Restavrastiya natijasida tiklangan matn
Turkistonda milodiy sananing o'zida yangi va eski yil hisobi mavjud bo'lib, darslikda tarixiy
sanalar 1918-yil 31-yanvargacha
eski hisob bilan, 1918-yil 14-fevraldan boshlab yangi hisob bilan
beriladi. Chunki RSFSR (Rossiya) Xalq Komissarlari Soveti raisining 1918-yil 26-yanvardagi maxsus
dekreti bilan Rossiya hududida grigorian kalendari joriy qilinib, amalda mavjud bo'lgan 13 kunlik farq
tuzatildi. Xullas, 1918-yil 31-yanvardan keyin 1-fevralga emas, balki 14-fevralga o'tildi. Bu kalendar
Turkiston o'lkasiga ham tatbiq etildi.
Restavrastiya natijasida tiklangan matn
Shu tariqa, Turkistonda Rossiyadagi
kabi ikki hokimiyatchilik emas, balki quyidagi uch
hokimiyatchilik paydo bo'ldi:
* Birinchisi, Rossiya Muvaqqat hukumatning vaqtli Turkiston
komiteti;
* Ikkinchisi, Turkistondagi ishchi va askar deputatlarining mahalliy va markaziy Sovetlari;
*
Uchinchisi, jadidlarning "Sho'roi islomiya" tashkiloti (jamiyati) va uning joylardagi shu'balari,
Toshkentda Turkiston o'lka musulmonlari soveti (Kraymussovet) - Milliy Markaz.
Dostları ilə paylaş: