Web-sahifada rasm va tasvirlar joylashtirish. Web-sahifaga rasm joylashtirish; rasm hajmi; rasm va matnni oʻzaro joylashish holatlari; rasmni joylashtirish imkoniyatlari.
Web-sahifaga roʻyxat joylashtirish. Roʻyxat turlari, roʻyxat joylashtirishga oid teglar; atamalar roʻyxatini joylashtirishga oid teglar.
Web-sahifaga jadvalli ma’lumotlarni joylashtirish.Jadval joylashtirishga oid teglar: satr, ustun, sarlavha satri, chegara, chegara rangi; sarlavha, kataklarni birlashtirish, boʻshliq tashlash.
Web-sahifaga formalar joylashtirish. Forma tushunchasi, forma joylashtirish tegi parametrlari; forma shakliga oid teglar; formada muloqot hosil qilish teglari.
Web-sahifada “oʻtish” (giperhavola). Freymlar.Giperhavola gipermatn tushunchasi; oʻtish nuqtasi, manzil; pochtaga maʼlumot yuborish; tarkibiy web-sahifalar.
Web-sahifaga animatsiya va video joylashtirish. Animatsiya, video va audio fayl formatlari haqida tushuncha, ularni sahifaga joylashtirish buyruqlari va ularga oid mashqlar.
Amaliy-ijodiy mashgʻulot.Amaliy mashg‘ulot. Nazorat ishi. Takrorlash uchun savollar.
V BOB. SMM – IJTIMOIY MEDIA MARKETING (5 SOAT) SMM (Social media marketing – ijtimoiy media marketing) haqida. SMM imkoniyatlari: afzalliklari, kamchiliklari. Brend tushunchasi. SMMning asosiy vazifalari. Amaliy mashgʻulot.
SMM platformalar bilan tanishish. Facebook tarmogʻi.Facebook tarmogʻida roʻyxatdan oʻtish. Facebook tarmogʻi boʻlimlari bilan ishlash. Amaliy mashgʻulot.
SMM platformalar bilan tanishish. YouTube sayti. YouTube saytida roʻyxatdan oʻtish va foydalanish. Amaliy mashgʻulot.
SMM platformalar bilan tanishish. Telegram tarmogʻi. Telegram tarmogʻida roʻyxatdan oʻtish. Telegram tarmogʻini sozlash. Amaliy mashgʻulot. SMM platformalar bilan tanishish. Instagram tarmogʻi.Instagram tarmogʻida roʻyxatdan oʻtish. Instagram tarmogʻidan foydalanish. Instagram sahifalarini koʻrib chiqish va xabarlar bilan tanishish. Amaliy mashgʻulot.