O’zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasi


O'zbekistonning sovet davri tarixining alohida xususiyatlari va davrlashtirish



Yüklə 3,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/88
tarix01.10.2023
ölçüsü3,23 Mb.
#151423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
10-sinf O\'zbekiston tarixi dars ishlanma-Shuhratbek.uz

O'zbekistonning sovet davri tarixining alohida xususiyatlari va davrlashtirish 
masalalari. 
Mazkur darslik sahifalarida Vatanimiz tarixining eng murakkab va 
ziddiyatli, katta yo'qotishlar va talafotlarga boy, shuningdek, ota-bobolarimizning yurt 
ozodligi va mustaqilligi uchun olib borgan qahramonona kurashlari, mag'lubiyatlari va 
zafarlari hamda o'zbek xalqining bunyodkorlik faoliyati va fidokorona mehnatlarini o'z 
ichiga olgan O'zbekistonning sovet davri tarixi yoritiladi. 
1917 - 1991-yillar 
O'zbekiston tarixida sovet davrini tashkil qiladi. Mazkur davrni 
quyidagi katta 
2 ta bosqichga 
ajratish mumkin: 1) 
birinchi bosqich 
-1917 - 1924-
yillar; 2) 
ikkinchi bosqich 
-1925 - 1991-yillar. Birinchi bosqich-da mintaqada 
Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalari tashkil qilingan bo'lsa, ikkinchi davr 1925-yil 
fevralda O'zbekiston SSRning tuzilishi bilan boshlanadi hamda 1991-yilda sovet 
davlatining parchalanishi bilan tugaydi. Bu bosqichlar ham o'z navbatida bir nechta 
kichik bosqichlarga bo'linadi. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev 
2016-yil 14-dekabrda 
Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisida so'zlagan nutqida yaqin o'tmish tariximizga 
quyidagicha baho bergan edi: "O'zbek xalqining necha mingyillik tarixida qanday 
murakkab davrlar, og'ir sinovlar bo'lganini barchamiz yaxshi bilamiz. 
O'zbekistonning eng yangi tarixi va biz erishgan olamshumul yutuqlar mard va 
matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilik, to'siq va sinovlarni o'z kuchi va irodasi bilan 
yengib o'tishga qodir, deb baralla aytishga to'la asos beradi. 
Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab-avaylab, qalbimizda, yuragimizda 
abadiy saqlaymiz. Bukilmas iroda, fidoyilik va jasorat namunasini amalda namoyon 


etib, o'z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishiga bag'ishlagan ustoz 
va murabbiylarimiz, zamondoshlarimiz bilan biz cheksiz faxrlanamiz". 

Yüklə 3,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin