O’zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasi



Yüklə 3,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/88
tarix01.10.2023
ölçüsü3,23 Mb.
#151423
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   88
10-sinf O\'zbekiston tarixi dars ishlanma-Shuhratbek.uz

1924-yil 12-iyun-da I.V.Stalinning 
taklifi bilan RKP(b) MK Siyosiy byurosining "O'rta Osiyo 
respublikalarini milliy-hududiy chegaralash to'g'risida" maxsus qarori qabul qilingan. Bu qaror bilan 
mazkur jarayon o'zining so'nggi bosqichiga kirdi. 15-iyulda RKP(b) MK O'rta Osiyo byurosi yangi 
tashkil etiladigan milliy respublikalar va oblastlarning muvaqqat byurosini tashkil etdi. O'zbeklar 
byurosi tarkibiga Fayzulla Xo'jayev, Rustam Islomov, Akmal Ikromov, Qori Yo'ldosh Po'latov, 
Muxtorjon Saidjonov, Kalugin a'zo sifatida, Inoyatov nomzod sifatida kiritildi. Shuningdek, RKP(b) 
MK O
c
rta Osiyo byurosi tashkil etgan Hududiy komissiyada, uning milliy kichik komissiyalarida 
janjalli masalalarni hal qilish uchun tuzilgan maxsus komissiyalar ham faoliyat ko'rsatgan. Hududiy 
komissiya tarkibiga F. Xo’jayev, A. Rahimboyev, S. Xo'janov, Q. Otaboyev, R. Islomov, N. Aytoqov, 
Y. Abdurahmonov, I. Aydarbekov, I. Vareykis, D. Man-jara, I. Mejlauk, X. Saxat-Muratov va boshqa 
siyosiy arboblar kirgan edi.
Milliy respublikalar tuzish zarurligi g'oyasining tashabbuskorlari o'z fikrlarini Turkistondagi tub 
xalqlar hayotida tengsizlik mavjudligi va milliy mojaro-lar kuchayib borayotgani bilan asosladilar. 
Ular bu mojarolardan qutulish yo'li sifatida turkmanlar, qirg'izlar va boshqalarning milliy davlatini 
(aslida, milliy respublikasini) tuzish deb e'lon qildilar, amalda esa bu chora-tadbirlar mintaqada 
yashovchi xalqlarni bir-biridan ajratib qo'yishdan boshqa narsa emas edi. 
Xullas, siyosiy jihatlarga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, Turkiston ASSR siyosiy 
rahbariyati orasidagi yevropaliklar bilan tub xalqlar vakillari o'rtasidagi ixtiloflar, ayrim qozoq va tojik 
kommunistlari hamda boshqalarning guruhbozlik ko'rinishlari mexanik tarzda Turkiston xalqlari 
o'rtasidagi munosabatlarga ko'chinldi. RKP(b) MK Bosh kotibi I.V. 
Stalin, 
RKP(b) MK O'rta Osiyo 
byurosi raisi 
Y.Rudzutak 
va boshqalar O'rta Osiyoda milliy mojarolar mavjudligini ta'kidlashdan 
charchashmadi. Xullas, milliy masala Markaz tomonidan sun'iy ravishda bo'rttirib yuborildi va bu 

Yüklə 3,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin