O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat pedagogika instituti magistratura bo’limi ta`lim muassasalar boshqaruvi


Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalarining ilmiy-nazariy asosi



Yüklə 108,33 Kb.
səhifə4/10
tarix25.12.2023
ölçüsü108,33 Kb.
#197091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2- kurs magistrati tursunov navro‘z nasrulloyevich kompetensiyav-fayllar.org

1.2. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalarining ilmiy-nazariy asosi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha
ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni
loyihalashtirilayotganda, albatta ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas,
avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib
chiqqan holda yondoshishni nazarda tutadi. Hamkorlik pedagogikasi Hamkorlik pedagogikasi XX asrning 80-yillarida rivojlana boshladi va ta’limdagi ko’pgina innovatsion jarayonlarni hayotga chorladi.
Bu texnologiya negizida taniqli rus va chet el pedagoglarining tajribasi yotadi.
Sh.A.Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi. U o’zining eksperimental
maktabida hamkorlik pedagogikasini, shaxsiy yondashuvini, tili va matematika
o’qitishning ajoyib pedagogikasini ishlab chiqdi va hayotga tadbiq etdi.
Sh.A.Amonashvilining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
1. Bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda oliyjanob insonning
shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon tug‘dirmos;
2. Bolaning qalbi va yuragini ulug‘lomoq;
3. Boladagi bilishga bo‘lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish;
4. Keng va chuqur bilim hamda malaka olish uchun sharoit tug‘dirmoq;
5. Ideal tarbiya – bu o‘z-o‘zini tarbiyalamoq. Sh.A.Amonashvili o’zining
texnologiyasini amalga oshirish uchun quyidagi metodika va metodik usullardan
foydalandi: u insonparvarlik; u shaxsiy yondashuv; u oila pedagogikasining
qo‘shimcha imkoniyati; u o‘quv faoliyati. u muloqot maxorati; Sh.A.Amonashvili
texnologiyasida bola faoliyatini baholash alohida ahamiyatga ega. Baholardan
foydalanish o’ta cheklangan. Miqdoriy baholashdan ko’ra sifatli baholashga urg’u beriladi, ya’ni tavsif, natijalar paketi, o’z-o’zini baholash.
3. O’quv materialini sxemalar va modellar ishorasi asosida o’qitishni
jadallashtirish texnologiyasi (V.F.Shatalov texnologiyasi) – o’qitishning an’anaviy sinf-dars usulining hali ochilmagan katta imkoniyatlarini ko’rsatib berdi.
V.F. Shatalovning maqsad-mo’ljali: u bilim, malaka va ko‘nikmalarni
shakllaitirish; u har qanday individual xususiyatlarga ega bo‘lgan barcha bolalarni o‘qitish; u o‘qitshni tezlashtirish. Tamoyillar: u ko‘p marta takrorlash, majburiy bosqichma-bosqich nazorat, qiyinchilikning yuqori darajasi, katta bloklarda o‘rganish, faoliyatning dinamik qolipi, xatti-harakatning tayanchi, muljaldagi asosini qo‘llash; u shaxsni ko‘zda tutish asosida yondashuv; u insonparvarlik; u zo‘rlab o‘qitmaslik; u o‘quv vaziyatlarining konfliktsizligi, har bir o‘quvchining muvaffaqiyatlaridan boxabarlik, tuzatish (yulga solish), o‘qsish, yutuqlarga istiqbolni ochish; u O‘qitish va tarbiyani bog‘lash. V.F. Shatalov metodining uziga xosligi: u materiallar katta hajmda kiritiladi; u materiallar bloklar bo‘yicha joylashtiriladi; u o‘quv materiail tayanch sxema — konspekt ko‘rinshida rasmishashtiriladi. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, tayanch konspekt ko’rgazmali sxemani tashkil etmoqda. V.F.Shatalov tayanch (tayanish) deganda bola harakatlarining taxminiy asosini, ichki fikrlash faoliyatining tashqi tashkil qilinish usulini tushunadi. Tayanch signal o’zaro uzviy bog’lovchi ramzlar (ishora, so’z, sxema, rasm va h.o) bo’lib, qandaydir ma’noli mohiyatni almashtiradi. Tayanch konspekt – o’quv materiallari o’zaro bog’langan usullarining butun qismlari sifatida faktlar, tushunchalar, g’oyalar tizimi o’rnida qullana oladigan qurgazmali
konstruksiyalardan iborat qisqacha shartli konspekt ko’rinishidagi tayanch signallar sistemasidir.V.F.Shatalovning xizmatlari shundaki, u mashg’ulotlarda yetarli darajada va barchaning faolligini ta’minlovchi o’quv faoliyati tizimini ishlab chiqdi.V.F.Shatalov metodikasi 5 bosqichdan iborat bo’lib, ular bir qancha usul va metodik yechimlarni oz ichiga oladi: 1. Nazariyani sinfda o’rganish: taxtada oddiy tushuntirish (bo’r, kurgazmali qurol, TV bilan); buyalgan plakat - tayanch konspekt bo’yicha qayta tushuntirish; plakat bo’yicha qisqacha bayon qilish; o’quvchilarning o’z konspektlari ustida individual ishlashlari, konspekt bloklari bo’yicha keng mustahkamlash. 2. Uydagi mustakil ishlar: tayanch konspektk darslik ota-onalar yordami. o’quvchilarga uqtirish: konspektdan foydalangan holda o’qituvchining tushuntirganlarini esla, berilgan materialni kitobdan o’qi; o’q iganlaringni konspekt bilan qiyosla; konspekt yordamida darslik materiallarini so’zlab ber (kodlashtirishdekodlashtirish); konspektni so’zlab berish uchun tayanch sifatida yodda saqla; konspektni qayta ishlab chiqqish va namunaga qiyosla. 3. Birinchi takr orlash -konspektni uzlashtirishni har tomonlama keng nazorat qilish: barcha o’quvchilar konspektni xotirasida qayta ishlab chiqadilar, o’qituvchi ularni peshma-pesh tekshirib
boradi; bir vaqtning o’zida "asta" va magnitafon orqali so’rab boradi; yozma ish dan
so’ng og’zaki so’rash boshlanadi. 4. Tayanch konspektni og’zaki so’zlab olish
o’zlashtirishdagi tashqi nutq (og’zaki) faoliyatining eng muhim bosqichi, u turli
savol-javoblar jarayonida yuz beradi. 5. Ikkinchi takrorlash -umumlashtirish va bir tizimga keltirish (tartibga tushirish): o’zaro nazorat darslari; oldindan sinov savollari ro’yxatini nashr qilish; tayyorlash; barcha turdagi nazoratlardan foydalanish (taxtada, astagina, yozma va b.); o’zaro so’rash va o’zaro yordam; o’yinli unsurlar (jamoalar bellashuvi, rebusni topishi va b.). Nazorat, baholash. V.F.Shatolov o’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini bosqichma-bosqich nazorat qilishning bosh muammosini hal qildi. Doimiy tashki nazoratni o’zini-o’zi nazorat qilish va o’zo’zini baholash bilan bog’lash, har birini bosqichma-bosqich nazorat qilish, kuchi yetadigan darajada talab qilish, doimo tuzatishning imkoniyati mavjudligi, natijalar oshkorligi, ikki bahoning yo’qligi, past bahodan qo’rqishning yo’qligi. Nazorat shakllari: tayanch konspekt bo’yicha yozma ish, mustaqil ishlar, baland ovozda surash, magnitafonda, juftlikda o’zaro nazorat, guruhdagi o’zaro nazorat, uy nazorati, o’z-o’zini baholash. O’quvchi tomonidan olingan har bir baho bilimlarni maxsus ochilgan kuzguga qo’yib boriladi. U go’yo o’quvchiga xizmat qiladigan ro’yxat vazifasini bajaradi, baholar esa ijobiy shifrlangan tavsifnoma ahamiyatiga ega
bo’ladi. Bunday tavsifnomani e’lon qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladi.
Bu tavsifnomaning eng muhim tomoni shundaki, o’quvchi xohlagan vaqtida har qanday bahoni nisbatan yuqori bahoga uzgartirishi mumkin. Ochiq imkoniyat tamoyilining mohiyati ham shunda. Har bir baho, - deb ta’kidlaydi V.F. Shatalov, avvalambor, o’quvchida ijobiy e’tiborni kuzgatadigan vosita, turtki bo’lib xizmat qilishi lozim. Ikki baho salbiy hislarga sabab bo’ladi, o’qituvchi va fan bilan ziddiyatni keltirib chiqaradi. Shatalov bunday qarama-qarshi vaziyatlarni bartaraf qiladi. Metodik usullar (pedagogik mikrounsurlar) tirkamasiga: uchirma takrorlash, releli (almashma) nazorat ishlar, desant metodi, zanjir metodi, vazifalar ichida "chumilmoq", kitobdagi xatolarni topmoq, varaqchalarda misol -masala yechish, tanlov asosida misol-masala yechish, 4 qo’lda yechish, tajriba darslari, "miyaga" niktash, quyidan yuqoriga qarab yechish, aytib berganni rag’batlantirish, ochiq fikrlar darsi, oltinchi ball, ijodiy konspekt, tezaytish, keskinlikni yumshatish usullari (musiqa, yorug’lik, tanaffus va b.) va b. V.F.Shatalov tomonidan ishlab chiqilgan o’quv faoliyati tizimi maktab o’quvchilarida eksperiment qilingan, lekin uning metodikasi matematika o’qitish doirasidan chiqib, nafaqat tabiiy fanlar, balki gumanitar fanlar: til, tarix kabi fanlarni o’qitishda ham keng tarqaldi.

Yüklə 108,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin