O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Tabiatshunoslik fakulteti


Akademik litsiy va kasb-hunar kollejlari uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə3/19
tarix22.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#77191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat Pe

1.2. Akademik litsiy va kasb-hunar kollejlari uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim tarbiya sohasidagi keng ko’lamli ishlar ta’lim tizimini isloh qilish bilan bog’liq.
Yangi ta’lim tizimining eskislidan farqi uning uzliksizligidadir. Yana bir ko’zlangan maqsad o’qituvchi va o’quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o’rnini ongli intizom egallashiga erishishdir. Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqiyotini ta’minlovchi shaxs jamiyat va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy ilmiy texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadi. Aynan uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol ma’naviy boy shaxsning shakllanishi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Uzluksiz ta’lim davlat ta’lim standartlariga muvofiq turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi:
Umumiy o’rta ta’lim negizida o’qish muddati 3 yil bo’lgan majburiy o’rta mahsus kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimida mustaqil tur hisoblanadi. O’rta mahsuus kasb hunar ta’limi yo’nalishi akademik letsiy yoki kasb-hunar kolleji o’quvchilari tomonidan ixtiyoriy tranlanadi.
Akademik litsey davlat ta’lim standartiga muvofiq o’rta mahsus ta’lim beradi o’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal entellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgan ta’lim olishni ta’minlaydi.

Uzluksiz ta’lim mazmuni




Maktabgacha ta’lim



Umumiy o’rta ta’lim

O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi

Oliy ta’lim

Oliy o’quv yurtidan kiyingi ta’lim

Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash

Maktabdan tashqari ta’lim


Akademik litsiylarda o,quvchilar o’zlari tanlab olgan ta’lim yo’nalishi bo’yicha (gummanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko’nikmalariga ega bo’ladilar. Bu ko’nikmalarni oliy o’quv yurtlarida davom ettirishlari yoki mehnat faoliyatida ro’yobga chiqarishlari mumkin.
Kasb-hunar kolleji tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi beradi, o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko’nikmalarni chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo’yicha bir yoki bikr necha ixtisosni egallash imkonini beradi.
Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogic tarkibning tanlanganlik, o’quv jarayonini tashkil etish jihatidan yangi tipdagi ta’lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o’quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olish o’quvchilarga o’z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bo’lishni ta’minlaydi. Akademik letsiylar va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta’limning kiyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beradi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlanishcha o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagilar zarur:

  • Akademik litsiylar va kasb-hunar kollejlari faoliyayning normative bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;

  • Soha uchun oliy ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish, fan va madaniyat sohasining mutahasislarini jalb etgan holda yuqori malakali mutaxasislarni tayorlash va qauta tayyorlashni, shu jumladan, chet ellarda tayyorlashni tashkil etish;

  • O’rta maxsus , kasb-hunar ta’limlari o’quv muassasalari uchun ta’lim va kasb- hunar dasturlari, o’quv uslubiga majmualar ishlab chiqish;

  • Akademik litseylarning o’quvchilari mehnat faoliyati ko’nikmalarini egallashlari uchun ixtisoslashtirilgan dasturlar ishlab chiqish va joriy etish;

  • Kasb-hunar kollejlarida yayyorlanadigan mutahasislarga nisbatan ixtisos va kasb-hunar, malaka talablarining ro’yhatini ishlab chiqish;

  • Hududlarning jug’rofiy va demografik shart-sharoitlarini va tegishli sohadagi mutahasislarga bo’lgan mahalliy ehtiyojlarini hisobga olgan


  • holda o’rta mahsus, kasb-hunar ta’lim tizimi muassasalarining tashkil etilishini va ular oqilona joylashtirilishini ta’minlash, ularga o’quvchilarga imkon qadar oilasidan ajratmagan holda qamrab olish;

  • Akademik litsiylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy texnika va axborot bazalarini mustahkamlash;

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingandan kiyin uzluksiz ta’lim turlarining eng asosiy o’rta bo’g’ini bo’lmish O’MKHT (o’rta maxsus ta’limi) bizning kadrlar tayyorlash milliy modelimiz boshqa mamlakatlarning ta’lim tizimi bilan o’xshash emasligini ko’rsatdi. Bunda, ayniqsa, uzluksiz ta’limdagi muhim bo’g’in 3 yillik majburiy O’MKHT qanday bo’lishi kerak, uning maqsad va vazifalari nimalardan iborat, uni tashkil etish va boshqarish mehanizmlari qanday bo’lishi kerak, bitiruvchilarga qanday namunadagi hujjatlar berilishi lozim, akademik letsiy va kasb-hunar kollejlari qanday hujjatlar asosida faoliyat ko’rsatishlari zarur degan savollar savollar yuzaga keladi.
Prezidentimiz I. Karimov ham Milliy dasturni amalga oshirishdagi eng og’ir, eng murakkab va eng nozik masala 3 yillik ta’lim muassasalarini tashkil etish va bu pog’onada bolalarimizga bilim berish va kasb-hunar o’rgatish muammolaridir deb, ko’p marta ta’kidlagan.
Yuqoridagi savollarga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi “Ozbekiston Respublikasida o’rta maxsus kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida”gi Qarori va shu Qaror asosida tasdiqlangan “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limn to’g’risida”gi Nizom oydimlik kiritdi.
Bu nizomga asosan kasb-hunar bo’yicha chuqurlashtirilgan, tabaqalashtirilgan ta’lim berish o’quvchilarning intellectual rivojlanishi va ularning o’z qobiliyatlari va moyilliklariga muvofiq tanlangan kasb-hunar bo’yich mutaxasisliklarni egallashini taminlash o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining maqsadi hisoblanadi. Umumiy o’rta ta’lim negizida o’qish muddati 3 yillik majburiy ta’lim turi bo’lib, uning yo’nalishi akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji o’quvchilari tomonidan ixtiyoriy tanlanadi.
Akademik litsey o’quvchilarning intellectual qobilyatlarini jadal o’stirish, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo’naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan o’rta maxsus o’quv yurtidir. 9 yil davomida maktablarda o’quvchilar umumiy tayanch ma’lumot olgan bo’lsalar, endilikda ular o’zi tanlagan yonalish boyicha bilim olish va oliy o’quv yurtiga kirish uchun maqsadga yo’naltirilgan fanlarni mukammal o’rganishi bilan maxsus bilim olish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin