NAMANGAN VILOYATI YANGIQO’RG’ON TUMANIDA JOYLASHGAN
33-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI DIREKTORINING BUYRUG‘I
Макtabda metod birlashmalari
tarkibi va rahbarlarini tayinlash
to‘g‘risida.
Umumta’lim muassasalarida fan o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini oshirishga ko‘maklashish, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, ilg‘or ish tajribalari va metodik ishlarni ommalashtirish hamda Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 13-avgustdagi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 183-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida b u yu r a m a n:
1. Maktabning 1-sonli pedagogika kengashi qaroriga asosan, 2020-2021-o‘quv yilida quyida ko‘rsatib o‘tilgan o‘qituvchilar metodbirlashma rahbarlari etib tayinlansin.
1. Boshlang‘ich sinflar metod birlashmasi rahbari:
2.Ona tili va adabiyot fanlari metodbirlashmasi rahbari:
3.Aniq fanlar metod birlashmasi rahbari:
4.Tabiiy fanlar metodbirlashmasi rahbari:
5.Xorijiy tillar metodbirlashmasi rahbari:
6.Ijtimoiy fanlari metodbirlashmasi rahbari:
7.Amaliy fanlar metodbirlashmasi rahbari:
8.Sinf rahbarlari metodbirlashmasi rahbari:
2. O‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ____________________:
Metodbirlashmalarning faoliyati muvofiqlashtirilib borish;
Metodbirlashma yig‘ilishi o‘tilishini nazoratga olish;
o‘quv yili oxirida metodbirlashma faoliyati tahlil qilish vazifalari yuklatilsin.
3. Metod birlashma rahbarlariga:
metodbirlashma ish rejasini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish;
taqvim-mavzu rejalarining tuzilishi va bajarilishini nazorat qilish;
ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirish, olib borilgan ishlar xususida pedagogika
kengashda hisobot berish;
ijodiy hisobotlar, ochiq darslar, metodik kunlar, metodik oylik, dekadalarni
tashkillashtirish;
malaka oshirish uchun buyurtmalar berish vazifalari yuklatilsin.
Dostları ilə paylaş: |