2.Psixik chekinish birinchi navbatda bolaning aqliy rivojlanganlik darajasi hamda
ularning psixik kamchiliklari bilan bog`liq. Bu guruh insonlarga :
▪
Psixik rivojlanishida turli xil to`siqlar mavjud insonlar.
▪
Aqliy zaiflar.
▪
Oliygofrenik
Normadan ruhiy og’ishlar avvalambor bolaning aqliy rivojlanishi, uning ruhiy
nuqsonlariga bog’liqdir. bu turdagi og’ishlarga avvalambor ruhiy rivojlanishning to’xtab
qolishi, bolalarning aqliy jihatdan ortda qolishi kiradi. Aqliy qoloqlik asab tizimining
tug’ma nuqsonlari yoki jarohat asosida paydo bo’ladi. Bolalarda aqliy qoloqlik turli
darajada-engil aqliy zaiflikdan, chuqur-tentaklikkacha namoyon bo’ladi.
Ruhiy og’ishlarga turli darajadagi nutq buzilishlari ham kiradi. Ruhiy og’ishlarning
yana bir turi emotsion faoliyatining buzilishidir. Bu og’ish turining eng og’ir shakllari
deb
autizm -muloqotga ehtiyoj sezmaslik va
suitsid (o’z-o’zini o’ldirish)larni keltirsak
bo’ladi.
Bolalarning iqtidorliligi alohida og’ish turi hisoblanadi. Bu biror-bir faoliyatni
muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlab beruvchi qobiliyatlarning o’ziga xos uyg’unligidir.
Iqtidorlilik darajasi nafaqat qobiliyatlarga qarab balki, faoliyat mahsullari xarakteriga
qarab ham belgilanadi.
3.
Pedagogik chekinish -bu pedagogika va ijtimoiy pedagogika fanida ham
qo`llanib kelingan tushunchadir. Pedagogik chekinish deganimizda ob'ektiv va sub'ektiv
sabablarga ko`ra ta'lim-tarbiya ola olmagan o`quvchilar tushuniladi. Bunga DTS talablari
darajasida bilim ola olmagan yoki o`z istiqboli, kelajagi uchun harakat qilmagan
o`quvchilar, ularning intividual rivojlanish me'yorlari kiradi. Pedagogik chekinishda
birinchi navbatda o`quvchilarning umumiy o`rta ta'limga ega bo`la olmasligi kiradi.
Bunday bolalar kategoriyasiga ma'lum sabablarga ko`ra o`qishga bormagan, faqat
boshlanqich ta'lim olish bilan cheklangan bolalar kiradi. Bunday holatlarning ko`plab
(ob'ektiv va sub'ektiv) sabablar mavjud. Masalan, o`quvchilar yoki talabalarning darsdan
qochishi, materialni o`zlashtira olmaslik, o`qishdan bezishi, dangasalik, oiladagi
nosoqlom muqit, bolalarning pul topish ilinjiga tushib ketishi, ekologik yoki ijtimoiy
kataklizmalar natijasida bolalarning ota-onalaridan ayrilishi va q.k. Bunday sabablarni
ko`plab, minglab keltirish mumkin. Ko`pchilik holatda pedagogik chekinishga
bolalarning qanday sharoitda yashashaiga bog`liq: o`qish bilan qiziqadigan oiladami yoki
aksincha o`qishni ikkinchi darajali deb qisoblaydigan oiladami va q.k.
Pedagogik faoliyatda pedagogik maqsadlarni amalga oshirish, shaxs rivojlanishi
uchun sharoitlar yaratib berish uchun ta’lim olayotganlar faoliyatini tartibga