6. Maktab hayotida o‘z mutaxassislik fani yuzasidan olib boriladigan ilmiy-tekshirish ishlari
ustida fikr yuritish \mavzu tanlash, material to‘plash, ayrim sinov-tajriba ishlarini olib
borish, tajribali metodist o‘qituvchilar bilan suhbatlar o‘tkazish\.
7. Amaliyot davomida sinf rahbarlari ish uslubini o‘rganish, tarbiyaviy ish rejasiga mos
tadbirlar tashkil etib, o‘tkazishga rahbarlik qilish. O‘quv yurti miqyosida o‘tadigan
tadbirlarda faol qatnashish.
8. Ona tili va adabiyotdan o‘quv
xonasini jihozlashga, ko‘rgazmali qurollar, metodik
qo‘llanmalar bilan boyitishga yaqindan yordam berish.
1.2. Pedagogik amaliyot bo‘yicha talabalar bilimi va ko‘nikmalariga
qo‘yiladigan talablar:
-
til bo‘limlarini (fonetika, so‘z yasalishi, leksikologiya, grammatika, orfografiya, orfoepiya,
punktuasiyalarni semantika va uslubiyat bilan uyg’unlikda tahlil qilish va baholash mezonlarini
amaliyotda qo‘llay bilish:
- ona tili va adabiyot bo‘yicha maktab, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari ta’limining
mohiyati anglab yetishlari:
- ona tili va adabiyot
kabinetini tashkil etish, jihozlash, texnik vositalardan foydalanishni
o‘rganish:
- ona tili sathlarini mustaqil tahlil qila olishi:
- adabiy ta’limga oid materiallarni o‘quvchilar ongiga to‘g’ri va oson yetkazish;
- ona tili va adabiyotini o‘qitishda o‘quvchilarning
mustaqil fikrlashi, fikrlash mahsulini
og’zaki va yozma yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirish, malaka hosil qilish yo‘llarini
bilishlari zarur:
- so‘zning ichki (lug’aviy) ma’nolarini, ma’no darajalarini, so‘zni to‘g’ri tanlash va nutqda o‘z
o‘rnida qo‘llash sirlarini anglab yetishi, uning ilmiy-grammatik
talqinini bilib olishlariga
erishsish va amalda qo‘llash;
- dars jarayonida qo‘shimcha adabiyotlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalana
bilishi:
- sinf va sinfdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil qila olishi kerak.
IV kursda talabalar uzluksiz pedagogik amaliyotni o‘taydilar. O‘quv yurti: maktab,
akademik lisey va kasb-hunar kolleji pedagogik jamoasi faoliyati bilan tanishadilar; ish
rejalari
tuzib, kundalik daftar yuritish, dars kuzatish, haftalik, choraklik o‘quv
rejalaridan foydalanish
malakasini hosil qiladilar. O‘quvchilar bilimini, og’zaki, yozma va mustaqil ishlarini baholash
tajribasini o‘rganadilar. Dars konspektini tayyorlab, uni tashkil etish va o‘tkazishga oid
mashq
darslarini boshlaydilar. Metod birlashma ishi bilan tanishadilar, birlashma yig’ilishlarida ishtirok
etadilar, sinfdan tashqari ishlarni olib borish tajribalarini o‘rganadilar, tadbirlar tashkil etib
o‘tkazishda qatnashadilar.
Dostları ilə paylaş: