186
YAna bir muhim ijtimoiy rol-o’z vatani fuqarosi bo’lish,
uni sevish, u bilan
fahrlanish, vatanparvar bo’lish bilan bog’liqdir. SHu bilan birga bola o’zlashtirishi
mumkin bo’lgan boshqa rollar ham bor. Masalan, mutaxassis roli. Uni bola maktab, litsey
yoki boshlang’ich kasbiy bilim yurtlarida o’zlashtiradi. Salbiy rollarga daydi rolini misol
qilsak bo’ladi. Katta shaharlar ko’chalarida, magazin, bozor, jamoa transportlarida
tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu rollarga ko’nikishgan. O’tgan-
qaytganlardan mohirlik bilan pul undirib olishadi. Ular orasida o’g’irlik bilan
shug’ullanadiganlari ham uchraydi. Ba’zi hollarda bo’lsa, ularni bu ishga kattalar
undashadi.
Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o’zlashtirishi unga
ijtimoiy munosabatlarga
muvaffaqqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. ijtimoiy moslashuv deganda shaxsning
ijtimoiy muhit sharoitlariga ko’nikishi tushuniladi.
Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi
hisoblanadi. Bu asosan uch yo’nalishda olib boriladi: faoliyat, muomala va anglash.
Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning
zaruriy shakl va
vositalarini qo’lga kiritishi, muomala sohasida muomala doirasining kengayishi, uning
mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini
o’zlashtirish sodir bo’ladi. Anglash sohasida o’z “men”i obrazini shakllantirish, o’zining
ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o’rnini anglash ro’y beradi. Bu jarayonlarning barchasini
tarbiya tartibga soladi.
Dostları ilə paylaş: