Allyuvial chimli-o’tloq tuproqlar Bu tuproqlar cho’l zonasining Amudaryo va Sirdaryo irmoqlarida, ularning o’rta oqimidagi quyi terrasalarda, Zarafshon, Surxandaryo, Vaxsh, Murg’ob shuningdek, Atrek daryolarining etaklarida katta maydonlarni egallaydi. Sug’oriladigan dehqonchilik rivojlangan chimli o’tloq tuproqlar turli mexanik tarkibli qatlamli allyuvial keltirilmalarda paydo bo’ladi. Sizot suvlari sathi 1-3 m chuqurlikda bo’lib, minerallashuv darajasi daryo va uning tarmoqlari uzoqlashgan sayin ortib boradi.
Zich chim hosil qiladigan o’tloq o’simliklari yaxshi rivojlangan. Doimiy ravishda suv bosadigan o’tloqi tuproqlarda zang va ko’kimtir (zangori) dog’lar ifodalangan botqoqlanish alomati bor.
Allyuvial chimli o’tloq tuproqlarda gumus 1-3 foiz atrofida, azot –0,17-0,14 foiz. Fosfor va kaliy miqdori ona jinslar tarkibiga bog’liq bo’lib, umumiy fosfor 0,12-0,13 foiz, kaliy 1,70-2,15 foizni tashkil etadi. Bu tuproqlarda struktura ancha yaxshi ifodalangan va 0,25 mm dan katta makrostrukturalar miqdori 25 foizga yetadi. Sho’rlangan yerlarda struktura yomonroq bo’ladi. tuproqlarda suv o’tkazuvchanlik yaxshi va nam sig’imi ham yuqori.
Sug’oriladigan o’tloq tuproqlar Cho’l zonasida sug’oriladigan o’tloq tuproqlar keng tarqalgan bo’lib, qadimgi vohalar shu yerda joylashgan. Jumladan, Xorazm va Chimboy vohalari hamda Chorjo’y va Qarshi rayonlari, Amudaryoning o’rta oqimi vodiylari, Buxoro va Qorako’l vohalari doirasida, Zarafshon daryosi etagida, shuningdek Sirdaryoning qadimgi va hozirgi delg’tasida 2,5-3 ming yillar davomida sug’orilib kelinadigan tuproqlar keng tarqalgan. Uzoq muddatli sug’orilib dehqonchilik olib boriladigan yerlar relg’efi tekis bo’lib, tuproqning morfologik tuzilishi, kimyoviy va fizikaviy xossalari hamda unumdorligida katta o’zgarishlar ro’y bergan. Bu xususiyatlar sug’orish suvlari keltirib yotqizadigan agroirrigatsiya qatlamining qalinligiga va tarkibiga qarab o’zgaradi.
Qadimdan sug’oriladigan (voha) o’tloq tuproqlarining genetik gorizontlari uncha yaxshi ajralib turmasligi bilan qo’riq yerdagi shunday tuproqlardan farq qiladi. Odatda voha o’tloq tuproqlarda gumusli qatlam cho’ziq bo’lib, chirindining umumiy zahirasi ko’p bo’ladi. Namlanish darajasiga qarab allyuvial voha-o’tloq tuproqlar bilan bir qatorda soz voha-o’tloq tuproqlar (Farg’ona vodiysida) ham tarqalgan.
Agroirrigatsiya qatlamining qalinligiga ko’ra: qalin bo’lmagan –<30 sm; o’rtacha qalinlikdagi 30-70 sm va qalin qatlamli tuproq – 70 sm dan oshiq kabi avlodlarga bo’linadi.
Voha-o’tloq tuproqlarning ayrim agrokimyoviy ko’rsatkichlari 80 – jadvalda berilgan. Allyuvial voha-o’tloq tuproqlarning yuqori gorizontlarida gumus –1-1,3 foiz atrofida bo’lib shunga ko’ra azot (0,06-0,07 foiz), fosfor va kaliy miqdori ham o’zgaradi. Soz voha-o’tloq tuproqlarida gumus (1,67 foiz), azot (0,14 foiz) va ayniqsa harakatchan kaliy miqdori (300mg/kg) ko’proq.
Allyuvial va soz voha-o’tloq tuproqlar fizik xossalari bilan ham ancha farq qiladi. Odatda allyuvial o’tloqi tuproqlarning strukturasi-chidamsizroq bo’ladi. Agroirrigatsiya gorizontining barcha qalinligi bo’ylab, tuproq zichligi deyarli bir xil (1,40-1,37 g-sm2), umumiy kovaklik 48-50 foiz atrofida, o’simliklar ildizi o’sadigan qatlamda nam sig’imi 23-25 foiz atrofida.
30>