191
olib keladi. Daydilikka moyilligi bo’lga bolalar soni ham ko’paymoqda. Bolalar
maktablarda tahsil olishmayotganining yana bir qancha sabablarini keltirsak bo’ladi.
4.Ijtimoiy chekinish.
Ijtimoiy chekinish tushunchasi ijtimoiy me'yor
tushunchasi
bilan bog`liq. Ijtimoiy me'yor-bu jamiyat rivojlanishining ma'lum bosqichida insonlar
yoki ijtimoiy guruhlar faoliyati va xulq-atvoridagi yo`l qo`yilgan yoki mumkin bo`lgan
qoidalar, hatti-harakatlar andozasidir. Ijtimoiy chekinish yoki og`ishlarning oldini olish
va tartibga solib borish uchun qadimda turli xil afsonalar, an'analar va diniy
marosimlar
yaratilgan.
Ijtimoiy me'yor ikkita guruhga ajratiladi:
▪
Universal, ya'ni jamiyayatdagi barcha insonlarga xos.
▪
Xususiy, ya'ni jamiyatdagi ma'lum guruh yoki ma'lum kasb egalari xos
me'yorlardir Ijtimoiy me'yorlarni, shuningdek huquqiy, ma'naviy, siyosiy,
diniy va
q.k.deb ham guruqlarga ajratish mumkin.
Ijtimoiy me'yorlar va insonlarning ulardan oqishi yoki chekinishi ular yashab
turgan jamiyatning ajralmas faktori bo`lib hisoblanadi. Bolalar orasidagi ijtimoiy oqish
esa uning o`sha jamiyatda salbiy sifatlar ta'sirida
tarbiyalanishi, salbiy ijtimoiy guruhga
kirishga, ijtimoiy rolni egallab, ijtimoiy tajribalarni o`rganishi sifatida xarakterlanadi.
Pedagogika buni “tarbiyasi oqir bolalar” deb yuritishadi.
Ya'ni bu bolalarning hatti-harakatlari, xulq-atvorlari jamiyat tan olgan me'yorlarga
zid. Ijtimoiy pedagogning ish faoliyati esa shunday oqishlarni
profilaktika hamda
reabilitatsiya qilishga qaratilgandir.
M. A. Galaguzova tomonidan turli og’ish turlarining tasnifi quyidagicha berilgan:
Dostları ilə paylaş: