1. Yer resurslarining kishilar hayotidagi roli beqiyos. Ayniqsa hozirgi vaqtda yer sharida aholi sonining ko’payishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabning oshib borishi, rivojlanib borayotgan sanoatning turli tarmoqlarini xom-ashyo bilan tahminlash zaruriyati, qishlq xo’jalik aholi punklari, yo’llar, qurilish, transport va foydali qazilma boyliklari ilab chiqarishni yanada rivojlanishi yer resurslaridan samarali foydalanish yangi vazifalarni qo’ymoqda.
Uzoq davrlar davomida kishilik jamiyatidagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish asosan yangi yerlarni o’zlashtirish hisobiga olib boriladi. XX asrga kelib kurramizda qishloq xo’jalik uchun zarur yaroqli yerlarning chegaralangan miqdorda ekanligi aniq bo’ldi. Ammo shunga qaramasdan qishloq xo’jaligida foydalaniladigan va boshqa yerlar hisobida sanoat va turli qurilish maqsadlari uchun ajratilgan va band yerlar 5 mln. gektardan oshdi. Aholining tez o’sishi va uning noratsional xo’jalik faoliyati natijasida har yili 6- 7 mln. gektar mahsuldor yerlar yo’qotilmoqda (V.A.Kovda, 1981). Natijada har bir kishiga to’g’ri keladigan yer resurslari maydoni yiliga 2 foiz, antropogen tahsir va tuproq qoplamining buzilishi natijasida hosildor qishloq xo’jalik yerlari esa 6 – 7 foiz kamaymoqda (B.G.Rozanov).
Har bir kishini oziq-ovqat mahsulotlari bilan tahminlash uchun 0,3 ga, yashashi uchun 0,07 –0,09 ga yer kerak bo’ladi. Bu muammolar faqat yerdan samarali foydalanish va uni asrab-avaylash natijasida hal qilinishi mumkin.