O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Tabiatshunoslik fakulteti


To’g’ridan- to’g’ri bayon qilish uslub



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə8/19
tarix22.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#77191
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat Pe

To’g’ridan- to’g’ri bayon qilish uslub. Bu model (uslub) da yangi tushunchalar, navbatma-navbat, asta-sekinlik bilan, mantiqiy izchillikda berib boriladi. Bu uslub ko’proq ma’ruza o’qiganda qo’llaniladi.
Guruhlarda juftlik yoki kichik guruhlarga bo’linib ishlash. Bu uslubda juftlik yoki kichik guruh bilan birgalikda qo’yilgan u yoki bu masalani, ma’lum belgilangan vaqt ichida o’zaro fikr almashish, muloqot qilish orqali echish ko;zda tutiladi.
Intervyu- bir yoki bir necha kishilardan axborot olish uchun aniq maqsadga qaratilgan so’rov ( savol-javob) o’tkaziladi.
Darsni aniq yo’naltirgan (mo’ljallangan) savollar asosida olib borish. Bu uslubda mavzu bo’yicha aniq yo’naltirilgan savollar bilan mavzu muhokama qilinadi. O’qituvchi savol-javob, suhbatni boshqarib turadi.
Modellashtiruvchi amaliy o’yinlar va mashqlar. Buuslubda talabalar qatnashadi. Modellashtirishda abstract uslublardan foydalanib, real voqelikka iloji boricha yaqinlashtiriladi. Bu uslub oson tushunadigan talabalarga qo’l keladi. Modellashtiruvchi o’yinda talabalar o’zlari belgilangan rollarni bajaradilar. O’z xatti harakatlari orqali zarur malaka va ko’nikmalarni egallashadi.
Referat – baholash nuqtai nazaridan neytral pozitsiyada turgan holda mavzu bo’yicha og’zaki axborot bo’lib, ular aniq obektiv, kitob yoki risolaning mazmunini qisqacha bayon qilish yoki biron mavzu, asar boyicha qisqacha doklad tarzida tayyorlanishi mumkin.
Doklad yoik qisqacha doklad mavzu yoki muammoni tartibga solingan holda tanishtirish yoki baholash tarzida bayon qilinadi.
Masala yoki mashq yechish. O’tilganlarni nazariy jihatdan yodga tushirib, berilgan topshiriqni bajarish. Nazari bilimni mustahkamlash va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishgaqaratiladi.
Tadqiqot metodi. Bu metodda biron muammo yoki gepoteza qo’yilib, guruh birgalikda tadqiqot o’tkazadi, mantiqiy xulosa chiqaradi uni ilgari surilgan gipotiza bilan taqqoslaydi.
<< Aqliy shturm>> metod muayyan muammo yechish uchun talabalar o’rtasiga qo’yiladi. Unda har bir guruh yoki alohida talabalar tomonidan fikr vba mulohazalar bildiriladi. Ular solishtiriladi va xulosa chiqariladi.
Konkurs(tanlov) lar o’tkazish. Ma’lum bir mavzu yoki muammo bo;yicha talabalar olgan bilimlarini aniqlash va baholash uchun qo’llaniladi.
Dars o’tishda boshqa qator metodlar ham mavjud bo’lib,ularni o’qituvchi mavzuning mazmuni, guruhning tayyorgarligiga qarab, qo’llashi mumkin.
Dars berish jarayonida turli metodlarni qo’llashni hozirgi paytda keng targ’ib qilinayotganiga qaramay kutilgan natijaga erishilgani yo’q. buning qator sabablari quyidagicha:

  • Dars jarayonini turli metodlar asosida tashkil etish, metodlarni qanday qo’llash bo’yicha metodik qo’llanmalarning yo’qligi;

  • Interaktiv metodlarni qo’llash bo’yicha o’tkazilayotgan darslarga tayyorgarlikning ko’p vaqt va mablag’ talab qilishi;

  • Interaktiv metodlarni keng qo’llash uchun barcha oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida moddiy bazaning yetarli emasligi;

  • Interaktiv metodlarni keng qo;llab, dars o’tish o’qituvchidan chuqur bilim va mahorat talab qilishi;

  • Barcha o’qituvchilarni bunga birday jalb qilishning qiyinligi va hikazolar.

Bundan tashqari, o’quv jarayonini tashkil etishdagi qiyinchiliklar va kamchiliklar ham turli metodlarni qo’llab, dars o’tishga to’sqinlik qiladi.
O’quv jarayonini tashkil etishdagi qiyinchiliklar:

  1. Butun o’quv jarayonini tashkil qilishga tegishli;

  2. O’quv materialining ma’lum bir qismiga tegishli bo’lishi mumkin.

Kamchiliklar esa:

  1. Umumiy harakterga ega bo;lgan;

  2. O’quv jarayonidagi individual to’siqlar;

  3. Guruh tufaylikelib chiqqan qiyinchilik;

  4. Dars jarayonini tashkil qilishdagi qiyinchiliklar tufayli kelib chiqqan to’siqlar.

Darsni tashkil qilish bilan bog’liq qiyinchiliklar shovqin, dars paytidagi tanaffus, darsni boshqalar tomonidan buzilishi tufayli kelib chiqishi mumkin.
Dars jarayonida qo’llanilishi kerak bo’lgan texnik vositilar, darslik, zarur ham dars o’tishda qiyinchilik tug’diradi.
O’qituvchining o’z fanini puxta bilmasligi, fanga doir yangiliklardan xabardor emasligi, o’zini biror-bir aybi bor yoki biror narsa yetishmayotganday tutishi
Talaabalarning darsda o’zini tuta bilmasligi, o’zaro raqobatlashuvi, ham dars o’tkazishga to’siq bo’lishi mumkin.
Didaktik harakterdagi kamchiliklar:

  • O’qituvchining hukmronli rolini o’ynashi;

  • O’qituvchining o’zini tuta bilmassligi;

  • O’qituvchida sabr-toqatning yetishmasligi;

  • Xushmuomilalik, xushfellikning yetishmasligi;

  • Yordam berishga tayyor turishdagi kamchiligi;

  • Xayrixoh emasligi talabalarni ko’r-ko’rona so’zsiz bo’ysunishga majbur qilishi kabilardan iborat.

Dars o’tishda yuz beradigan turli kamchiliklar natijasidatalabalarning o’qishdan ko’ngli soviydi. Bu individual, ruhiy va intelektual qobiliyati darajasiga nisbatan o’zlashtirish darajasi tushib ketishida ifodalanadi.
O’quv jarayonida tosqinliklar yuz berganmi yo’qligini quyidagi mezonlar bo’yicha aniqlash mumkin:
O’zlashtirish ko’rsatkichining pasayishi;
Darsda qatnashish darajasining pasayishi;
Materialni o’zlashtirish uchun ajratilgan vaqtda ulgurmaslik.
Demak, dars jarayonini tashkil qilishda o’qituvchi iloji boricha ana shu kamchiliklar yuz bermasligining oldini olishga harakat qilishi kerak.
Darsda pedagog interaktiv metodlarni qo’llashi uchun shaxsiy tajriba talab qilinadi. Inteaktiv metod va ularni qo’llash haqida ko’plab o’quv uslubiy adabiyotlarni o’qish mumkin. Lekin ularni qo’llash malakasiga esa bevosita ana shu jarayonda o’zi qatnashibgina ega bo’lishi, ko’nikma hosil qilishi mumkin.
Dars o’tishmetodlarini tanlash mezonlari
O’qituvchi dars rejalashtirar ekan, albatta uni qanday metod asosida o’tkazish haqida bosh qotiradi. Yuzaki qaraganda, har bir mavzuni xohlagan metodni qo’llab o’tkazaversa bo’ladi, lekin amalda buning iloji yo’q. bunga qator ob’ektiv va sub’ektiv sabablar, mavjud sharoit salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Psixalogiya, pedagogiki bo’yicha o’quv va ilmiy adabiyotlardan dars o’tish metodinitanlashga ta’sir qiluvchi juda ko’p omillar ko’rsatiladi.
Kitobi mualliflarning fikricha talim metodini tanlash yoki aniqlashning oltita umumiy shart-sharoitlarini ajratib ko’rsatish mumkin.
Bular:

  1. O’qitishning qonuniyatlari va tamoyillari;

  2. Fanning mazmuni va o’rganish metodi, jumladan, uning predmeti va mavzulari;

  3. O’qitishning maqsadi va vazifalari;

  4. Talabalarning o’quv imkoniyatlari (Yoshi, tayyorgarlik darajalari,guruhining hususiyatlari);

  5. Tashqi sharoitlar (geografik, ishlab chiqarish, atrof-muhit)

  6. O’quvchilarning imkoniyatlari.

Turli-tuman omillarning dars o’tish metodini tanlashdagi o’rinlarini ierarxik tarzda joylashtiradigan bo’lsak, ko’pchilik psixologlar va pedagog olimlarning fikricha, birinchi o’rinda ta’limning maqsadi turadi. Aynan dars o’tish maqsadida biz nimaga erishishimiz lozimligi ifodalanadi, erishishimiz zarur bo’lgan natija belgilanadi. Ikkinchi o’rinda ta’limning motivatsiya darajasi turadi.
Motivatsiya – bu biologic jihatdan insonning irsiy va to’plangan tajribasi asosida individual va guruhiy ravishda ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan, undaydigan tuyg’u. Insonni o’qishga o’rganishga ham ana shu tuyg’u undaydi.O’qituvchi dars o’tish metodini tanlar ekan, albatta, o’quvchi, talabalardagi motivajtsiya darajasiga e’tibor berish kerak.
Dars o’tish metodini tanlagan ta’lim qonuniyatlari va realizatsiya qilishni nazardan qochirmaslik kerak(qonuniyat ob’ektiv amal qiluvchi hodisalarning muhim aloqadorligi, bog’lanishlari va ularning qonunlari, qonuniy asosda tabiiy ravishda o’z-o’zidan kelib chiquvchi muqarrar ish, hodisa va boshqa shu kabilar).
Har bir fanni o’rganishda dars o’tish metodlari ta’lim qonuniyatlaridan didaktik prinsiplardan kelib chiqqan holda tanlanadi.
XV-XVI asrlarda mashhur olimlar bilishning asosiy qonuniyatlariga faqatt o’qitishning emas, balki axloqiy tarbiyalashning ham yetakchi asosi sifatida qaraganlar.
Ijtimoiy – pedagigik qonuniyatlar quyidagilarda ifodalanadi:

  • Ta’lim jarayoni jamiyat taraqqiyotini aks ettiradi;

  • Ta’lim va tarbiya jarayoni hamda o’quvchi- talabalar tafakkurini rivojlanishi bir-biri bilan uzviy bog’langan;

  • O’qitish va o’rganish jarayonlari yaxlit ta’lim jarayoni, muayyan ta’lim mazmuni bilan bir-birini taqazo etadi va ikki tomonlama qonuniy aloqani tashkil etadi;

  • O’quvchi, talabani biron-bir faoliyatga o’rgatish uni shu faoliyatga maqsadga muvofiq jalb etish orqali amalga oshiriladi;

  • O’qitish maqsad va o’quv yurti ta’lim mazmuni, o’qitish metodlari va shakllari o’rtasidagi qonuniy bog’liqlik;

  • O’quv jarayoni o’quvchi , talaba maqsadining o’qituvchi maqsadiga muvofiq bo’lishi tufayli amalga oshadi. Bunda o’qituvchi faoliyati ozlashtirishi lozim bo’lgan mazmuniga mos bo’lishi shart;

  • Ta’lim mazmunini o’zlashtirish sur’ati va puxtaligi, o’qituvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan o’quv faoliyatiga, o’quvchi, talabalarni bilishga bo’lgan qiziqishini ta’minlash;

  • Ularning har tomonlama rivojlanishini’ kamol topishi uchun o’zlashtirishi mumkin bo’lgan o’quv jarayoniga qay darajada jalb qilinishi;

  • O’zlashtirilgan o’quv materiali mazmunining puxtaligini ta’minlashda mavzuni to’liq yoki qisman takrorlash.

O’quv jarayonida talabalar bilim qununiyatlaridan qanday foydalanishlari didaktik prinsiplarga amal qilish bilan bog’liqdir.
Albatta dars o’tish metodlarini tanlayotganimizda fanni o’rganishga qo’yilgan talablar va fannining mazmuniga alohida ahamiyat berish lozim. Bir fanni o’zlashtirishda yaxshi natija bergan metod boshqa fanga talabalarni chuqur o’zlashtirishlari uchun byaxshi yordam bermasligi mumkin. Shuning uchun ham dars o’tish metodlarini tanlaganda, albatta, fanning hususiyatlariga alohida diqqat qaratish lozim.
Fanni o’rganishda oquv materialining murakkabligi va miqdori ham muhim rol o’ynaydi. Demak dars o’tish metodini tanlashda fanning bu jihatlarini ham hisobga olish lozim. Masalan, oliy o’quv yurtlarida iqtisodiyot nazariyasi, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida iqtisodiyot asoslari fanini o’rganishda abstract tafakkur nihoyatda katta rol o’ynaydi. Buxgalteriya hisobi, tahlil, soliq va boshqa shu kabi fanlarda amaliy metodlar fanni o’rganishga katta yordam beradi. Demak, metodlarni muvofiq ravishda tanlash lozim.
Dars o’tishda qanday metodni tanlash o’rganilayotgan fanga, uning xususiyatlariga, o’rganiladigan mavzularga bog’liq. Masalan, statiatika fanida iqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash asosiy rol o’ynasa, buxgalteriya hisobi fanida esa hujjatlashtirishga asosiy diqqat qaratiladi. Bir mavzuning mazmuni munozarada chuqur o’zlashtirilsa, ikkinchisiniki masala-mashq yechishda ko’proq tushunarli bo’ladi.
Dars jarayoni qanday metod asosida tashkil etishda o’quvchi talabalarning o’rtacha bilim darajasi ham muhim rol o’ynaydi.
Guruhda talabalarning bilim darajasi yuqori bo’lsa, muvofiq ravishda ijodiy izlanishga undaydigan metodlarni qo’llash zarur. Bu ularni yanada ko’proq o’qishga, izlanishga olib keladi. Bilim darajasi past bo’lsa, ularga fanning mazmunini ozlashtirishga yordam beruvchi metodlarnu tanlagan ma’qul.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin