Inversiya- gap bo`laklarining o`rin almashinishi yoki gap bo`laklarining joylashish tartibini ma'lum maqsad bilan o`zgarishi hodisasiga aytiladi. Inversiya og`zaki nutqqa xos xususiyat. Badiiy asarda qahramonlar nutqini jonli nutqqa yaqinlashtirish, qahramon nutqini individuallashtirish uchun inversiyadan foydalaniladi. She'riyatda ifodalilik ohangdorlik, ta'sirdorlikni oshirishga xizmat qiladi. Masaln:
Bozprga o’xshaydi asli bu dunyo,
Bozorga o’xshaydi bunda ham ma’ni.
Ikkisi ichra ham ko’rmadim aslo,
Molim yomon degan biror kimsani.( A. Oripov )
Antiteza( antithesis – qarama-qarshi qo’yish, zidlash) deb mantiqiy jihatdan qiyoslanuvchi fikr, tushuncha, sezgi va timsollarni qarama-qarshi qo`yish, zidlash hodisasiga aytiladi.
Voqea-hodisalar mohiyatidagi ziddiyatni ochish uchun zid ma'noli qo`shimchalar, so`zlar, iboralar, zidlovchi bog`lovchilardan foydalaniladi. Zidlashda voqea-hodisa, belgilarni o`zaro zid qo`yilib, shulardan birining ma'nosi alohida ta'kidlanadi. Zidlanishda ikki qism mavjud: zidlovchi qism va zidlash asosi ta'kidlangan qism. Masalan:
1.Noningni yo`qotsang yo`qot, nomingni yo`qotma!( O’.Hoshimov)
2.Ilmu she'rda shohu sulton,
Lek taqdiriga qul.
O`z elida chekdi g`urbat,
Zoru nolon o`zbegim.( E.Vohidov)
Gradatsiya( lot. Gradation – zinapoya, bosqichma-bosqichkuchaytirish).Nutq parchalaridan biri ikkinchisining ma’nosini kuchaytirib borishdan iborat uslubiy jarayon.Badiiy adabiyotdaholatlarni, tuyg’u va kechinmalarni qiyoslash, obraz, epitet, metafora va boshqa tasviriy vositalarning ketma-ket kuchayib yoki pasayib borishidan yuzaga chiquvchi uslubiy vositaga aytiladi. Adabiyotlarda gradatsiya xususiyatlariga ko’ra turlicha tasnif etiladi:
1. Klimaks (ko`tarilish)2. Antiklimaks (pasayish)
Ifoda usuliga ko`ra: 1. Mantiqiy – mantiqiy gradatsiya tarkibiy qismlari o`rtasidagi ifodalangan tushunchalar va fikrlar nuqtai nazaridan qaralganda ko`zga tashlanuvchi nisbiy belgilar orqali yuzaga chiqadi.
2.Emotsional gradatsiyada his-tuyg`u ifodalovchi tushunchalar bosqichma-bosqich joylashib, kuchayib boradi.
3.Miqdoriy gradatsiyada o`zaro mos tushunchalar hajmi, miqdorining o`sib yoki kamayib borishi:Bir yil o`tdi, uch yil, besh yil.
Ifoda materialiga ko`ra: 1. Leksik gradatsiyada uni tashkil qilgan komponentlarning sintaktik jixati emas, leksik-semantik jixati ahamiyatliroq bo`ladi. Shunday holda ham gradatsiya komponentlari sintaktik aloqaga kirishgan bo`ladi.
2 .Sintaktik gradatsiyada bir konteks doirasidagi bir necha gap ifodalagan mazmun asos bo`ladi. Bir qo`shma gap doirasida sodda gaplar va bir yoyiq kontekstda yonma-yon holda joylashgan nisbiy mustaqil gaplar ifodalagan fikrlarning bosqichma-bosqich kuchayib yoki pasayib boruvchi nutqiy hodisa sintaktik gradatsiya deyiladi.
Yana bir ko`rinishi yonma-yon joylashgan, bir-biriga tobe bo`lmagan nisbiy mustaqillikka ega gaplardir.Ritorik so`roq – ko`tarinki, kuchli emotsiya bilan aytiluvchi, ekspressiv vazifa bajarish uchun xizmat qiluvchi uslubiy vosita.
Vazifasiga ko`ra: 1.Tinglovchiga qandaydir ta'sir ko`rsatishga mo`ljallanadi.
2.Faqat ekspressivlik ifodalaydi, sof emotsional ta'sir ko`rsatadi.