2.3. Savol bayoni. Inson ongning tarixiy taraqqiyoti.
Inson ong egasi bo’lganligi tufayli hodisalarning o’zaro sababiyatlari, bog’lanishlarini va bu bog’lanishlarning natijalarini ochib ola biladi, o’z oldiga muayyan maqsadlar qo’yadi av shu maqsadlarga yarasha ish ko’zradi. Odam ongi, psixikasi yuksak darajada tashkil topgan materiyaning, ya’ni miyaning xossasidir. Shu bilan birga, odam ongini ijtimoiy hayot sharoitiga bog’lagan holda taraqqiy qiladi. Ong insonning eng avvalgi ota-bobosi qurol yasab, mehnat qila boshlagan va shu sababli ijtimoiy hayot kechira boshlagan paytdan e’tiboran paydo bo’lgan.
Odamning eng avvalgi ota-bobolari to’da-to’da bo’lib yashagan. Mehnat jarayonida insonni jamiyatiga yaqinlashtiradi. Odam tashqi tabiatga ta’sir etib va uni mehnati bilan o’zlashtirish jarayonida o’zining tabiatini ham o’zgartirib boradi. Odamning eng avvalgi ota-bobolari mehnat jarayonida qayta tuzilib odam organizmi takomillashia borgan.
Inson ongining taraqqiy qilishida so’zsiz mehnat jarayoni muhim rol o’ynaydi. Avlod-ajdodlarimiz mehnat qilish natijasida o’z ehtiyojlari uchun kerak bo’lgan buyumlarni tabiatdagi bor bo’lgan yog’och, tosh kabilardan yasash natijasida ularning onglari takomillasha borgan.
Barcha kishilar tevarak-atrofdagi dunyoni seza va idrok eta oladilar. Barcha kishilarda xotira va hayol bor, barcha kishilar fikrlaydilar va til vositasi bilan o’zaro aloqa qiladilar. Barcha kishilar turli xislarni ko’ngildan kechiradilar va o’z irodalarini namoyon qiladilar
Odam ongining ayrim tomonlari va funksiyalari tarixan taraqqiy qilib kelgan. Kishilarda faqat ularning o’ziga xos bo’lgan, ehtiyojlar vujudga keldi va taraqqiy etdi.
Ehtiyoj odamning kun kechirishi, yashashi va kamolga yetishi uchvun zarur narsalarning hammasi demakdir.
Odam yashash, hayot kechirish uchun o’z ehtiyojlarini qondirishi lozim. Ehtiyoj hayvonlarda ham bor. Ammo hayvonlarda faqat biologik, tug’ma ehtiyojlar bo’ladi, ovqatlanish, o’z-o’zini himoya qilish, nasl qoldirish ehtiyojlari bor, xolos. Odamda bu biologik ehtiyojlardan tashqari, yana yuksak ehtiyojlar – bilish ehtiyojlari, ijtimoiy, ma’naviy, estetik va boshqa shu kabi ehtiyojlar bor. Bu ehtiyojlar tug’ma ehtiyojlar emas, tarixan taraqqiy etgan. Ijtimoiy zot bo’lgan odamning biologik ehtiyojlari ham tarixiy taraqqiyot jarayonida sifat jihatidan tubdan o’zgargan.
Kishilarning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllarining taraqqiyotiga qarab o’zgaradi.
Tarixda odam miyasi taraqqiy etishi bilan birga sezgi ko’ruv, eshituv, tuyg’u organlari, ayniqsa, yuksak kamoltga erishdi. Odam musiqani, nafis suratlarni va boshqa san’at asarlarini drok etishga qodir bo’ldi. Qo’lasosiy mehnat organi bo’lish bilan birga asosiy tuyg’u organi ham bo’lib qoladi. Odamning tarixiy taraqqiyotida uning idroki va xotira faoliyati ham takomillashib va sifat jihatidan o’zgarib turdi. Tashqi dunyodagi narsa va hodisalarni anglarb-bilib, shu bilan birga kengroq va chuqurroq idrok etadigan bo’ldi, o’z faoliyatidagi tajriba mahsulini anglab-bilib esda qoldiradigan va undan anglab-bilib foydalanish qobiliyatiga ega bo’ldi.
Psixikaning yuqori bosqichi faqat insongagina xos bo’lgan, uning eng yuksak darajasi hisoblanmish ongda o’z aksini topmoqda. Ong psixikaning yaxlit tarzda ifodalovchi yuksak shakli hisoblanib, insonda, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning maxsuli sifatida yuzaga kelgandir. U ijtimoiy maxsul bo’lishdan tashqari, unga muayyan munosabat bildirish maqsadini ko’zlash, o’zlikni anglash kabilarni namoyon etish imkoniyatiga egadir.
Odatda adabiyotlarda ongning to’rttta ta’rifi mavjud.
1. Nomining o’zidayoq berilgan bo’lib onglash deganidir.
2. Sub’yekt bilan ob’yekt o’rtasidagi aniq faktni ajratish.
3. Odamning maqsadni qo’zg’ovchi faoliyatini ta’minlash.
4. Uning tarkibiga muayyan munosabatlarning kirganligidir.
Odatda, inson ongi uni qo’rshab to’rgan tevarak-atrof haqidagi bilimlar majmuasidan iborat bo’lib, uning tuzilishi tarkibiga shunday bilish jarayonlari kiradiki, qaysiki ularning bevosita yordami bilan shaxs o’z axborotlari ko’lamini uzluksiz ravishda boyitib boradi. Insondagi bilimlar sezgi, idrok, xotira, tafakkur, hayol singari bilish jarayonlari asta-sekin ularning tarkibiga kiradi. Harakatli hissiy tub ma’nodagi hissiy bo’lish bosqischlarga ta’lluqli bo’lish sezgi, idrok, appersepsi, tanish, bilim olish va tasavvur kabi bilish jarayonlari ko’magi asosida miyaga bevosita ta’sir o’tkazuvchilarning aks ettirishi natijasida inson ongida borliqning mazkur daqiqasida shaxsning tasavvurida ularning hissiyo manzarasi yuzga keladi. Xotira jarayoni ongda o’tmishdagi narsa va hodisalarining obrazlarini esga tushirsa u yoki bu bosh miya katta yarim sharlarning bo’limlarida aks etgan muayyan izlarini jonlantirish imkoniyatiga ega bo’lsa, hayol jarayoni esa ehtiyoj ob’yekti hisoblangan favqulotdagi davr hukmiga kirmmagan obrazlar modeli namoyon etadi. Bilishning yuksak darajasida bo’lmish tafakkur jarayoni umumlashgan, ijtimoiy-xususiyatli, bilvosita va so’z olrqali ifodalanuvchi bilimlarga asoslangan holda gavdalanuvchi muomalalar yechiminin hal etishda ta’minlaydi.
Tabiatning tarkibiy qismi hisoblangan inson sut emizuvchilar olamida tanho o’zini o’zi nazorat qilishga, o’zini o’zi bilishga, o’zini o’zi boshqarish imkoniyatiga ega bo’lgan jonli jonxoddir, binobarin, u psixik faoliyatini tashkil qilishga, maqsadga yo’naltirishga, o’zini o’zi tadqiq qilishga qodir mavjudoddir. Shaxs xulq atvorini, bilish jarayonlarini aqliy va ijodiy faoliyatini, irodaviy sifatlarini, ongli ravishda oqilona baholay oladi, hamda o’zini o’zi boshqara biladi.
Har qaysi insonda hukm suruvchi “Men”likning “Menemas”likdan ajratishga intilish “o’zini namoyon qilish, o’zini o’zi ifodalash, kimligini kashf etish, o’zini o’zi takomillashtirish, o’ziga o’zi buyruq berish, o’ziga o’zi ta’sir o’tkazish singari jarayonlarda” ontogenetik hayotning dastlabki taraqqiyot pallasidan, bolalikning ilk daqiqalaridan boshlab, to yetuklikning u yoki bu bosqichlarini egallash davrigacha davom etib, o’zini o’zi anglashning yuzaga kelishi bilan yakunlanadi. Lekin “Men”lik muammosining boshqa qirralari, xissiyotlari, mexanizmlari, ta’sir etuvchi omillari, yangi sifat bo’laveradi, bu jarayon komil inson (jismoniy va ma’naviy barkamolik) darajasiga erishganga qadar davom etishi mumkin. Biroq yuksak kamolot darajasiga erishish shaxsning iste’dodi, salohiyati, ishchanlik qobiliyati, aqliy va ijodiy faoliyati maxsuldorligiga bog’liq bo’lib, barcha insonlar taraqqyoit cho’qqisiga erishadi, degan ma’noni anglatmaydi. Chunki ijtimoiy hayotdagi umumbashariy talab, ehtiyoj negizida muayyan xududiy qulay (senzitiv) ham ob’yektiv, ham suyu’yektiv shart-sharoitlar taqozosi bilan jahon fani va madaniyatida keskin o’zgarishlar yaratishga qodir tarixiy yakka shaxs dunyoga keladi. Bizningcha, komil insoniylikka erishishning o’ziga xos axloqiy, aqloiy, irodaviy, g’oyaviy tarkiblari mavjud bo’lib, tanlangan idealga intilish, kasb sodiqlik, samoviy muhabbat uning negizini tashkil qiladi. Tashqi olam taassurotlaridan mutlaqo vos kechish (g’oyibonalik), fikriy soflikka erishish (chilla), tana a’zolarini musaffolashtirish (ortiqcha moddalardan tozalash), kamfortga tortinganlik orqali shaxs oliy darajaga, ya’ni komillikka yetishi mumkin, lekin bu bosqich nisbiy xususiyat kasb etadi.
Ongning uchunchi psixologik tavsifi shaxsning maqsadini ko’zlovchi faoliyatini ta’minlashga oid ta’rifni ifodalangan bo’lib, uning yana bir funksiyasi mazkur maqsadinini yaratishga yunaltirilganini bilan boshqalardan farq qiladi. Ushbu jararyonida shaxs faolyatining turli xususiyatli motivlari yuzaga keladi, ular inson tomonining turli xusisiyatli motivlari yuzaga keladi, ular inson tomonidan chamalab chiqiladi, buning natijasida motivlar kurashi namoyon bo’ladi, bu o’rinda ustuvorlikka yerishish yetakchilikni taminlaydi, irodaviy zo’r berish oqibatida muayyan qonun qabul qilinadi, harakatlarni bajarishning izchilligi qay yo’sinda amalga oshirishi hisobga olinadi, maqsadni qaror toptirishga to’siq vazifasini o’tovchi fikriy g’ovlar (to’siqlar) bartaraf etiladi va unga mutanosib o’zgarishlar kiritiladi, samaradorlikni oshirish uchun ba’zi bir tuzatishlar amalga oshiriladi.
Maqsadni ko’zlovchi faoliyatning amalga oshirilishi jarayonida, uning muvofiqlashuvida, voqelik yo’naltirishda ob’yektiv va sub’yektiv sabablariga ko’ra ayrim nuqsonlarga yo’l qo’yilishi, buzilishi, vujudga kelishi ong funksiyasini zayiflashuvini bildiradi. Faoliyat ongli munosabatni taqozo etganligi tufayli uning tarkibiy qismlari bajarilishida ayrim kamchilikka yo’l qo’yilsa, bu holat ongining nazorat funksiyasi izdan chiqqanligini anglatadi.
Ongning so’nggi (to’rtinchi) tavsifi uning tarkibiga muayyan darajadagi, ma’lum tizimga hos emotsional (hissiyo) munosabatlar qamrab olinganligini aks etiradi. Shaxs ongiga muqarrar ravishda turli tuman his-tuyg’ular (xar xil darajali, ijobiy, salbiy, barqaror, statik, dinamik), kechinmalar, stress, effekt holatlar to’g’risidagi axborotlar oqimi kela boshlaydi. Shaxsning boshqa kishilarga, tabiatga, jamiyatga, ashyolarga nisbatan munosabatlari mavjud me’zonlarga asoslansa, muayyan qoidalarga bevosita amal qilinsa, har bir narsaga oqilona, odilona va omildorlik bilan yondashilsa, ongning nazorat funksiyasi hukm surayotganligidan dalolat beradi.
Shaxsdagi mo’tadillik, ruhiy sog’lomlik, ongning boshqaruv imkoniyati mavjudligini bildirib kelib, ayrim hollarda xissiyotga berilishi esa uning o’z funksiyasini bajarishdan chetlanganligini namoyish qiladi. Turli xususiyatlar munosabatlar ong nazoratida amalga oshirilsa, shaxs xulq-atvorida, faoliyatida va muomala jarayonida, xes qanday nuqsonlar chetga og’ishlar sodir bo’lmaydi. Shu narsani ta’kidlab o’tish o’rinliki, patologik holatlarni taxlil qilish, ong mohiyatining genezisini atroflicha anglab olishga xizmat qilishi mumkin. Shu boisdan ongning zaiflashuvi shaxsning xis-tuyg’ulari va munosabatlarini o’zgartiradi: sinpatiya antipatiya bilan, quvonch qayg’u bilan, optimizm pessimizm bilan vaqti vaqti bilan o’rin almashib turishi kuzatib turiladi.
Ongning yuqorida ta’kidlab o’tilgan barcha funksiyalarini namoyon bo’lishining muqarrar shartli til va nutq hisoblanadi shaxs nutq faoliyati yordami bilan bilimlarini o’zgartiradi, ajdodlar tomonidan ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davomida yuzaga keltirilgan tajribilar majmuasi tilda mustahkamlanadi, o’ o’zining tafakkuri hayoti va faoliyatini boyitadi. Til alohida ob’yektiv tizim sifatida namoyon bo’lib, unda ijtimoiy-tarixiy jarayonlarda vujudga kelgan an’analar, marosimlar, qadriyatlar, g’oyalar majmuasi tariqasida ijtimoiy tariqasida ijtimoiy ongda aks ettinrilgandir.
Dostları ilə paylaş: |