Yer resurslari asosan 3 gruppaga: 1) mahsuldor yerlar; 2) kam mahsuldor yerlar; 3) mahsuldor bo’lmagan yerlarga ajratiladi.
Mahsuldor yer resurslariga haydalma yerlar, bog’ va ekin maydonlari, o’tloqlar va yaylovlar, o’rmonlar va butazorlar; kam mahsuldorligiga – tundra va o’rmon tundrasi yerlari, botqoqliklar va cho’l maydonlari; mahsuldor bo’lmagan yerlarga qurilish bilan band va kishilar faoliyati natijasida buzilgan yerlar, qumliklar, jarliklar, muzlik va qor bilan qoplangan yerlar kiradi.
Yer sharining yer fondi 13392 mln.ga, yahni barcha yer yuzasining qariyb to’rtdan bir qismiga teng. 8608 mln gektar mahsuldor yerlarning deyarli yarmi (4553 mln gektari) ni qishloq xo’jalik yerlari tashkil etadi. Shundan 1507 mln gektari haydaladigan yerlar, bog’lar va plantatsiyalardan iborat. Bu barcha yer fondining 11,2 foiz (er yuzasiga nisbatan 3 foiz) ni tashkil etadi.
Jahon bo’yicha qishloq xo’jaligida flydalaniladigan yerlarning umumiy maydoni ko’payishiga qaramasdan, har bir kishiga to’g’ri keladigan yerlar miqdori kamayib, hozir 1,5 gektar ( shu jumladan 0,4 gektarga yaqin haydalma yerlar) ni tashkil etadi.
Jahon yer fondidan foydalanishning axboroti shuni ko’rsatadiki, yer kurraiz yer resurslari chegarasiz emas va ulardan to’g’ri, samarali foydalanish alohida ahamiyatga ega. Yangi yerlarni o’zlashtirish juda katta mehnat va mablag’ talab etadi. Shuning uchun kelgusida yangi yerlarni o’zlashtirish bilan bir qatorda hozir foydalaniladigan tuproqlar unumdorligini va o’rmonlar mahsuldorligini oshirishga katta e’tibor beriladi.
2. Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan barcha turdagi yerlar 607,787 mln.ga bo’lib, o’rmon va butazorlar 806,999 mln.ga, botqoqliklar 115,993, bug’uchilik yaylovlari – 343,277 mln. gektarni tashkil etadi.
Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan (607,8 mln.ga) yerdan haydaladigan maydonlar, ko’p yillik daraxtzorlar, partov yerlar va tomorqalar bilan birga 234,3 mln.ga (yoki umumiy yer fondiga nisbatan 10,6 foiz); pichanzorlar –46,4 (2,1 foiz), yaylovlar –327,0 mln.ga (14,5 foiz).
Yer fondi katta bo’lsa-da, ammo uning ko’pchilik qismi qishloq xo’jaligi uchun kam yaroqli yerlardir. Jumladan, 54 foiz hudud sovuq tabiiy iqlim qishloq xo’jalik mintaqasiga kiradi va uning nihoyatda katta maydoni bug’uchilik yaylovlari, tayga o’rmonlari va botqoqliklari bilan egallangan.
14-15 fozga yaqin hudud cho’l va chala cho’llarga to’g’ri keladi. Yillik yog’inlar miqdori 200-300 mm ni tashkil etganligidan lalmikor dehqonchilik maydonlarda kam rivojlangan. Zonada och tusli kashtan, qo’ng’ir va sur qo’ng’ir tusli tuproqlar bilan birga, sho’rtob va sho’rxoklar ham keng tarqalgan. Undagi 95 foiz maydon chorvachilikda yaylov sifatida foydalaniladi. Qo’ychilik va qoramolchilik uchun tabiiy yem-xashak bazasi hisoblanadi. Ammo yaylovlarni suv bilan tahminlashni yaxshilash va mollarni boqishni tartibga solish muhim ahamiyatga ega. Cho’l va chala cho’llardagi haydaladigan yerlar barcha haydaladigan yerlarning faqat 4 foizini tashkil etadi. Zonada dehqonchilikni rivojlantirish uchun yerlarni sug’orish va turli melioratsiya tadbirlarini keng miqyosda olib borish talab etiladi. Dehqonchilik qilinadigan rayonlar asosn, dasht, o’rmon-dasht, quruq dasht va shuningdek tayga zonasining janubiy qismlarida joylashgan.
Hozirgi vaqtda o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan unumdor tuproqlarning katta massivlari deyarli yo’q. Mavjud yerlar ham, uni melioratsiyalash uchun katta mablag’ va mehnat talab etadi. Hisob-kitoblarga ko’ra, MDH kelgusida haydaladigan yerlarning kengaytirishning potentsial imkoniyati 45-75 mln. gektarni tashkil etishi mumkin. bu rezerv yerlarning ko’proq qismi Yevropa qismidagi janubiy taygada, Sibirg’ va Uzoq Sharq, Qozog’iston va O’rta Osiyoning chala cho’llar va cho’llar zonasida joylashgan. Masalan, O’zbekistondagi kelgusida sug’orish uchun (imkoniyati bo’lgan)yaroqli yerlarning 14,3 mln. gektari (86,1 foizi) cho’l zonasida joylashgan.
3. O’zbekiston tabiiy-iqlim sharoitlarining, murakkabligi bu yerda tuproqlarning xilma-xil bo’lishini hamda qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning o’ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Keingi yillarla insonlarning aktiv tahsiri natijasida yerlan foydalanish strukturasida ham katta o’zgarishlar ro’y berdi.
O’zbekiston Respublikasi territoriyasining taxminan uchdan ikki qismi cho’l zonasida joylashgan bo’lib, unda asosan sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar (25,26 foiz), qumli cho’l tuproqlar va qumlar (30,34 foiz) keng tarqalgan. Bo’z tuproqlar bilan bira jumhuriyat umumiy maydonining 23 foizini tashkil etadi. Baland va o’rtacha balandlikdagi tog’larning qo’ng’ir va jigarrang tuproqlari 4,5 foizga yaqin (97 – jadval).
O’zbekistonning umumiy xududi 448,9 ming gektar bo’lib, jumladan qishloq xo’jalik korxonalarida 33 mln. gektardan ko’proq yer maydoni foydalaniladi. Yaylov va pichanzor yerlar – 23403,9 ming, barcha sug’oriladigan yerlar 4,2 mln. gektar (shundan haydalib sug’oriladigan3592,5 ming ga, lalmikor haydalma yerlar 778,3 ming gektar. Ko’p yillik daraxtzor 337,1 ming ga, shundan sug’oriladigan 234,8 ming gektarni tashkil etadi.
1990 yilda jumhuriyat aholi jon boshiga hisoblangan haydalma yerlar 0,20 gektarni, sug’oriladigan haydalma yerlar atigi 0,17 gektarga barobar bo’lgan.
Sug’oriladigan yerlarning 60 foizga yaqini bo’z tuproqlar mintaqasida, qolgan qismi cho’l zonasida joylashgan. Sug’oriladigan yerlarda yarimgidromorf va gidromorf tuproqlar maydoni 60 foizdan ko’proq. Gidromorf tuproqlarning eng ko’p qismi Xorazm viloyatida bo’lib, yer osti sizot suvlari sathi 1 m dan yuqori bo’lgan maydonlar 19 foizni, 1-2 m – 8 foizni tashkil etadi. Shuningdek, yarimgidromorf va gidromorf tuproqlar respublikaning yirik daryo vodiylari va delg’talari, shuningdek o’zlashtirilgan tog’ oldi tekisliklarining ko’pgina rayonlari (Mirzacho’l, Qarshi cho’li kabi), Farg’ona vodiysi va Qoraqalpog’iston Respublikasining sug’oriladigan yerlarida ancha maydonni egallaydi.
Keyingi yillarda sug’oriladigan maydonlar asosan cho’l zonasi tuproqlari ( taqirli tuproqlar, sur-qo’ng’ir tusli tuproqlar, qumli cho’l turoqlari kabi) va qisman och tusli bo’z tuproqlar hamda tipik bo’z tuproqlar hisobiga o’zlashtirilib, kengayib bordi.
Mahlumki, sug’oriladigan yerlar unumdorligi va qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi maydonlarning qayta sho’rlanishi natijasida ancha pasayadi. Tuproqda tuz to’planish jarayonlari va tuproqning takroriy sho’rlanishi, ayniqsa cho’l zonasida och tusli bo’z tuproqlar mintaqasida kuchli bormoqda.
Hozirigi vaqtda sho’rlangan yerlar maydoni 1968 yildagiga nisbatan 770,7 ming gektarga oshdi. Ammo 1968-1988 yillarda o’zlashtirilgan 1,4 mln. gektar sug’oriladigan yerlar cho’l zonasining sho’rlangan va sho’rxoklangan yerlari hisobiga ro’y berganligini, hisobga olish lozim. Shuning uchun ham Amudaryoning quyi oqimi qismida sho’rxoklar maydoni 1960 yilda 85 ming gektar bo’lsa, 1989 yilga kelib 253 ming gektarga yetdi. Orol dengizining qurib borayotganligi tufayli mintaqamizda cho’l-sahrolanish jarayoni kuchayib, uning atrofida unumsiz-cho’l, cho’l – taqir va sho’r tuproqlar hosil bo’lib bormoqda.
O’zbekistonning dehqonchilik qilinadigan nohiyalarida ekinlarni joylashtirishning ilmiy jihatdan asoslanmagan ekish struturasining yuzaga kelishi, tuproqlar suv va shamol eroziyasining kuchayishiga olib keldi.
O’zbekistonning lalmikor (bahorikor) zonasida qishloq xo’jaligi yerlaridan foydalanishda, jumladan haydaladigan yerlardan foydalanishda, jumladan haydaladigan bahorikor yerlarning miqdor va sifat ko’rsatkichlarida katta o’zgarishlar ro’y berdi. Yillar bo’yicha lalmikor ekinlar maydoni quyidagicha bo’ldi:
1913 yilda 365,0 ming gektar; 1935 y – 1081,0; 1943-1465,0 ming, 1966 yilda –922 ming va hozirgi vaqtda 778,0 ming gektarni tashkil etdi. Ko’rinib turibdiki, Ulug’ Vatan urushi yillarida lalmikor ekinlar maydoni eng ko’p bo’lib, 1990 yilga kelib uning maydoni deyarli 2 barobar kamaydi.
Odatda shunday yerlardan foydalanilayotganda atmosfera yog’inlari miqdori qarab: nam bilan yaxshi tahminlangan, chala tahminlangan va nam bilan tahminlanmagan lalmikor zonalar ajratiladi. Yerning nam bilan tahminlanish darajasi tuproq mintaqalari bilan bevosita bog’liq ravishda o’zgaradi. Jumladan, jigarrang va to’q tusli bo’z tuproqlardan iborat yuqori mintaqa odatda atmosfera yog’inlari bilan yaxshi tahminlangan lalmikor zonaga, tipik bo’z tuproqli o’rta mintaqa nam bilan chala tahminlangan va och tusli bo’z tuproqlardan iborat pastki mintaqa esa nam bilan tahminlanmagan zonaga kiradi.
Lalmikor dehqonchilik uchun yaroqli yerlar O’zbekiston 3414,4 ming gektar bo’lib, jumladan tog’ jigarrang tuproqlari –317,8 ming gektarni, to’q tusli bo’z tuproqlar –651,7, tipik bo’z tuproqlar –1609,1, och tusli bo’z tuproqlar –835,8 ming gektarni tashkil etadi.
Lalmikor maydonlar past tog’lar va tog’ qiyaliklaridan iborat adir yerlarda joylashganligi sababli, uning ancha qismi tuproqlari suv eroziyasiga uchragan. Jumladan, jigarrang va to’q tusli bo’z tuproqlar tarqalgan zonaning 75, tipik bo’z tuproqlarning 48, och tusli bo’z tuproqlar zonasi lalmikor yerlarning 36 foizi eroziyalangan. Eroziyaga uchragan lalmikor yerlar asosan yaylovlar sifatida foydalaniladi.
Lalmikor ekinlar maydonining asosiy qismi Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent va Jizzax viloyatlarida joylashgan. Keyingi yillarda lalmikor (ayniqsa och tusli bo’z tuproqli) yerlar qisman sug’orilib dehqonchilik qilinadigan yerlarga aylantirilmoqda. O’zbekistonning cho’l zonasidagi katta yer hududi yaylovlar sifatida foydalanilib kelinmoqda. Uning 30 mln. gektarga yaqin umumiy maydonidan 11,4 mln. gektari sur qo’ng’ir tusli tuproqlarga, 13 mln. gektaridan ko’prog’i qumlar va qumli tuproqlarga, qolgan qismi esa o’tloq-taqir tuproqlar, taqirlar, taqirli tuproqlar va sho’rxoklarga to’g’ri keladi.
O’zbekistonning kelgusida sug’orish uchun mo’ljallangan asosiy yer massivlari 16,6 mln. gektar bo’lib, shundan 86,1 foiz (14,3 mln.ga) cho’l zonasida, 13,9 foiz (2327 ming gektari) bo’z tuproqlar mintaqasida joylashgan (O.Komilov, M.Muratov, 1979).
O’zbekistonning tog’ (jigarrang va och qo’ng’ir-o’tloq-dasht) tuproqlari maydoni 2,2 mln. gektardan oshiqroq. Relg’efi juda murakkab va o’nqir-cho’nqir bo’lgani sababli, balandlikdagi tog’lar mintaqasidagi tuproqlarning unumdorligi yuqori bo’lishiga qaramasdan, unda ekinlar maydoni juda kam. Bu zona yerlari yuqori mahsuldor chorva yaylvi hisoblanib, unda jumhuriyatning asosiy o’rmon maydonlari joylashgan. O’rmonlar suv oqimini tartibga solib turishda va tuproqlarni eroziyadan muhofaza qilishda muhim rolg’ o’ynaydi.