O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazi


INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI



Yüklə 68,65 Kb.
səhifə3/10
tarix11.05.2023
ölçüsü68,65 Kb.
#111807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
viii-sinf variativ oquv dastur 68 soat

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Web-Frilanser” internet tarmog‘i orqali mehnat daromadi olish yo‘nalishidagi tanlov sinflar uchun (68 soat, haftasiga 2 soat)




I BOB. DASTURLASH TEXNOLOGIYASI
(9 SOAT)
Scratch dasturlash muhiti. Scratch dasturining yaratuvchilari va uning kelib chiqish tarixi. Scratch dasturi imkoniyatlari, maqsadi haqida tushunchalar. Algoritm, algoritm ijrochisi, dasturlash, dasturchi kabi tushunchalar, algoritm ijrochisiga doir sodda misollar. Scratch dasturini ishga tushirish. Scratch interfeysi muhiti bilan tanishish.
Spraytlar bilan ishlash. Sprayt, skript, sahna, kostyum(libos) tushunchalariga ta’rif berish, Sprayt turlari va kostumlari bilan tanishish. 1 – skript hosil qilish va ishga tushirish amallari.
Sodda animatsiya dasturlarini yaratish. Spraytlarni harakatlantirishga oid bloklar bilan tanishish. Oʻnga, chapga harakat qilish va burchaklarga burilib harakat qilish bloklari bilan tanishish. Harakatga doir sodda dastur(skriptlar) hosil qilish.
Sprayt kostyumlari (liboslari)ni almashtirish. Spraytlarga kostyumlarni tanlash usullari bilan tanishish. Scratch dasturi kutubxonasi kolleksiyasidan kostyumlarni tanlash, Grafik muharrir yordamida yangi kostum hosil qilish. Ovozli harakatlarni yaratishga oid topshiriqlar.
Ovoz va matn bilan ishlash. Scratch dasturi kutubxonasi kolleksiyasidagi musiqlar bilan tanishish, ularni spraytlarga bogʻlash va harakatga keltirishga doir mashqlar bajarish.
Amaliy mashgʻulot. Scratch dasturida spraytlarga bogʻlash va harakatga keltirishga doir mashqlar bajarish.
Skratch muhitida shakllar yaratish. Scratch dasturi qoʻshimcha uskunasidagi Pero (chizgʻich) bloki imkoniyati bilan tanishish, spraytlarga bogʻlash va sahnada chiziqlar hosil qilish. Pero blok yordamida turli shakllar chizishga doir mashqlar bajarish.
Skratch muhitida sodda multfilmlar yaratish. Scratch muhitida ishlashga doir olingan bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash. Multfilm yaratish texnologiyasi. Bir nechta spraytlardan foydalangan holda oddiy dasturlarni yaratish. Matn, fon, tovush va harakatni joylashtirish. Multfilm uchun murakkab boʻlmagan freymlarni bajarish boʻyicha topshiriqlar. Oʻtilgan barcha boblar boʻyicha test topshiriqlari.

Yüklə 68,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin