189
SHuning uchun bunaqa odamlar avvalambor bolalarning ko’payishini rejali ijtimoiy hal
qilishni talab qiluvchi doimiy omil sifatida qarash lozim.
Me'yor tushunchasi tibbiyot, psixologiya, pedagogika
va sotsiologiya fanlarida
keng qo`llaniladi. Unga aniq bir ta'rif berish juda qiyin. Masalan bitta tibbiyotning
o`zidagina me'yor tushunchasiga 200dan ortiq ta'rif berilgan. Umumiy qolda me'yor- bu
obektiv vokelikni belgilovchi ideal bilim, real voqealikni tavsiflovchi o`rtacha statistik
ko`rsatkichdir.
Tibbiyotda, psixologiyada, sotsiologiyada me'yorlarning o`z tasnifi,
parametorlar, ko`rsatkichlari mavjud. Belgilangan,jamiyat tomonidan qabul qilingan va
tan olingan me'yorlarga mos kelmaslik jarayoni ikkinchi bir
tushuncha-chekinish yoki
oqish bilan belgilanadi.
Ijtimoiy pedagogika “me'yor”hamda “me'yorlardan chekinish” masalalari muhim
ahamiyat kasb etadi. Ular bolalarning ijtimoiy xulqi va rivojlanish jarayoninini
tavsiflashda yordam beradi. Chekinishlar asosan, negativ va pozitiv xarakterga ega.
Masalan, bola rivojlanishida aqliy qoloqlik ham,
qobiliyatlilik ham normadan
og’ish hisoblanadi. Xulq-atvordagi jinoyatchilik, aroqxo’rlik, giyohvandlik va boshqa
salbiy og’ishlar ham shaxsning ijtimoiy shakllanish jarayoniga ham jamiyat
rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Negativ
chekinishlarga aqli zayiflik,
shuningdek, narkamaniya, alkogolizim, jinoyatchilik singani insoning ijtimoiylashuviga,
umuman jamiyatga salbiy ta'sir ko`rsatadigan xarakterlar negativga kiradi.
Dostları ilə paylaş: