O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti umumiy psixologiya kafedrasi umumiy psiхоlоgiya



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə23/69
tarix02.01.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#47783
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

3. Mehnat faoliyati. Insoniyat o’zining mehnati tufayli ongli mavjudodga aylangan, jamiyatda mo’l-ko’lchilikni yaratgan, tabiatda esa ayrim o’zgartirishlarni amalga oshirgan, borliq to’g’risidagi ma’lumotlarni egallashga musharraf bo’lgan. Mehnat faoliyatining tarkibida mehnat, ish – harakat yotadi. Ularning har qaysisi muayyan ulushni amalga oshirish tufayli faoliyat mahsuli vujudga keladi, u moddiy yoki ma’naviy ko’rinishda bo’lishi mumkin.

Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan kasb – kor ko’nikmalarini avlodlarga o’rgatish iyehnat faoliyati yordamida amalga oshiriladi. Kasbiy malakalarni shakllantirish, takomillashtirish, maxslot yaratish va undan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish mehnat faoliyati orqali ro’yobga chiqariladi. Mehnat faoliyatida amaliy ko’nikmalar barqarorlashadi, nazariy fikr, g’oya, mulohaza vujudga keladi. Faoliyat bilan ong birligi mavjud bo’lganligi sababli shaxs tarkib topadi, ham axloqan, ham aqlan rivojlanadi. Mehnat faoliyati individual xususiyat kasb etsada, lekin uning mohiyati ijtimoiydir. Inson shaxsiy ehtiyojni qondirisho’ uchun mehnat qiladi, u yoki bu mahsulot ishlab chiqariladi, oqibat natijada odam ijtimoiy jamiyat farovonligi uchun o’z shaxsiy ulishini qo’shadi.

Mehnat faoliyati yashash, ehtiyojni qondirish, kelajak uchun mo’l-ko’lchilikvujudga keltirish uchun, yaratilgan mahsullarni (me’morchilik, san’at, madaniyat asarlarini) saqlash, asrash, me’ros sifatida qoldirish funksiyalarini bajaradi. Shuning uchun mehnat faoliyati 10 minglab kasbkor professiogrammasiga asoslangan holda turli shaklda tashkil qilinadi va muayyan reja, maqsadni ro’yobga chiqarish uchun har xil vaziyatlarda amalga oshiriladi.


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin