O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Ta’limda ragbatlantirish va tanbeh berish



Yüklə 194,13 Kb.
səhifə12/29
tarix21.05.2023
ölçüsü194,13 Kb.
#119113
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Navoiy davlat pedagogika instituti

Ta’limda ragbatlantirish va tanbeh berish.O’quv jarayonini rag’batlantirish, o’qituvchi faoliyatining omili hisoblanadi.
Rag’batlantirish kishining ichki mayliga ta’sir qilganda real maqsad sari undaydigan kuchga aylanadi. O’qishga qiziqishni rag’batlantirish turlaridan biri o’qishda ma’lum qiyinchilik sezayotgan o’quvchilarga muvaffaqiyatli sharoit yaratishdir.
Rag’batlantirish va tanbeh berish usullari o’ziga xos xususiyatlarga ega. Rag’batlantirish: baho bilan, imo - ishora bilan, mukofot bilan amalga oshadi.
O’qishga doir tanbehlar dars paytida, og’zaki tanbeh berish, bahosini pasaytirib qo’yish, ish daftariga yozish, xatolarni ko’rsatish kabi usullar bilan amalga oshadi.
Maktabda o’quvchiga tan jazosi berish, o’zlashtirmagani uchun haqorat qilish, shaxsiga tegish, yomon iboralar bilan so’kish aslo mumkin emas.
Ta’limda nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari.

  1. Ogzaki nzorat va o’z-o’zini nazorat qilish.

  2. Yozma nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish .

  3. Laborotoriya - amaliy nazorat va o’z-o’zini nazorat.

  4. Test nazorati (kartochkalar tarqatiladi).

O’qitish tizimida nazoratning zarurligi shundan iboratki, butun o’quv yurtlari tizimiga samarali ishlayotganligi haqida axborot olishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyoj hisobga olinadi.
Nazorat maktabdagi o’qitish jarayoniga xos bo’lgan: ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantirishdek asosiy vazifalarni bajaradi. Nazoratni quyidagi turlarga bo’lamiz.
Og’zaki nazorat - yakka va guruhiy so’rash yo’li bilan amalga oshiriladi. Alohida so’rashda o’qituvchi ma’lum vaqt davrida o’quvchilar tushuncha, qonun nazariya holda dalillarni qay darajada egallaganliklarini aniqlaydi. O’quvchilar bilimi ona tili, matematika, fizika, kimyo fanlarida yozma tarzda ham baholanadi.
Yozma ishlar turli davomiylikka ega. Ayrim vaqtda qisqa, ayrimda esa to’la dars davomida yozma ishlar o’tkaziladi. Yozma nazoratda baholar ob’ektiv bo’lishi va o’quvchilarning tipik xatolari aniqlanib kelgusida ularning bartaraf etilishi belgilab olinadi. O’z - o’zini nazorat qilish o’quvchilarning o’quv faoliyatini muhim elementidir. Nazorat kelgusidagi ishlarga reja tuzish nimalarga e’tibor berish kerakligini aniqlab beradi.
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz ta’limni tashkil etish shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos holda paydo bo’lgan va rivojlangan. Dastlabki davrlarda ta’lim berish ishlarini odamlarning mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan uzviy bog’langan hamda bilim berish, o’rgatish ishlari yakka tartibda olib borilgan.
Davr o’tishi bilan ko’pchilikka bilim berish ehtiyoji paydo bo’ladi, ta’lim tizimi mazmuni, bilimlarni murakkablashuvi bolalarni guruh - guruh qilib, to’plab o’qitishni taqazo qilgan hamda ta’lim bilan shug’ullangan mutaxassislar - o’qituvchi tayyorlash zaruriyati kelib chiqadi.
Shu davrda dars va sinf - dars tizimi paydo bo’la boshlaydi. Xalq orasida hayotiy tajribaga, bilim va tarbiyaga ega bo’lgan kishilar murabbiy, o’qituvchi bo’lib faoliyat ko’rsatadi.
Xalqimiz tarixiga nazar tashlar ekanmiz, maktab va madrasalarda yoshlarga bilim berish bilan shug’ullanganligi "Avesto" va boshqa tarixiy manbalardan ma’lum. Ammo qadim davrlardan ta’limni qat’iy chegaralangan vaqtda bir xil yoshdagi bolalar bilan olib borish, ta’lim mazmunini bosqichma - bosqich berish masalalariga aniqlik kiritilmagan edi.
Forobiyning "Fan va aql zakovat" asarida o’quv fanlarini guruhlarga bo’lib o’qitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini ochish masalalariga e’tibor berilgan.
Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning xizmatlari katta, uni sinf - dars tizimining asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan.
A.Ya.Komenskiy "Buyuk didaktika" asarida o’quv mashg’ulotlarini guruh shaklida tashkil etish, o’quv yili va o’quv kunini bir vaqtda boshlash, mashg’ulotlar orasida tanaffuslar berilishi, guruhdagi bolalarning yoshi va soni bir xil bo’lishiga alohida e’tibor berdi. Dars davomida o’quvchilar diqqatini to’plash, materialni batafsil tushuntirish, o’quvchiga savollar berish, o’zlashtirish jarayonini nazorat qilish zarurligini ta’kidlaydi.
Ta’limning maqsadi - mustaqil jamiyatimizning ravnaqiga nazariy va amaliy hissa qo’sha oladigan "barkamol avlod"ni tarbiyalash.
Ta’limning vazifasi - yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirish.
Darsning maqsadi - o’qituvchining rejalashtirgan aniq bir mavzusini o’quvchilarga bildirishi va o’quvchilar o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirib ko’rish hamda yangi mavzuga zamin yaratish.
Darsning mazmuni - uni o’qituvchi tomonidan rejalashtirilgan tugal ma’noga ega matn tashkil etadi. Uni o’quvchilar ongiga singdirish jarayonida manba, xulosa va hikoyalardan foydalanadi.
Sinf - deganda, yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lgan o’quvchilar guruhi tushuniladi.
Dars - aniq maqsadni ko’zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o’quvchi, yoshlar bilan o’qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg’ulotlardir. Dars - o’z oldiga qo’yilgan aniq maqsad va tugal mazmundan iborat.
Darsning maqsadi, mazmuni, hajmi ta’lim standartlari asosida belgilanadi. Dars o’quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli ekan, bu jarayonda quyidagilarga amal qilinishi lozim:
- Har bir sinfda o’quvchilarni yoshi va bilim darajasi bir xil bo’lishi lozim.
- Dars qat’iy jadval bo’yicha belgilangan muddatda olib borilishi kerak.
- Dars o’qituvchi rahbarligida butun sinf bilan va alohida o’quvchilar bilan ishlash shaklida olib boriladi.
- Dars, o’quv fanining xarakteri, o’qitilayotgan materialning mazmuniga qarab turli usullar va vositalarda olib boriladi hamda ta’lim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim beradi, navbatdagi bilimlarni o’zlashtirmoq uchun zamin yaratib, ta’lim ishlari darsdan tashqari to’garak, ekskursiyalar shaklida ham olib boriladi.
Dars talablarI,ularning mohiyati.Har bir dars oldiga quyidagi talablar qo’yiladi: a) tarbiyaviy talab, b) didaktik talab, v) tashkiliy talab.
Darsga qo’yilgan didaktik talablar sirasiga quyidagilar kiradi:
1.Har bir dars aniq maqsadni ko’zlagan holda puxta rejalashtirilmog’i lozim. Bu jarayonda o’qituvchi darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi. Dars bosqichlarini, ya’ni qanday tamomlash, ko’rgazmali materiallardan foydalanish kabilarni oldindan hal qilib oladi.
2.Har bir dars aniq g’oyaviy mafkurafiy izlanishga ega bo’lishi lozim. O’qituvchi esa ulardan tarbiyaviy maqsadda foydalanmog’i lozim.
3.Har bir dars maktabning, ijtimoiy muhitning imkoniyatini hisobga olgan holda amaliyot bilan bog’lanmog’i, ko’rsatmali vositalar bilan jihozlanmog’i lozim.
4.Har bir dars xarakteriga mos usul, uslub va vositalardan samarali foydalangan holda tashkil etilishi lozim.
5.Dars uchun ajratilgan soat va daqiqalarni tejash va unumli foydalanish darkor.
6.Dars jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faol munosabatda bo’lishi lozim, o’quvchi-talaba passiv tinglovchiga aylanmasligi lozim.
7.Mashg’ulotlar butun sinf bilan va har bir o’quvchi bilan, ularning shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda olib borilishi kerak.
8.O’qitilayotgan mavzuni mazmuniga bog’liq holda mustaqil yurtimizdagi o’zgarishlardan talabalarni xabardor qilish.
9.Darsda prezidentimiz I.A.Karimovning ta’lim sohasidagi fikrlari, yurtimiz kelajagi bo’lgan yoshlarimizga, farzandlarimizga qarata qilgan murojaatlaridan o’z o’rnida foydalanish.
Dars bilim va ko’nikma, malakalar bilan o’quvchilarni qurollantirishda asosiy rol o’ynaydi. Shu sababli o’quv mashg’ulotlariga ajratilgan vaqtning asosiy qismi dars o’tish uchun sarflanadi.
Darsga quyilan tarbiyaviy talablar:

  • Darsda o’rganiladigan o’quv materiallari bo’yicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish;

  • Nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;

  • Bolalarda o’qishga oid ijobiy motivlarni uyg’otish, bilish, o’qish-o’rganishga havas, ishtiyoq, qiziqishni shakllantirish;

  • Dars jarayonida pedagogik takt qoidalariga rioya qilish.

Darsga qo’yilgan tashkiliy talablar:

  1. Dars uchun puxta o’ylangan konspekt yoki reja tuzish;

  2. Darsning logikasiga (dars etaplarining o’zaro bog’liqligi, darsda amalga oshiriladigan ishlar; o’quv topshiriqlarining o’zaro aloqadorligiga) rioya qilish;

  3. Dars tempini o’quvchilarning tayyorgarligiga moslashtirish;

  4. Dars uchun ajratilgan vaqtdan ratsional foydalanish;

  5. Darsda ongli intizomni tashkil etish.


Yüklə 194,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin