O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Tabiatshunoslik fakulteti


Interaktiv metodlarni qo’llash va o’quv jarayonini tashkil etishdagi qiyinchiliklar



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə7/19
tarix22.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#77191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat Pe

Interaktiv metodlarni qo’llash va o’quv jarayonini tashkil etishdagi qiyinchiliklar.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy o’zgarishlar, islohotlar ta’lim stndartlarini o’zgartirishga, yangi fan, o’quv kurslarini kiritishnigina emas, balki dars o’tish metodlarini ham o’zgartirishni, talabalarni darsga qiziqib, faol qatnashishlarini ta’minlaydigan metodlarini qo’llash ehtiyojlarini keltirib chiqardi.
Shuning uchun jahon pedagogikasida asosiy e’tibor talabalarda ana shu xislatlarni hosil qilishga qaratildi. Tajriba talabalarda aynan ana shu xislatlar ko’nikmalarni hosil qilishda dars berishning entiraktiv metodlarni qo’llash ijobiy natija berishni ko’rsatadi. Bu uslublar dars o’tishni dialog tarzda amalga oshirishga, ayniqsa, talabalarni darsga faol qatnashishlarni ta’minlashga qaratilgan.
Har qanday fandan dars o’tishda turli metodlarni ayniqsa enteraktiv metodlarni qo’llash zaruriyati yana shunda ifodalanadiki, birinchidan, bunday metodlarni, qo’llash darsni qiziqarli o’tish va talabalarni darsga faol qatnashishlarini, ikkinchidan, ularning diqqatini o’tilayotgan darsni o’zlashtirishga qaratishlarini ta’minlaydi.
Dars o’tishda qo’llaniladigan metodlarni shartli ravishda: an’anaviy dars uslublari hamda talabalar faolligini oshiruvchi interaktiv metodlarga ajratish mumkin.
An’anaviy dars o’tishda darsni asosiy maqsadi ko’proq tushuntirishga qaratilgan bo’lib, o’qituvchi bilim beruvchi, o’quvchi talaba bilim oluvchi rolini balaradi. Ularni o’rganilayotgan mavzuni qay darajada o’zlashtirganlarini nazorat qilish jarayonida bildirgan fikrlariga qarab aniqlanadi.
Pedagoklar, pedagogolimlar dars jarayonida o’quvchi, talabalar o’rtasida hamda ular bilan o’qituvchi orasida yuqori darajada hamkorlik o’rnatilsa, uni interaktiv hisoblashadi.
Odatda bunday hamkorlik u yoki bu muammoni yechish yo’llarini fikrlashib topishda, qabul qilingan qarorni qay darajada qo’llasa bo’lishin muhokama qilishda o’rnatiladi. Shunga alohida e’tibpr berish kerakki, muhokama jarayoni uni javoblaridan ham muhimroq. Ta’lim interaktiv metodlarining maqsadi bilim berish emas, balki o’quvchi, talabalarda mustaqil ravishda o’qish, izlanish, savollarga javob toppish, qaror qabul qilish, ko’nikmasini shakllantirishdir.
Dars o’tishning talabalar faolligini oshiruvchi interaktiv metodlari ayrim adabiyotlarda no’ananaviy dars o’tish metodlari deb ham tariflanadi. Bu metodlardan avvallari ham foydalanilgan, lekin kamroq e’tibor berilgan. Hozirgi paytda butun dunyoda faol interaktiv metodlarni qo’llashni dars o’tishning samarali metodi sifatida tan olinib keng qo’llanilmoqda.
Interaktiv metodika o’zaro hamkorlikning nihoyatda ko’p usul va turlarini qamrab oladi. Lekin metodik usul qanday bo’lishidan qat’iy nazar, o’quvchi talabalarning tajribalari asosiy ta’lim manbai hisoblanadi. Hamkorlik asosida amalga oshirilayotgan metodlarning asosiy xususiyati shundaki , unda o’quvchi, talaba o’zi uchun nimanidir kashf qiladi.
Interaktiv metodlar‘’o’qishga va uqishga’’ o’rgatadi. U o’quvchi talabalarning nihoyatda katta intelektual potensialidan foydalanish imkonini beradi, ularni o’quv jarayonida faol qatnashishlarini ta’minlaydi. O’quv jarayonida nafaqat hamkorlik balki musobaqa bellashuv elementlarin ham qo’llash imkonini beradi.
Interaktiv metodlar talabalarni o’z fikrini ifodalashi uchun keng imkoniyat yaratib beribgina qolmay, o’rtoqlarinng fikri, asoslari, dalillarini tinglab, o’z fikridan qaytishi yoki fikrini tamomila o’zgartirashi mumkin. Interaktiv metodlar boshqalarning fikriga hurmat bilan qarashga, uni sabr- toqat bilan eshitishga ham o’rgatadi. Auditoriyada hamkorlik muhitini yaratishning real imkoniyatini yaratadi.
O’qituvchi yaxshi dars berishning toyyor retseptiga emas, balki interaktiv metodlariga asoslangan ta’lim texnologiyasiga ega bo’lishi kerak. U ijodiy hamkorlikda ishlashga va ma’sulyatli qarorlar qabul qilish uchun tayyor turishga o’rgatadi.
Ta’limning interaktiv metodlari pedagoklardan:

  • Darsda o’rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg’otishni ta’minlaydi;

  • O’quv materialini puxta o’zlashtirish imkonini beradi;

  • O’quvchi, talabaning tahliliy fikrlashini rivojlantiradi;

  • Barcha o’quvchi, talabalarni o’quv jarayoniga tortish, faolligini oshirish uchun sharoit yaratadi;

  • Guruhda ko’ngildagidek ijobiy psixologik iqlim, muhit yaratadi.

Dars o’tish metodlari turlicha bo’lib, ulardan ayrimlari quyidagilar:

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin