Tarix saboqlari.
O'zbekistonning sovet davri tarixining alohida xususiyatlari va
davrlashtirish masalalari.
Tarix saboqlari.
Tarix xalqqa saboq va ma'rifat beradi. Tarixni o'rganmasdan
tiirib kelajakni anglab bo'lmaydi. Har bir inson, har bir xalq o'z o'tmishi va kechmishini
ajdodlari tomonidan yaratilgan tarixiy kitoblarni sinchiklab o'qish, o'rganish va mutolaa
qilish orqali bilib oladi. Tarix inson aql-idroki va tafakkurining
shunday bir nodir va
mo'jizakor mahsulidirki, uning ma'naviy qudrati va yordami bilan biz barcha kechmish
zamonlarning odamlariga ham-dam-u hamnafas bo'lamiz, o'tib ketgan asrlar silsilasini
butun hayajonlari, kurashlari va ziddiyatlari bilan ko'z o'ngimizda gavdalantiramiz.
Inson tarixdan ta'lim-tarbiya oladi, tarix katta saboq beradi. Tarix saboqlaridan o'ziga
tegishli
xulosa chiqara olmagan, kechagi kunini yaxshi bilmagan millatning kelgusi
qismati o'z-o'zidan ravshan.
Mashhur o'zbek taraqqiyparvari, jadidchilik harakatining
yirik namoyan-dasi
Abdurauf Fitrat 1917-yilda tarixdan saboq chiqarish to'g'risida shunday yozgan edi:
"Tarix millatlarning o'tmishini, taraqqiyotini hamda tanazzulining sabablarini
o'rganaturg'on ilmdir".
Tarix saboqlari bugungi kimda ham bizni hushyorlikka undaydi. Xususan,
jahonning ayrim davlatlarida va O'zbekistonga chegaradosh ba'zi mamlakatlarda siyosiy
barqarorlikni izdan chiqarmoqchi bo'lgan siyosiy kuchlar
va terrorchi guruhlar
mavjudligi kishini jiddiy o'ylantirmasdan qo'ymaydi. Muhtaram o'quvchilar, shuning
uchun ham Sizlar mustaqillik in'om etgan ne'matlarni asrashingiz,
erk va ozodligimiz
hamda birlik va hamjihatligimizni ko'z qorachig'idagi gavhardek himoya qilishingiz
shart.
Dostları ilə paylaş: