12
Mavzuni o’rganish jarayonida ko’rgazmalilikdan foydalanish.
II. Bilish kerak:
-
mavzu bo’yicha dastur talablari asosida sonlarni xona qushiluvchilari yig’indisi
shaklida
tasvirlash;
-
darslik bo’yicha ko’rgazmalar asoisda suhbatlar olib borish:
-
o’quv materialini o’zlashtirishini mustahkamlashga va kuchaytirishga oid didaktik
o’yinlar tanlash:
-
bilim, malaka va ko’nikmalarni hosil bo’lishi bo’yicha turli metodlar va
mashqlar,
mustaqil ishlar tuza olish:
Turli xil ko’rinishdagi ko’rgazmali vositalar asosida yangi materialni va o’tilgan
materiallarni mustahkamlash va bayon qila olish. Nomerlash metodikasi bosqichda
o’qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1-10, 100 ichida,
1000 ichida va ko’p xonali
sonlarni sanay olishini, o`qishi, yozishi, taqqoslash usullarini
bilbishi, sinflarga ajrata olishi, didaktik prinsiplar asosida natural qatorning tuzilishini
ochib berish va bu asosda sonni natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta’riflashdan
iborat.
Buning uchun o’quvchilarning quyidagilarga erishishlarini ta’minlash zarur:
1) o’quvchilarning miqdor va raqamlar tartibi haqidagi tushunchalari aniqlashadi:
2) Predmetlarni sanashni shakllantirish:
3) 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o’zlashtirib olishlari kerak;
4) Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko’rsatilganda
har bir narsaning berilgan
guruhdagi tartib nomerini
aytib bera olishlari kerak;
5) Sonlarning 1 dan 1000 000 gacha qatoridagi har bir son qanday hosil bo’lishini
ongli o’zlashtirishlari kerak;
6) Raqamlarni o’qiy olishlari va har bir raqamni narsalarning mos soni bilan mos
qo’ya olishlari kerak;
7) Sonlarni taqqoslashni bilishlari kerak;
8) 2,3,4,5,6,7,8,9,10 sonlarning ikkita qo’shiluvchilardan iborat sonlar tarkibini
barcha
hollarini mustahkamlab, o’zlashtirib olishlari kerak;
9) 2+1, 4-1, 1+3, va hokazo ko’rinishdagi matematik yozuvlarni o’qiy olishlari va
bunday yozuvlarni aniq rasmlar bilan mos qo’yishlarini bilishlari kerak.
13
10) miqdorlar yordamida predmetlarni o’zaro
taqqoslash, "Ko’p", "Kam", "Ortiq",
"Baland", "Past" kabi tushunchalarni taqqoslay olishi:
11) Doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta
olishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: