ОLIY TA’LIM DTS TALABLARI O’zbek tili turkiy tillar oilasi sistemasidagi til sifatida. Qadimgi turkiy tilning manbalari va uni davrlashtirish.Qadimgi turkiy yozuv yodgorliklari va ularning grafik xususiyatlari, uyg’ur va run yozuvi yodgorliklari. Qadimgi turkiy tilning fonetik qonunlari. Qadimgi turkiy tilning fonetik sistemasi: vokalizm, konsonantizm va ularning keyingi davrda va hozirgi turkiy tillarda aks etishi.Qadimgi turkiy tilning leksik tarkibi. Qadimgi turkiy tilning asosiy morfologik va sintaktik xususiyatlari va punktuatsiya sistemasi.Qadimgi turkiy matnlarning o’qilishi va interpretatsiyasi. 5141100 – o’zbek tili va adabiyoti bakalavr yo’nalishi 2-kurs talabalari uchun “Qadimgi turkiy til” fanidan soatlar taqsimoti.
Semestr
Ma’ruza
Amaliy
Mustaqil ish
Jami
3-semestr
14
26
34
74
Jami
14
26
34
FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI Oliy ta’lim DTS talablaridan kelib chiqib, talabalarga:
-qadimgi turkiy tillarning Oltoy guruhiga kiruvchi til ekanligi, turkiy tillar uchun mushtarak davr tili ekanligi;
-qadimgi tyrkiy tilning uch davri;
-qadimgi turkiy til yodgorliklari va ularga yozilgan yozuvlar;
-qadimgi tyrkiy tilning fonetik-grammatik tarkibi;
-qadimgi tyrkiy tilning leksik tarkibi;
“Qadimgi turkiy til” fani bo’yicha talabalarda quyidagi ko’nikmalar hosil qilish zarur:
Qadimgi turkiy tilda qo’llangan yozuv tizimi, ayniqsa, o’rxun-yenisey va uyg’ur yozuvi xususiyatlarini umuman tasavvur qilaolishi va keyinchalik o’zining ilmiy ishlarida foydalanish uchun zamin bo’la olishi darajasida o’rganishi:
-XI-XIV asrlarda amalda bo’lgan arab yozuvi asosidagi turkiy yozuvni qiyinchiliksiz o’qish ko’nikmasini hosil qilishi;
-qadimgi turkiy til (shu jumladan, eski turkiy til)ning fonetik va muhim sintaktik xususiyatlarini to’la egallagan bo’lishi;
-qadimgi turkiy tilning lug’at tarkibini bilishi;
-qadimgi turkey tilda yozilgan transkripsiya va transliteratsiya qilingan matnlarni o’qish, tushunish va tahlil qilish ko’nikmasini egallagan bo’lishi.