Giyovanlik bolalar deviant xulq-atvorining shakllaridan biri sifatida
Giyovandlik deganda eyforiya holatini keltirib chiqaruvchi moddalarga ishtiyoq
tushuniladi. Eyforiya-haqiqiyahvolga mos kelmagan holda kayfiyatning ko’tarinki
bo’lishi holatidir. Giyovand moddalarni iste’mol qilish nafaqat alohida shaxsga balki
jamiyatga ham zarar keltiradi.
Ijtimoiytibbiy sohada giyovand moddalarni iste’mol qilishning ikki turi mavjud: 1)
giyovand giyovand moddalarni iste’mol qilishni o’z ixtiyori bilan chek qo’yishi mumkin
bo’lgan holat, 2) u bu ishni qilishga qurbi yetmaydigan holat. Giyovandlikning ijtimoiy
pedagogik yo’nalishda o’rganish uni giyovandlikka jismoniy yoki ruhiy tobelik bilan
xarakterlanadigan deviant xulq-atvor shakli ekanligini aniqlasa bo’ladi. Bu tobelik bolani
jismoniy yoki ruhiy ishdan chiqishiga, shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasiga olib keladi.
Giyovandlikning turlaridan biri taksikomaniya hisoblanadi. Taksikomaniyada
giyovand modda o’rniga organizmga benzin kabi maishiy kimyo vositalar kiritiladi.
Taksikomanlar odatda 13-14 yoshli o’smirlar bo’lib, ular o’z organizlarining
zaharlanishi oqibatlarini tushuna olishmaydi. Taksikomaniyaning xavfi shundaki bolalar
organizm zaharlanishi natijasida yo nobud bo’lishadi yoki shunga olib boruvchi
harakatlar sodir etishadi. Taksikoman tirik qolgan taqdirda ham bola organizmiga zaharli
moddalarning ta’siri juda yomon oqibatlar-nogironlik, aqlinorasolikka olib keladi.
Giyovandlik hozirgi kunda quyidagi sabablarga ko’ra jiddiy muammo hisoblanadi:
-o’smir yoshidagi giyovandlarning ommaviy ko’payishi.
-qimmat turuvchi va kuchli ta’sir ko’rsatuvchi narkotik moddalarni iste’mol
qilishning keng tarqalishi.
-giyovand bolalar va o’smirlar ijtimoiy maqomining o’zgarishi.
Agar 5 yil avval bular asosan noxush oilalarda voyaga yetgan farzandlar bo’lsa,
hozirgi kunda giyovand bolalar va o’smirlar safi yuqori daromadli oilalar farzandlari
bilan to’lib bormoqda. Bu oilalardagi o’smirning moliyaviy erkinligi, yuqori bo’lmagan
262
axloqiy normalar alohida yoshlar submadaniyatini shakllantirishga olib keldi. U
submadaniyatlarda yetakchi qadriyat vazifasini erkin vaqt o’tkazish bajaradi. Giyovand
moddalar esa muayyan hayot tarzining xususiyati hisoblanadi. Mashhur dikotekalar, rok-
yulduzlar konsertlari giyovand moddalar iste’mol qilinadigan xavfli joylarga aylangan.
Bugungi kunda garchi bir dozasi uchun narxi 50-150$ bo’lsa ham kokoin, geroin,
“ekstozi” tabletkalari kabi giyovand moddalarni iste’mol qilish katta xavf tug’dirmoqda.
birinchi iste’mol qilish bosqichi “yarim giyovandlik” bosqichiga aylanib unda o’smir
turli narkotik vositalarni qayta-qayta iste’mol qila boshlaydi. Turli narkotiklarni iste’mol
qilgan o’smir ularning ichidan birini tanlab oladi. Bu yerda chetga chiquvchi xulq-
atvorning kasallikka aylanishi haqida gapirish mumkin. CHunki kerakli narkotik turi
tanlangach giyovandning avval ruhiy, so’ngra jismoniy tobeligi boshlanadi.
O’smirlik davrining qiyinchiliklari haqida yuqorida to’xtalib o’tilgan edi. O’smir
guruhlar o’z xususiyatlariga ega bo’lib, ular:
-kattalarning g’amxo’rligiga qarshi chiqish
-tengdoshlar bilan guruhlarga birlashish kabi o’smir xulq-atvor reaksiyalari bilan
bog’liq.
O’smirning giyovandlik xulq-atvori asosida ma’lum sabablar yotadi:
1. shaxsning xarakteri ko’rsatkichlari
2. ruhiy va jismoniy og’ishlar
3. uning shaxsiyatiga turli omillar ta’siri:
a) biologik omillar-narkotik vositalarga nisbatan bag’rikenglik, kasallik, charchoq
munosabati bilan giyovand moddalar qabul qilish;
b) ruhiy-eyforiya holatini boshdan kechirishga qiziqish, o’zini namoyon qilishga
intilish, ijobiy ijtimoiy qiziqishlarning yo’qligi, ruhiyatning buzilishi;
v) ijtimoiytengdoshlar guruhlari, moddaning ta’siri;
d) ijtimoiymadaniy va submadaniyatning ta’siri-ba’zi yoshlar guruhlari
narkotiklarni hayotning ajralmas bo’lagi deb hisoblashadi;
e) yoshlarning givandlashuv muammolarini uzoq vaqt oshkor qilmasliklari;
j) sobiq mafkuraviy va ijtimoiy institutlarning barham topishi, o’smirlarning g’arb
madaniyati bilan qiziqib qolishlari;
z) narkotiklarga yetishish mumkinligi.
YOshlar giyovandigi bilan shug’ullanayotgan pedagoglar va olimlar o’smirlarning
giyovand moddalarni iste’mol qilishlari sabablari haqida o’z nazariyalarini ilgari
surmoqdalar. Bu nazariyalarning mazmuni va nomlanishi ular qaysi omillarni eng muhim
deb hisoblashlariga ko’ra aniqlanadi.
Programmalashtirish nazariyasining tarafdorlari (G.A.SHichko, E.I.Bextel,
A.N.Mayurov, S.N.SHeverdin, F.G.Uglov, A.A.Gabiani, A.I.Durandina, Dj.di Djennaro
va boshqalar) ijtimoiymadaniy omilni yaqqol ajratib, o’smir spirtli ichimlik, giyovand
moddalarni iste’mol qilishi jamiyatda keng tarqalgan ichish-chekish an’analari, spirtli
ichimliklar reklamasi, atrofdagilarning yomon namunasi oqibati deb hisoblashadi.
Demak, o’quvchilarni informatsion va psixologikantialkogol himoya bilan qurollantirish
lozim.
Ijtimoiy pedagogik qarovsizlik nazariyasi tarafdorlari (D.V.Kolesov, V.Guldman,
M.Raytenberg, A.F.Boyko, B.S.Bratus va P.I.Sidirov) bolalar va o’smirlarning giyovand
xulq-atvorini mikro ijtimoiy muhitning noxush sharoitlari va o’smirning psixologik
xususiyatlari keltirib chiqaradi deb hisoblashadi. Muammoning yechimini bu nazariya
tarafdorlari o’quvchilarning ijtimoiy pedagogik qarovsizliklarini oldini olishda deb
ko’rsatishadi.
263
Bulardan kelib chiqqan holda shunday savol tug’iladi-voyaga yetmaganlarning
giyovand bo’lib qolishlariga nima sabab bo’lmoqda? Bunda hammasi muayyan bir
shaxsga bog’liq.
Giyovandlikning nafaqat o’zi, balki ashxs rivojlanishi, uning ijtimoiy hayotda
ishtirok etishi uchun yomon oqibatlarni keltirib chiqarishi ham salbiy hodisadir.
Giyovandlik oqibatlari 3 turga ajratiladi: biologik, ijtimoiypsixologik va jinoiy.
Biologik oqibatlarga faollik, shaxsning quvvat zahirasining tushishi, biologik
ehtiyojlarning kamayishi (ovqat, uyqu), qarshilik ko’rsatishning pasayishi, bola
organizmining barbod bo’lishi kiradi.
Ijtimoiy psixologik oqibatlarni bolaning axloqiy degradatsiyasi deb xarakterlasak
bo’ladi. Avval unda giyovand modda iste’mol qilishdan boshqa qiziqishlari va ehtiyojlari
pasayadi, so’ngra umuman yo’q bo’lib ketadi. Giyovand moddaga qiziqish butun
hayotning o’rnini bosadi. Atrof-muhit giyovand tomonidan giyovand moddalarni topishni
va iste’mol qilishni og’irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi nuqtai nazardan baholanadi.
Jamiyat bilan foydali ijtimoiy aloqalar uziladi (giyovand do’stlaridan ajraladi, o’qishni
xohlamaydi). Ruhiy qulay holat faqatgina giyovand moddaning kerakli me’yori iste’mol
qilinganda yuzaga kelishi mumkin.
Giyovandlikning jinoiy oqibatlari biologik va ijtimoiypsixologik oqibatlar bilan
izohlanadi. Bu o’zaro aloqaning mexanizmi quyidagi ko’rinishga ega. Giyovand o’z
qiziqishi, ehtiyojlarini qondirish uchun o’qishni yoki ishini tashlashi kerak. CHunki
uning vaqti faqat giyovand moddalar izlash bilan o’tadi. Ularni doimiy xarid qilishga
mablag’ yetishmaganligidan giyovand ularninoqonuniy yo’l bilan qo’lga kiritish
yo’llarini izlaydi (o’g’irlik, talon-taroj orqali). Pul yo’q bo’lgan hollarda narkoman o’z
maqsadiga yetishish uchun har nimaga xatto qotillikka ham tayyor bo’ladi.
Narkotik vositalarni noqonuniy ishlab chiqarish, qo’lga kiritish, saqlash yoki
sotish, bolalarni narkotik moddalar iste’mol qilishga undash, tarkibida narkotik moddalar
bo’lgan o’simliklarni yetishtirish, narkotik iste’mol qilish uchun maxsus joylarni tashkil
qilish bilan bog’liq jinoyatlar boshqa guruhga mansubdir.
Giyovand moddalarni iste’mol qiluvchi o’smirlarni aniqlash muayyan qiyinchilik
tug’diradi, ularni bevosita davolash bilan tibbiy-narkologik xizmat ko’rsatuvchilar
shug’ullanishadi, ijtimoiypedagogning maktabdagi asosiy faoliyati narkomaniya
profilaktikasidir.
Milliy va xorij pedagogik adabiyotlarida zararli odatlar profilaktikasi masalalarini
o’rganish shuni ko’rsatadiki, yosh avlodning giyovandlikka qarshi tarbiyasi masalasida
ikki asosiy tendensiya kuzatiladi: axborot-faoliyat yondoshuvi (milliy adabiyotlarda) va
axborot-faoliyat yondoshuvi (xorij amaliyotida).
Axborot-faoliyat yondoshuvi tarbiyalanuvchining o’zini giyovandlikka qarshi
faoliyatga jalb qilish orqali giyovandlikka qarshi kurash yuritishni nazarda tutadi
(A..N.YAkushev, K.R.Ismagilov).
Informatsion-emotsianal yondoshuvda axborot bilan bir qatorda ijtimoiypsixologik
treningga ham katta e’tibor qaratiladi.
Xorij giyovandlikka qarshi tarbiyasida faol metodlarga yetakchi rol topshirilib
ularning o’ziga xos xususiyati faoliyat, malaka va ko’nikmalarini shakllantirishga
qaratilganlikdir. Bundan kelib chiqadiki, ijtimoiypedagog maktab o’quvchilari bilan
birgalikda giyovandlikka qarshi dasturni ishlab chiqayotganida faol metodlardan
foydalanishi lozim. Bunday zamonaviymetodlarga giyovandlikka qarshi treninglar,
o’yinlar kiradi.
264
Falsafa, sotsiologiya va pedagogikada o’yin shaxs ijtimoiy individligini
shakllantirish ususli hisoblanadi. O’yin nazariyachilari bolalar va o’smirlar yoshidagi
o’yin hayotga tayyorgarlik usullaridan biri hisoblanishini tan olishgan. Uning faoliyati
boshqalar tajribasini o’zida sinab ko’rishning tayyor modeli hisoblanib, shaxsning aqli va
xissiyotiga ta’sir qiladi (A.S.Makarenko, A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, D.N.Uznadze
va boshqalar).
Uzoq muddatli o’yinlar rolli o’yinlarning maxsus turi hisoblanib, uning asosiy
xususiyatlari ommaviylik, muddatining uzunligi, o’yinning real haqiqatlar bilan
bog’lanib ketishidir. Uzoq muddatli o’yin darsdan tashqari tadbir sifatida o’tkazilib,
giyovandlikka qarshi xulq-atvor, munosabat shakllantirishga qaratilgan. Bu o’yinni
o’tkazishda ijtimoiypedagogning vazifasi rollarni tarbiyaviy effekti maksimal
ta’minlaydigan qilib taqsimlashdir. Xususan pedagog yoki pedagoglar guruhi o’yinda
qatnashishadi, yuqori sinf o’quvchilari pedagoglar va o’smirlar o’rtasida vositachi
bo’lishadi.
Ijtimoiypedagog maktab ta’lim tarbiyasining turli yo’nalishlariga moslab o’yinni
tashkillashtiradi.
Ona-tili va adabiyoti, tarix, davlat huquq asoslari, kimyo, biologiya darslariga
o’quvchilar insho, bayon, diktant yozishadi, giyovandlikka qarshi kurash mavzusida nutq
va referatlar bilan chiqish qilishadi.
Sinfdan tashqari faoliyatlarida ular giyovandlikka qarshi qaratilgan devoriy
gazetalar, rasmlar tayyorlashadi. SHuningdek, intervyu metodi ham qo’llanilib, u nafaqat
giyovand shaxslardan, balki ularning oila a’zolari, qo’shnilaridan ham olinadi. Sinfdan
tashqari faoliyatda ijtimoiypedagog o’smirlarga mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi,
ijtimoiy, tibbiy-narkologik muassasalar bilan aloqalar o’rnatishga yordam beradi.
O’quvchilar militsiya va narkologik statistikani, tumandagi giyovandlik vaziyatni
o’rganishadi, bolalar uylariga borishadi.
Barcha to’plangan materiallar pedagog-tashkilotchi qo’llariga to’planadi va uzoq
muddatli o’yinni yakunlaydigan teatli sahna ko’o’rinishi uchun ishlatiladi. Uzoq muddatli
o’yin o’quvchilarning giyovandlikka qarshi faoliyati bilan ham bog’liq. Unda o’quvchilar
mustaqil ravishda giyovandlikka qarshi adabiyotlarni o’rganishadi, referat va dokladlar
tayyorlashadi, giyovandlikka qarshi reydlarda ishtirok etishadi, mahalliy giyovandlik
holatini o’rganish bo’yicha mustaqil tadqiqotlar olib borishadi.
Dostları ilə paylaş: |