9. «8- mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni» tadbirini guruhlarda o‘tkazish.
Har bir talaba o‘z guruhida «8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni»
tadbirini tarbiyaviy
saotlarda o‘tishi, kuzatishi, tahlil qilinishi kerak. Shu bilan birga
bu sana guruhlar bilan
birgalikda ham o‘tkaziladi. Uning ssenariysi muhokama etiladi. Adabiy-badiiy bu kechada
o‘quvchilar bilan birga talabalar ham turli chiqishlar bilan ishtirok etishlari lozim.
10. «21- mart – Navro‘z umumxalq bayrami»ga bag’ishlangan tadbirda faol ishtirok
etish.
Navro‘z bayramiga talabalar o‘z o‘quvchilari bilan birga katta tayyorgarlik ko‘radilar.
Yangi yil kirib kelishi kuniga bag’ishlangan ushbu adabiy-badiiy kechada bu bayramning
xalqimiz hayotida
muhim ahamiyat kasb etishi, qadriyatlarimizning qayta tiklanayotgani,
sumalak pishirish tarixi va hodisalar haqida qiziqarli chiqishlar tayyorlashlari kerak.
11. O‘zbek adabiyotining taniqli adiblaridan biri A.Qodiriy tavalludi munosabati
bilan o‘tkaziladigan tadbirda faol ishtirok etish.
Bunda eng avvalo metodist - o‘qituvchilar rahbarligida mazkur
kechaning ssenariysini
tuzib oladilar. A.Qodiriy asarlarining namunalaridan berilgan holda devoriy gazeta chiqaradilar.
A.Qodiriy ijodi namunalaridan ko‘rgazma tayyorlaydiloar. Kechaga taklifnomalar tayyorlanib,
universitet ped.amaliyot
rahbariyatiga, fakultet dekanatiga, o‘zbek tili va adabiyot o‘kitish
metodikasi kafedrasi mudiri va a’zolariga tarqatiladi.
- A.Qodiriy hayoti va ijodi bo‘yicha qisqacha ma’ruza tayyorlanadi.
- A.Qodiriy asarlaridan kichik sahna ko‘rinishlari talabalar tomonidan tayyorlanadi.
- O‘qituvchilar va talabalar ishtirokida adibning so‘z ustasi ekanligini ko‘rsatuvchi
turli
namunalar, raqslar, qo‘shiqlar ijro etiladi.
Kelgan mehmonlarning ayrimlariga so‘z beriladi.