3.3. Savol bayoni. Faoliyatning asosiy turlari.
Xar qanday faoliyat tarkibiga xam aqliy, ham jismoniy motor harakatlar mujassam bo’ladi.
Aqliy harakatlar-shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni xam uz ichiga oladi. Bunday harakatlar kuyidagi kurinishlarda bulishi mumkin. Pertseptiv-ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning okibatida atrofdagi predmetlar va xodisalar tugrisida yaxlit obraz shakllanadi; Mnemik faoliyat-narsa va xodisalarning moxiyati va mazmuniga alokador materialning eslab kolinishi, esga tushirilishi xamda esda saklab turilishi bilan bog’liq murakkab faoliyat turi; fikrlash faoliyati–akl, faxm farosat vositasida turli xil muammolar, masalalalar va jumboklarni yechishga qaratilgan faoliyat;
Imijiativ - (imidj-obraz suzidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida xozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni takozo etadi.
Inson shaxsining shakllanishi o’yin, ta’lim, mehnat, sport va boshqa faoliyatning turlarida amalga oshadi. Faollik tufayli faoliyatni amalga oshirish jarayoni yuzaga keladi, xulq-atvor, muomala vositasida ehtiyoj, istak, ijtimoiy talablar qondiriladi, turli xususiyatli axborotlar o’zlashtirilishi natijasida shaxs tarkib topa boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: |