O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Tabiatshunoslik fakulteti



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə4/19
tarix22.12.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#77191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy Davlat Pe

Kasb-hunar kolleji o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni tanlagan kasblari bo’yicha bir yoki bir necha iztisos olishni ta’minlaydigan o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurti. Unda o’quvchilarga o’zlari tanlagan kasb-hunar yo’nalishlari bo’yicha maxsus bilim beriladi va kasb-hunar o’rgatiladi. Ular zamonaviy jihozlanganlagi, o’qituvchi pedagoglar saviyasi, o’qish jarayonini tashkil etilishi va talabalarga kamida 23 ta zamonaviy kasb-hunar bera olishi bilan oldingi kasb-hunar maktablaridan tubdan farq qiladi.
Hozirgi davrda fantexnika taraqqiyotining o’ta rivojlanishi axborot oqimini keskin ko’payishiga olib keldi.
Lekin axborotni qabul qilish, o;zlashtirish, tahlil qilish, baholash, ular asosida xulosa chiqarish uchun vaqt nihoyatda cheklangan. Axborot olinadigan manbalar turli tuman va xilmaxil. Taraqqiyot tufayli ular yanada takomillashib, yangiyangi turlari vujudga kelmoqda.
Inson tug’ulganidan boshlab, to umrini oxirigacha axborot qabul qiladi va olingan axborotga o’z munosabatini bildiradi. Inson tomondan qabul qilinadigan axborotlar tayyor yoki yangi shakllantiriladigan bilimlardan iborat bo’ladi.
Birinchi holatda tayyor bilimlar o’zlashtiriladi. Ikkinchi holatda yangi bilimlarga ega bo’lish uchun intilish tufayli ularni takomillashtirish va boyitib borish jarayoni amalga oshiriladi. Hayot uchun kurash, insonning o’z- o’zini saqlash, himoya qilish instinkti yangi bilimlar uchun intilishni hayotiy zaruriyatga aylantiradi. Yoshlarning mavjud bilimlarni o’zlashtirish, yangi bilimlar uchun intilish, asosan, ta’lim jarayonida shakllantiriladi.
Ta’lim jarayoni ta’lim beruvchi bilin ta’lim oluvchi o’rtasidagi qo’yilgan maqsad asosida belgilangan bilim, ko’nikma tarbiyaning tarkib topishga yo’naltirilgan o’zaro mulaqot (ta’sir ko’rsatish) jarayonidir.
Ta’lim maqsadli ta’lim natijasi sifatida o’quvchi erishishi lozim bo’lgan, ko’nikma, malaka, odob bo’lib, aynan shular uning shaxsiy fazilatlarini shakllantiradi.
Axborotni o’zlashtirish vaqtida jarayonida quyidagi bilim bosqichlari ishtirok etadi.

  • Sezgi (ko’rish , eshitish, hid bilish, tam bilish, his qilish ular insonning ko’zi, qulog’I, burni, tili, terisi orqali yuz berib, bilishning boshlang’ich vositachilari hisoblanadi.) sezish hali ma’lumotlarning o’zlashtirish degan so’z emas, bunda sezgilar orqali ma’lumotlar bir necha xususiyatlariga ko’ra yaxlit holatga olib kelinadi. Bu - ma’lumotlarni idrok qilish deyiladi.

  • Idrok (ma’lumotlarni ranglar, belgilar, harakat, ko’rish, eshitish, sezish, his qilish orqali yaxlit tasavvurga olib kelish).

  • Xotira . U mexanik, obrazli, qisqa va uzoq muddatli ixtiyoriy, ixtiyorsiz, tezkor bo’lishi mumkin.

  • Tafakkur. Insonni inson sifatida barcha mavjudodlardan alohida ajralib turishi, uni tabiatning gultoji sifatida etirof qilinishi ham tafakkur bilan bog’liq. U tahlil qilish, sintez qilish, taqqoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirish, klassifikatsiyalash ( turkumlarga ajratish) qaror qabul qilish kabilarni o’z ichiga oladi.

  • Xayol, ijodkorlik. Yangi timsollar, yangiliklar yaratish, ixtirolar qilish kabilardan iborat.

Odamlar ta’lim olish, yangi bilimlarni o’rganish jarayonida bilishning turli vositalar, shakllari, bosqichlariga murojaat qilishlari tabiiy. Bu jarayon insonning yosh xususiyatlariga ko’ra o’zgarib takomillashib boradi. Ma’lumki, akademik litsey va kasb- hunar kollejlarida o’qiyotgan o’quvchilarning Yoshi 15-18 yosh atrofida. Ular ko’proq o’zlaridan katta yoshdagilarning, xususan o’qituvchining maslahatiga, yordamiga muhtoj.
Oliy maktab talabalari esa balag’atga yetgan, yetuk, mustaqil hayotga qadam tashlagan yoshlar. Ularning dunyoqarashi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari dunyo qarashidan ancha farq qiladi. Ular ko’proq mustaqil faoliyat yuritishga intilishadi.
Shunining uchun ham akademik litsey, kasb- hunar kollejlarida ham, oliy maktabda ham dars jarayonini tashkil qilishda o’quvchi, talabalarning yoshini hisobga olish zarur.
Yoshlarga xos qator xislatlar dars jarayonini tashkil etish, dars o’tish metodlarini tanlashda muhim rol o’ynaydi. Chunki dars ular uchun zerikarli mashg’ulotga aylanmasligi kerak.
Asosiysi, dars jarayonida qo’llaniladigan uslublar o’quvchi talabarning tahminiy fikr yuritishga o’z fikrini mustaqil bayon qilishga o’rgatishi lozim.
Akademik litsey va kollejlarda iqtisodiy fanlarda dars o’tishning o’rta maktab va oliy maktabdagidan muhim farqi dars jarayonining tashkil etishdir.
Akademik litsey va kollejlarda dars 80 minut bo’lib, mavzuning o’quv kalendar rejasida ajratilgan soatiga ko’ra << nazariy va amaliy mashg’ulot >> ga bo’linadi. Muvafiq ravishda darsni tashkil etish shakli ham farq qiladi.
Akademik litsey va kollejlarda o’tiladigan fanlar 3 guruhga bo’linadi.

  1. Umumta’lim fanlari.

  1. Chuqurlashtirilib va qo’shimcha guruhlashtirilib o’tilayotgan fanlar

  1. Umum kaspiy ta’lim fanlari;

  2. Maxsus fanlar.

Iqtisodiy fanlar mazkur akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida qaysi blokka kiritilishiga ko’ra dars soatlari belgilanadi.
O’qituvchi dars o’tishda qo’llaniladigan metodlarni tanlashda fanni qaysi blokka kiritilganligini hisobga olishi kerak.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin