O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Tabiatshunoslik fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə16/19
tarix22.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#77191
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat Pe

X U L O S A
O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tilishi munosabati bilan mamlakatimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalgam oshirila boshlandi . jamiyat tubdan yangilanib modernizatsiyaga uchramoqda. Ushbu o’zgarishlarning tarkibiy qismi sifatida ta’lim-tarbiya sohasida ham jiddiy o’zgarushlar sodir bo’lmoqda. Uning huquqiy poydevori “Ta’lim to’g’risida” qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilinishi bo’ldi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimi barpo etildi, ta’lim tizimini isloh qilish tamoillariga amal qilgan holda turli ta’lim yo’nalishlari bo’yicha yuqori malakali pedagoglar tayyorlashga kirishildi. Jumladan, professional iqtisodchi pedagoglar tayyorlash ham qo’yilgan vazifani amalgam oshirishning muhim bo’g’ini hisoblanadi.
Ta’lim-tarbiya sohasida amalgam oshirilayotgan jiddiy o’zgarishlar avvalo jamiyatning taraqqiyot darajasi, XXI asrning axborot asriga aylanishi. Iqtisodiyotning barcha sohalarida yuz berayotgan o’zgarishlar bilan bog’liq. Yoshlar har tomonlama barkamol etib tarbiyalash ularni vaziyatni va yuz berayotgan o’zgarishlarnitezda baholay oladigan har qanday holatda ham to’g’ri va oqilona qaror qabul qila oladigan malakali mutahassis qilib tayyorlash uchun o’tmishda faqat an’anaviy uslublarga tayanib eskicha dars o’tish yetarli emasligi ayon bo’lib qoldi. Demak dars o’tish jarayoniga jahon tajribasidan keng foydalangan holda yondashish talab etilmoqda. Ushbu talablardan kelib chiqib kasb ta’limining bakalavriat yo’nalishi bo’yicha mutaxassislik fani sifatida ,,Iqtisodiy biilim va iqtisodiy bilim asoslari”ni o’qitish metodikasikursini o’rgandik. Olgan bilimlar va pedagogic amaliyotlarning yakuniy natijasi sifatida bitiruv malakaviy ishini tayyorladik va unda quyidagi xulosaga kelindi.
Ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida dars berish jarayonini jiddiy o’zgartirish, ya’ni dars berishning zamonaviy, noan’anaviy, pedagogic usullarni va vositalarni qo’llash lozim.
Dars o’tish jarayoniga nostandart yondashish eng muhimi dars jarayonini tashkil etish va o’tkazishda uni nazorat qilishda, baholashda o’qituvchi asosiy sub’ekt ekanligini unutmaslik.
Bitiruv malakaviy ishining I – bobida ta’kidlab o’tganimizdek dars o’tish jarayonida o’qitishning zamonaviy- texnik vositalaredan dedaktik materiallardan, ko’rgazmali qurollardan, tarqatma materiallardan testlar, masala va mashqlardan keng foydalanish, mavzuni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish samaradorligini va sifat ko’rsatkichlarini9 bir necha barobarga oshiradi
Dars jarayoniga tayyorlanishda iqtisod fani o’qituvchisiga qo’yiladigan yana bir muhim talab mavzularning o’ziga xos hususiyatlarini oddiy yoki murakkabligini, nazariy yoki amaliy harakterda ekanligini hisobga olgan holda yondashish lozim deb hisoblaymiz.
Bitiruv malakaviy ishining asosiy (ikkinchi) bobida firma faoliyatining iqtisodiy tahlili mavzusi va dars o’tishning o’ziga xos texnalogiyasini qo’llash jarayonini ishlab chiqishga harakat qildik. Ushbu mavzu aniq iqtisodiy fanlar bo’yicha eng muhimlardan biri hisoblanadi. Mavzuning mazmuni mohiyati visual va o’quv materiallari hamda masalalar orqali tasvirlandi. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarga izoh berildi. Jadvallar, sxemalar, diagrammalar bo’yicha slaytlar tayyorlandi. Mavzu bo’yicha dars o’tishni tashkil etish va amalgam oshrish o’qituvchidan jiddiy nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lish zarur degan xulosaga keldik. Eng muhimi firma faoliyatining iqtisodiy tahlilini misollar, formulalarni qo’llash o’quvchilar bilimini oshirishning asosiy vositasi sanaladi deb belgiladik. Ushbu bob bo’yicha yakuniy xulosamiz mavzuga oid metodlarni tanlashda masala va mashqlar, iqtisodiy o’yinlar kabilarni hisobga olish o’rinli sanaladi.
Yuqoridagi fikr mulohazalar, takliflarni inobatga olgan holda dars jarayonini tashkil etish va amalgam oshirish o’qituvchi oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarni to’liq amalgam oshirishnita’minlaydi va kelajak taraqqiyotining poydevori bo’lgan o’quvchi yoshlarning har tomonlama iqtisodiy bilimlarini boyitadi.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin