35. «Taksonomiya» - so’zi grekcha taxis – tuzilma, tartib yoki lotincha takso – baholayman va nomos – qonun. Taksonomik birliklar (taksonlar)- bu qandaydir ob’ektlar sistemasida klass, daraja yoki o’rnini ko’rsatadigan, ularning batafsillik yoki aniqlik darajasini belgilaydigan, klassifikatsiyalash (tasniflash) yoki sistematikalash (tartibga solish), birliklaridir.
Hozirgi zamon taksonomiyasining negizida tuproq tipi to’g’risidagi Dokuchaevning ta’limoti yotadi, keyinchalik bu tuproq tipi va tuproq paydo bo’lish jarayonining tipi haqidagi ta’limotlarda o’z rivojini topgan.
36. Tip - deb, deyarli bir xildagi tuproq paydo bo’lish jarayonlari kechadigan hamda o’xshash fizik-geografik sharoitlarda katta maydonlarda shakllangan konkret tuproqlarga aytiladi.
37. Tipcha - tuproq tiplari orasida ajratiladigan taksonomik birlik bo’lib, asosiy hamda qo’shimcha tuproq paydo qiluvchi jarayonlarning borishida ayrim sifatiy farqlar bilan xarakterlanadi.
38. Avlod tipchalar - orasida tuproq gruppalarini o’ziga birlashtiradi. Tuproqlarning genetik xususiyatlari ko’plab mahalliy sharoitlarning tuproq paydo bo’lish jarayonlariga ta’siri natijasida yuzaga keladi. Ona jinslarning tuzilishi va xossalari, sizot suvlarining kimyoviy tarkibi kabi omillar natijasida tuproqning sho’rxoklanishi, sho’rtoblanishi va karbonatlanishi singari jarayonlarning borishi ro’y beradi.
39. Tur – avlodlar orasida ajratiladigan tuproq gruppalari bo’lib, tuproq paydo qiluvchi jarayonlarning borish jadalligiga ko’ra ajratiladi. Masalan, podzollanish jarayonlarining gumus to’planishining jadalligi va uning chuqurligi, sho’rlanish, eroziyalanish darajasi singarilar turlarni belgilovchi ko’rsatkichlar hisoblanadi.
40. Tur xili –tuproqning yuqori qatlamlari va ona jinslarining mexanik tarkibiga ko’ra ajratiladi.
41. Razryad – tuproq ona jinslarining kelib chiqishi asosida bo’linadi. Jumladan morena jinslari, allyuvial, flyuviglyatsial va lyossimon jinslar singarilarda hosil bo’ladigan tuproqlarning har qaysisi alohida razryadlarni tashkil etadi.