatidan kam tahminlangan tuproqlar jumlasiga kiradi. Umumiy azot, 0,05-0,11, fosfor 0,10-0,14 va kaliy miqdori 1,77-2,22 foiz atrofida. Shudgorlangan lalmikor yerlardagi och tusli bo’z tuproqlarda gumus (0,7 foiz) va boshqa oziq elementlar miqdori ancha kamayadi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin