237
3.
Bola bolalikka olinadi yoki bolalar uyiga topshiriladi. Albatta kam uchraydigan
holatlar ham bo’lishi mumkin. Masalan, bola go’daklar uyiga to’g’ri
oilasidan kelib
tushadi yoki onasi uni go’daklar uyiga tashlab ketadi, barcha sanab o’tilgan holatlar o’z
xususiyatiga egalar, u yoki bu darajada adaptatsion sindromni keltirib chiqarishadi.
SHuning uchun biz ularga batafsil to’xtalamiz.
Adaptatsiya
atamasi “ko’nikish” degan ma’noni bildiradi. Barcha tipik
mavjudotlarning muayyan iqlim, hududda rivojlanishiga ko’nikish xususiyati.
Evalyutsiyaning darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, organizmning evalyutsion
imkoniyatlari ham shuncha yuqori bo’ladi.
Insonning boshqa tipik mavjudotlardan farqi uning ijtimoiy muhitda mavjud
bo’lishidir. Inson uchun ijtimoiy muhit boshqa sharoitlar (iqlim, harorat, ovqatlanish va
boshqalar) kabi ob’ektiv ta’sir omili hisoblanadi.
Insonning kelgusidagi o’zgarishlarga oldindan tayyorgarlik ko’rishi, o’zgargan
ijtimoiy sharoitlar munosabati bilan brish-turishni qayta
qurish ijtimoiy adaptatsiya
deyiladi. Muayyan mikro ijtimoiy muhitda (ish, oila va boshqalar) insonda u yoki bu
ijtimoiy sharoitlarga adekvat yurish-turish jihatlari paydo bo’ladi. ijtimoiy adaptatsiyada
eng muhim rolni miya po’stlog’i bajaradi.
ijtimoiy adaptatsiyadagiruhiy faoliyatning kuchayib ketishi yoki odatiy yurish-
turish shakllarini o’zgartirish zaruriyati yuzaga kelgan qizg’inlik sabablari hisoblanadi.
ijtimoiy adaptatsiyaning muvaffaqiyatli kechishi
uchun markaziy nerv tizimi
hujayralarining chidamlilik darajasi, nerv jarayonlarining kuchi muhim ahamiyatga ega.
ijtimoiy adaptatsiya imkoniyatlari faqatgina tug’ilgandan so’ng rivojlanadi, oliy
nerv faoliyati tizimi rivojidan ajralmas hisoblanadi.
Bola dunyoga kelgach inson tomonidan yaratilgan muhitga tushadi. Kattalarning
ta’siri va shaxsiy faoliyat natijasiga bolada shu muhitga mos tushuvchi yurish-turish
reaksiyalari paydo bo’ladi. Turli yosh davrlarida bolalar va o’smirlar
mikro ijtimoiy
muhit o’zgarishlariga duchor kelishadi va bu o’zgarishlar ularning yurish-turishiga ta’sir
ko’rsatadi.
ijtimoiy pedagogning bolalar uyidagi faoliyati bolani ijtimoiy munosabatlarga
qo’shish va uning boshqalar muomalasini kengaytirish, isnoniy munosabatlarga kirishish
qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. ijtimoiy pedagog go’daklar uyi
tarbiyachilari va boshqa xodimlari bilan yaqin hamkorlik yuritib, bolalarda ijtimoiy
adaptatsiya qobiliyatini rivojlantirishning metodlarini bilishi lozim.
Go’daklar uylarida tarbiyalanayotgan bolalar o’z adaptatsion
mexanizmlari bilan
mashg’ulot o’tkazish uchun kamroq imkoniyatlarga egalar, demak ularda ijtimoiy
ko’nikish darajasi ham ancha past. SHuning uchun o’zgargan sharoitlarga o’tish ular
uchun qiyin omil hisoblanadi. Ustiga ustak go’daklar uyi bolalari og’irlashgan biologik
va
ijtimoiy anamnezga egalar, ularning rivojlanishi va sog’ligi ko’rsatkichlari ham
doimo optimal emas. Bu jihatlar ham markaziy nerv tizimi ishchanligini tushiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar funksional tizimning ko’pgina tarkibiy qismlarining
xomligi xarakterli bo’lib, bu ularda adaptatsion mexanizmlar tizimida qizg’inlik
holatlarini tez paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Go’daklar uylari bolalari esa ruhiy stress
holatiga juda oson tushishadi.
Adaptatsiyaning barcha shakllarini o’rganish bolaning yangi muhit sharoitlariga
ko’nikishi bosqichlarini, shuningdek adaptatsion bosqichning murakkabligi darajasini
belgilovchi omillarni aniqlash imkonini berdi.
Ko’nikish bosqichlari:
238
1. Keskin davr yoki dezadaptatsiya bosqichi. Bu bosqichda
yangi mikroijtimoiy muhit
talablari va odatiy yurish-turish stereotiplpri o’rtasida kelishmovchilik mavjud bo’ladi.
Bu vaqtda ayniqsa yurish-turish parametrlarida-kattalar bilan munosabatlar, nutq faolligi,
o’yinlarda o’zgarishlar ko’p bo’ladi. SHuningdek, tana og’irligining kamayishi,
infeksiyalarga qarshilik ko’rsatishning pasayishi kabi hodisalar ham kuzatiladi.
2. Adaptatsiyaning o’zi. Bunda bola yangi muhitni faol o’zlashtirib unga mos keluvchi
yurish-turish shakllarini ishlab chiqadi. Bu davrda turli tizimlardagi chetga chiqishlarning
kamayishi kuzatiladi. Hammadan tez ishtaha (15 kun) normallashadi, uyqu va emotsional
holat vaqti cho’ziladi. O’yin va nutq faoliyati esa hammasidan keyin o’z o’rniga qaytadi
(60 kungacha).
3. Kompensatsiya davri. Bunda organizm faoliyati to’liq normallashadi.
Birinchi va ikkinchi bosqichlarning xarakter va xususiyatlariadaptatsiyani
murakkabligi
bo’yicha tasniflash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: