Ya.Rudzutak tezislariga qarama-qarshi o'laroq
Turor Risqulov boshchiligidagi bir gurah milliy kommunistlar 1920-yil-dayoq turkiy xalqlar yagona bo'lib, ularning
tarixiy ildizlari, dinlari, an'analari va madaniyati mushtarakdir, yagona Turkistonni alohida qismlarga
ajratib bo'lmaydi, degan g'oyani ilgari surgan edilar. Biroq Markaz kommunistlari bu fikrni inkor etib,
uni "panturkizm", "panislomizm", "burjua millatchiligi va o'ng og'machiligi" deb noto'g'ri baholagan
edilar.
Bir tomondan, 1920-yildan boshlab istiqlolchilik harakatining qaytadan shiddat bilan
rivojlanishi, ikkinchi tomondan, qizil armiya tomonidan Xiva xonligi va Buxoro amirligi
ag'darib tashlanib, ular o'rnida "mustaqil respublikalar" tashkil qilinganligi bu masalada bolsheviklarni
yana 4 yil sabr qilishlariga olib keldi. Xullas, sovet hokimiyati rahbariyati
1924-yil boshlaridan
boshlab ushbu masalani hal qilishga jiddiy kirishdi.
Sovet hokimiyatining chegaralanish siyosatiga dastavval Turkiston ASSR, BXSR va XXSR
rahbarlari qarshi bo'lishgan. 1924-yil fevralda Buxoro Kompartiyasi chegaralanish masalasi yuzasidan
Fayzulla Xo'jayev tomonidan yozilgan tezislarni qabul qildi. Unda RKP(b) MK O'rta Osiyo
byurosining bu sohadagi qarashlari xato ekanligi tanqid qilingan edi. 1920-yil 10-martda bo'lgan
Turkiston ASSR MIK va Turkiston Kompartiyasining birlashgan kengashida
Sultonbek Xo'janov, Turkiston - mintaqa xalqlarining yagona makoni va umumiy vatani. 1-guruhga: Milliy kommunistlar va Markaz vakillari o'rtasida turli qarashlarning to'qnashuvi. 2-guruhga: