O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/231
tarix20.09.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#145771
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   231
ijtimoiy pedagogika

Ijtimoiylashuv mexanizmlari

Insonning ijtimoiylashuvi turli omillar, agentlar bilan hamkorlikda va bir qator 
mexanizmlar asosida amalga oshadi. Fransuz olimi Gabriel Tard Amerikalik Uri 
Bronfenbrener, rus olimlari V.S.Muxina va A.V.Petrovskiylarning tadqiqotlari 
ijtimoiylashuv mexanizmlariga turli yondoshuvlarni keltirib chiqaradi. Mavjud 
ma’lumotlarning umumlashtirilishi quyidagi mexanizmlarni alohida ajratib ko’rsatish 
imkonini beradi: 
1.
I.P.Podlaso’vga tasnifi bo’yicha: 
Bostirish mexanizmi,
 
uning mazmuni muayyan g’oya, fikr, xohish, istaklarni 
ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bu mexanizmning tashqi va ichki turlari mavjud. 
Ichki mexanizm ham o’z o’rnida ixtiyoriy va g’ayri ixtiyoriyga bo’linadi. /ayri ixtiyoriy 
mexanizm-unutishdir. Ixtiyoriy bostirish mexanizmi esa iroda kuchi bilan amalga 
oshiriladi. Tashqi bostirish mexanizmi tarbiyaning keng tarqalgan usulidir; 
ajratish mexanizmi,
 
bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson o’zi 
uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog’liq. Ajratish mexanizmi odatda 
nizolarni hal qilishda kuzatiladi.
o’z-o’zini cheklash mexanizmi,
 
bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim 
o’rin tutadi. Agar tarbiyalanuvchiga uning yutuqlari do’stlarinikidan ko’ra 
ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o’z-o’ziga hurmati pasayadi, yomon o’qiy boshlaydi. Bu 
o’z menini cheklab qo’yish, qiyinchiliklar oldida ojiz qolishdir. Ba’zi hollarda o’z-o’zini 
cheklash mexanizmini qo’llashni oqlasa bo’ladi. CHunki bu holatda moslashuv sodir 
bo’lishi mumkin. Biroq uzoq muddatli o’z-o’zini cheklash, o’z-o’ziga baho berishning 
pasayishiga olib keladi. Buning natijasida o’z salohiyatini bilmay turib tarbiyalanuvchi 
ilk muvaffaqiyatsizlikdan so’ng boshlagan ishini tashlab qo’yadi, oqimda suza boshlaydi; 
o’z kamchiliklarini boshqalarga tegishli deb hisoblash 
 loyihalash mexanizmining
mohiyatini tashkil qiladi. O’ziga, boshqalarga qarshi qaratilga qaratilgan salbiy 
hissiyotlar bilan inson o’ziga bo’lgan hurmatni saqlab qoladi. SHubhali inson hammadan 
gumonsiraydi, xudbin hammani xudbin hisoblaydi; 
ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmlaridan biri bu-
identifikatsiyadir.
Identifikatsiya jarayonida tarbiyalanuvchi hayolan o’zini o’rtoqlari bilan qiyoslaydi. 
Identifikatsiya ob’ekti nafaqat real insonlar, balki tasavvurlardagi insonlar ham bo’lishi 
mumkin. Identifikatsiyaning to’liq, qisman, ongli, ongsiz turlari mavjud.
identifikatsiya mexanizimi 
introyeksiya
mexanizimi bilan juda bog’liq. Bunda 
boshqalarning xislatlari o’zgarmagan holda o’zlashtirib olinadi. Garchi bu mexanizm 
xayolan amalga oshirilsa ham uning natijalarini anglab olish qiyin emas;


183 
empatiya
mexanizmi, ya’ni boshqa odamning hissiy holatiga hamdard bo’lish. 
SHaxsning muammo, qiyinchiliklarini yengishga yordam berish hisiyotga boy 
shaxslarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega; 
qiyin holatlarda 
intellektuallashuv
mexanizmi ishga tushadi. Katta yoshdagi 
tarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish yo’lini o’zi uchun 
emas, go’yoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu mexanizm 
tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga (kasallik, boshqa maktabga o’tish, 
institutga kirish) duchor bo’lganda namoyon bo’ladi.
ratsianallashuv
mexanizmida tarbiyalanuvchi o’z xatti-harakatlarining mantiqiy 
xulosasini chiqaradi. YOsh ratsianalizatorlar odatda maqsadning diskreditatsiyasini 
qo’llashadi.
fikr, xissiyot, harakatlarni susaytirish uchun 
harakatlarni bekor qilish
mexanizmi 
qo’llaniladi. Tarbiyalanuvchi kechirim so’raganida, uning harakatlari kechirilishi va sof 
vijdon bilan harakat qila boshlashiga ishonadi. Ko’p shaxslar shu tarzda komillikka 
erishishadi. 
2.
I.V.Mudrikning fikricha psixologik va ijtimoiy psixologik mexanizmlarga 
quyidagilarni kiritsa bo’ladi: 
imprinting
 
(xotirada saqlab qolish)-insonga ta’sir qiladigan hayotiy muhim 
ob’ektlarni eslab qolishi. Bu mexanizm odatda go’daklik davrida ko’p qo’llaniladi. Biroq 
keyingi yosh davrlarida ham imprintingni kuzatishimiz mumkin.
eksiztensial
bosim mexanizmi-tilni o’zlashtirish va munosabatga kirishganda kerak 
bo’ladigan ijtimoiy xulq-atvor normalariga anglamagan holda ega bo’lish.
taqlid
-biror bir namunaga o’xshashga harakat qilish. Bu holat insonning ijtimoiy 
tajriba to’plashining ixtiyoriy va asosan ixtiyorsiz yo’llaridan biridir.
refleksiya mexanizmi
-ichki suhbat. Unda inson jamiyatning turli institutlari, oila, 
tengdoshlar jamoasi, obro’ e’tiborli shaxslarga xos xususiyatlarga baho beradi, ularni 
ko’rib chiqadi yoki inkor etadi. Refleksiya insonning turli “men” obrazlari orasidagi real 
va hayoliy shaxslarning ichki suhbatidir. Bu mexanizm yordamida insonning shakllanishi 
ro’y beradi.
Bundan tashqari ijtimoiylashuvning
1) ijtimoiy pedagogik mexanizmlariga quyidagilarni ham kiritsa bo’ladi: 
ijtimoiylashuvning 
an’anaviy mexanizmi
inson tomonidan oila, atrof-muhit, 
qo’shnilar, o’rtoqlariga xos norma, qarash steriotiplarini o’zlashtirishni ko’zda tutadi. 
Bu o’zlashtirish ongsiz holatda amalga oshib taasurotlar yordamida sodir bo’ladi. 
2)institutsional mexanizm
insonning jamiyat institutlari va turli tashkilotlari bilan 
o’zaro munosabati jarayonida kuzatiladi. Bu jarayonda inson turli bilim va tajribalarni 
to’plashi mumkin. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin