O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti



Yüklə 5,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/231
tarix20.09.2023
ölçüsü5,2 Kb.
#145771
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   231
ijtimoiy pedagogika

Oilaning ijtimoiy maqomi 
Oilaning jamiyatda moslashuvining ko’rsatgichi uning ijtimoiy maqomi hisoblanadi, 
ya’ni oilaning bugungi kundagi holati. Oila maqomi oila a’zolarining individual tavsiflari 
majmuasidan shakllanadi. Oilaning to’rtta maqomi mavjud bo’lib, ular: ijtimoiy-
iqtisodiy, ijtimoiy-ruhiy, ijtimoiy-madaniy, vaziyat-rol maqomlaridir.
Ijtimoiy-iqtisodiy maqom-oilaning moddiy holatini belgilaydi. Bu oila 
daromadlari, yashash ko’rsatgichlarini o’z ichiga oluvchi moddiy ta’minotlanganlikdir. 
Daromadlar yuqori, o’rta va past bo’lishi mumkin.
YUqori-daromad va yashash sharoitlari darajasi nafaqat maishiy ehtiyojlarni 
qondirish imkoniyatini beradi, balki boshqa xizmatlardan foydalanishga ham zamin 
yaratadi. 
O’rta-holat minimal ijtimoiy ehtiyojlarni qondira oladi, biroq dam olish ta’lim va 
boshqa xizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi. 
Past-daromad va yashash sharoitlari darajasi belgilangan me’yorlarlardan past, 
ovqat, kiyim-kechak, yashash joyi to’lovi kabi masalalarda ham muammo chiqib turadi. 
Psixologik (ruhiy) maqom-bu oilaning psixologik iqlimi. YAxshi iqlim emotsional 
yaqinlik, hamkorlik, teng huquqlilik bilan xarakterlanadi. YOmon, noxush iqlim esa 
nizo-janjallar ko’pligida emotsional noqulayliklarda namoyon bo’ladi. 
Ijtimoiy-madaniy maqom-ta’lim darajasi, yurish-turish madaniyati, an’nalarni 
saqlab qolish va o’tkazish vazifasi, qiziqishlarning keng doirasi, rivojlangan ma’naviy 
ehtiyojlar, dam olish va maishiy hayotning birgalikdagi shakllari. 
Vaziyat-rol maqomi-bolaga munosabat xarakteri______?___. 
Oilaning ijtimoiy moslashuv bo’yicha tadqiqot o’tkazish uchun ijtimoiy 
pedagogika uning xususiyatlarini bilishi, ularga baho berish lozim. A. Q. Minavarovning
5
fikricha oilaning tarbiyaviy funksiyasining darajasi uch yo’nalishda bo’luvchi uning 
tuzilmasiga bog’liq.
Bu yo’nalishlar demografik-ko’pbolalik, kambolalik, ikki yoki uch avlodning 
birgalikda yashashi, ota-onalarning ikkalasini ham bo’lishi, oila a’zolarining ta’lim 
olganliklari darajasi, bolalarni tarbiyalashda vazifalarni taqsimlash, oila tarbiyasining 
o’ziga xosligi, shuningdek oilaning milliy xususiyatlari ham inobatga olinadi. 
Oila tipologiyasi ijtimoiy moslashuv darajasi bo’yicha farq qiluvchi to’rttaasosiy 
kategoriya asosida shakllanadi: 
YAxshi oilalar
-o’z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishadi, o’z bolasi 
ehtiyojlariga tez ko’nikishadi. Muammo paydo bo’lib qolsa ularga bir karra yordam 
ko’rsatish kifoya. 

Yüklə 5,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   231




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin