Pedagogika hamda ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalari Pedagogika Ijtimoiy pedagogika
· ta'lim
o`qitish
tarbiya
pedagogik faoliyat
ijtimoiy ta'lim
o`qitishning ijtimoiy jihatlari
ijtimoiy tarbiya
ijtimoiy pedagogik faoliyat
ijtimoiylashuv
ijtimoiy institut
ijtimoiy adaptatsiya
ijtimoiy reabilitatsiya
Pedagogika faoliyat- bu ta'lim-tarbiya vositasida o`quvchilarga ijtimoiy madaniyat
tajribalarini singdirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat- bu bolaning ijtimoiylashuviga, ularga ijtimoiy
madaniyat tajribalarini singdirishga, jamiyatda o`z-o`zini boshqarishga sharoitlar
yaratishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. U ma'lum shaxsga qaratilgan bo`lib, aniq
manzilga yo`naltirilgan faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi xususiyatlarga
ega.
▪
Ta'lim muassasalaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat,
▪
bolalar tashkilotlaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat,
▪
bolalarning ijodkorligini oshirish va dam olishini tashkil etishga mas'ul
tashkilotlardagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning asosiy yo`nalishlari qo`yidagilar hisoblanadi.
▪
dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni profilaktika qilish,
▪
ijtimoiy me'yorlardan chekingan (o`qish) bolalarni ijtimoiy reabilitatsiya
qilish
.Bu ishlar ikki shaklda amalga oshiriladi:
1.Bevosita bolaning o`zi bilan olib boriladigan ishlar.
2.Bolaning ijtimoiy muhit bilan aloqasida vositachilik qilishi.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo`lgan
ijtimoiy ta'lim kategoriyasi ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu bolaning
ijtimoiylashuviga yordam beruvchi ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalarni
shakllantirish jarayonidir. Ikkinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu ijtimoiy soqada ishlash uchun
maxsus tayyorgarlik ko`rish jarayonidir.