O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Tabiatshunoslik fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə1/19
tarix22.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#77191
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat Pe

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bajardi


O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
Navoiy Davlat Pedagogika Instituti
Tabiatshunoslik fakulteti
Geografiya va iqtisodiyot nazariyasi asoslari” kafedrasi



Mavzu: “Firma faoliyatining iqtisodiy tahlili”
mavzusida dars o‘tish metodikasi


Bajardi: Musayeva Laylo Qahramonovna - “Geografiya va IBA” bakalavriat
ta’lim yonalishi bitiruvchi kurs talabasi
Ilmiy rahbar: Zoyirov Zayniddin Xudoyqulovich – iqtisod fanlari nomzodi,
dotsent


Navoiy – 2012.
MUNDARIJA
Kirish ……………………………………….…………………. ………………
I – bob. Uzluksiz ta’lim tizimida dars o’tishning hususiyatlari…………….

    1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining anamiyati……………………

    2. Umumta’lim maktablari, akademik litsiy va kasb-hunar kollejlarida uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi………………………………………

    3. Iqtisodiy fanlarni o;rganishda qo’llaniladigan metodlar va ularni tanlash mezonlari ……………………….……………………………………………..

II – bob. ,,Fima faoliyatini iqtisodiy tahlili” mavzusi va dars o’tishning o’ziga xos texnalogiyasi…………………………………………………………………..
2.1. Firmalar va ular o’rtasidagi aloqadorlik. Firmalarning asosiy shakllari ……………
2.3. Firma faoliyatining iqtisodiy tahlili………………………………………
Xulosa: Taklif va mulohazalar………………………..………………………
Adabiyotlar ro’yhati ……………………………………………………………


Kirish
O’zbekiston yosh rivojlanayotgan, mustaqil mamlakatlar ichida birinchilardan bo’lib, ta’lim tizimini isloh qilishga kirishdi. Respublikamizda kadrlar tayyorlash bo’yicha ,,Milliy dastur” va ,,Ta’lim to’g’risida” qonun qabul qilindi.
,,Ta’lim to’g’risida” gi qonun, Prezidentimizning ,,O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” kitobi, Oliy majlsning Respublikamizda kasblar yo’nalishi bo’yicha pedagoglar tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda.
Bozor munosabatlariga o’tilishi munosabati bilan Respublikamizda iqtisodiy fanlarni o’rganishga e’tibor qaratila boshlandi. Maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida ,,Iqtisodiy bilim asoslari” , ,,Soliq saboqlari” , ,,Iqtisodiyot asoslari” , ,,Tadbirkorlik asoslari” kabi fanlardan iqtisodiy bilimlar o’rganila boshlandi. Oliy o’quv yurtlarida esa ,,Iqtisodiyot nazariyasi” , ,,Soliq va soliqqa tortish” , ,,Kichik va hususiy tadbirkorlik” kabi fanlardan talabalarga tehsil berilmoqda. Shu bilan birga iqtisodiy fanlardan dars beradigan mutahasislar, iqtisodiy pedagoglar tayyorlashga kirishildi.
Iqtisodiy – pedagoglar tayyorlashda iqtisodiy fanlar va ularni o’qitish metodikasini o’rganish alohida o’rin tutadi. Chunki iqtisodiy fanlar chuqur bilim bilan birga ularni o’qitish mahoratini tashkil etish, ularni o’qitishning zamonaviy usullarini qo’llay olish dars talabiga aylanmoqda.
Iqtisodchi-pedagoglar o’zlari bu fanlarni yaxshi bilibgina qolmay, kelajakda ana shu fanlarni o’quvchi-talabalarga o’rgatish malaka va ko’nikmasiga ham ega bo’lishlari kerak.
Iqtisodiyot fanini o’rganish bir jihatdan oson ko’rinsada, ikkinchi tomondan ancha murakkab bo’lib, kuchli iroda va sabr-toqatli bo’lishni taqazo etadi.
Taniqli iqtisodchi R. L. Xaylbroner takidlaganidek bu fanni o’rganish uchun tuyadek bardoshli, avliyodek sabr-bardoshli bo’lish kerak.
Yana bir e’tiborli jihat shuki i tisodiy fanlarni o’qitishning boshqa fanlarni o’qitishdan farqlovchi o’ziga xos jihatlari mabjud. Jumladan bu fanlar garchi ijtimoiy fanlar guruhiga taalluqli bo’lsada bazi bir aniq va tabiiy fanlar M: matematika, geografiya, ekalogiya bilan bog’lab o’rganiladi. Va ayni paytda bu fanlardan ham farq qiluvchi jihatlari mavjud.
Malumotlar, faktlar, dalillar o’zgarishining qanday natijalarga olib kelishi, ular asosida to’g’ri xulosa chiqarishni o’rganish va o’quvchi-talabalarga
o’rgatish, ular ongiga singdirish iqtisodiyot fanining asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.
,,Iqtisodiyot nazariyasi va iqtisodiy bilim asoslari” fanini o’qitish metodikasi kursini o’rganish talabalar, o’quvchilarga iqtisodiy hodisalar jarayonlarning iqtisodiy mazmunini tahlil qilish, to’g’ri baholash hamda umumlashtiruvchi xulosa chiqarishni qanday tarzda amalga oshirish yo’l-yo’riqlari o’rgatiladi.
Ma’lumki, jamiyatning o’z oldiga qo’ygan maqsadini kelajakda amalga oshirish yoshlar’ ya’ni hozirgi umumiy o’rta ta’lim maktablarida, akadimek litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari, oliy o’quv yurti talabalaridir qisqasi mamlakatimiz yoshlaridir. Shuning uchun ham jamiyatning kelajagi qanday bo’lishi ko’p jihatdan entellektual va axloqiy jihatidan qay darajada kamol topishlariga bog’liq.
Jamiyat taraqqiyoti darajasi axborotni xaddan ziyod ko’pligi, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar, umuman olganda hayot
Tajribasi shuni ko’rsatadiki, yoshlarni yutuk, vaziyatni tezda baholay oladigan, ayni shu vaziyat uchun to’g’ri qaror qabul qiladiga malakali mutahasis qilib tayyorlash uchun faqat an’anaviy uslublarga tayanib dars o’tish etarli emas.
Hozirgi paytda tayyor bilimni o’zlashtirish asosiy maqsad bo’lmay, eng asosiysi o’quvchi, talabalarning intellectual qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko’nikmasini hosil qilish obyektiv zaruriyatga aylandi.
Ma’lumki iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar o’z navbatida ishchi kuchi malakasi, mahorati yuqori bo’lishini, ishchi kuchiga bo’lgan talabning o’zgarishiga moslashgan, o’z malakasini oshirishga intiluvchan bo’lishni talab etadi. Buning uchun o’quvchi talabalarning mustaqil izlanish, fikrlash, turli qarorlarni taqqoslash, tahlil qilish, xulosa chiqarishga o’rgatish lozim. Shuning uchun jahon pedagogikasi diqqat e’tibor o’quvchi, talabalarga ana shu hislatlarni hosil qilish va tarbiyalashga qaratildi. Tajriba o’quvchi, talabalarga aynan ana shu hislatlar, ko’nikmalarni hosil qilishda dars
berishning enteraktiv metodlarini qo’llash ijobiy natija berishini ko’rsatmoqda. Yuqoridagi masalalardan kelib chiqib, ,,Firma faoliyatining iqtisodiy tahlili” mavzusida zamonaviy dars o’tish metodikasini bitiruv malakaviy ishi sifatida tanladik. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: iqtisodiy bilim asoslari fanini o’qitishning o’ziga xos hususiyatlarini ushbu mavzu misolida ko’rsatish.
Bitiruv malakaviy ishining vazifasi o’qitishni zamonaviy vositalardan foydalangan holda mavzuning mazmun-mohiyatini ochib berish.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti fermalarning tashkiliy iqtisodiy faoliyati bo’lib xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish qismidan 2 bob, 6 paragraf, xulosa, adabiyotlar ro’yhati, ilovalardan tashkil topgan. Unda taqdimot uchu materiallar, visual materiallar, tarqatma materiallar, testlar, topshiriqlar o’rin olgan.

  1. Interaktiv- ing. Interackt co’zidan olingan bo’lib, inter – o’zaro, act – faoliyat yuritish manosini beradi.


Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin