Nerv sistemasi. Sudralib yuruvchilarning nerv sistemasi amfibiyalarnikiga nisbatan ancha takomillashgan. Ayniqsa, bosh miyasining oldingi katta miya yarimsharlari nisbatan katta bo’lib, kulrang miya moddasidan iborat po'stlog’i bor.
Miya yarimsharlari orqa tomonga o‘sib, oraliq miyani berkitib qo'yadi, yuqori tomondan qaraganda faqat oraliq miya o'simtalari — epifiz va tepa organlarini ko'rish mumkin. Boshtepa toq ko'zining rudimenti tuzilishi jihatdan ko'zga o'xshash bo'lib, yorug'lik ta ’sirini qabul qilish qobiliyatiga ega. Oraliq miyaning pastki qismiga ichki sekretsiya bezi gipofiz yondashgan.
Jinsiy organlari. Sudralib yuruvchilarda ichki urug'lanish bo'ladi. Ularning jinsiy organi tana bo'shlig'ida um urtqa pog'onasining ikki yonida joylashgan. Erkak kaltakesakning oq rangli oval tanachalar shaklidagi urug‘donlari umurtqa pog'onasi bel bo‘limining ikki tomonida joylashgan. Urug‘donlardan bir qancha kanalchalar chiqadi va ular qo'shilib urug‘don ortig‘ini hosil qiladi. Urug'don ortig‘i davom etib urug‘ yoligaaylanadi. Urug‘ yo’llari kloakaga ochilish oldidan siydik yollariga qo'shiladi va umumiy teshik orqali kloaka bo'shlig'iga ochiladi.
Urug' ortig'i tana buyrak - mezanefros oldingi qismining qoldig'i hisoblansa, urug' yo'llari esa shu tana buyrak chiqarish yo'llari - Volf nayiga gomologdir. Kloakaning yonbosh devoriarida kopulativ organlar bor. Bu organlar devori qon tomirlariga boy ikkita xaltachadan iborat. Jinsiy mayl qo'zg'alganda kopulativ organlar kloaka teshigidan tashqariga bo'rtib chiqa oladi. Bu xilda tuzilgan kopulativ organlar kaltakesaklar bilan ilonlarda juft, toshbaqa va timsohlarda esa toq bo'ladi. Urg'ochi kaltakesakning yuzasi tashqi tomondan g'adir-budur noto’g’rishaklli oval tanacha ko'rinishidagi 2 ta tuxum doni umurtqa pog'onasi bel bo'lim ining ikki yonboshida joylashgan.
Gatteriyalarda qo‘shilish organi, ya’ni kopulativ organi bo‘lmaydi. Urg‘ochi kaltakesakning yuzasi tashqi tomondan g'adirbudur, noto'g'ri shaklli oval tanacha ko'rinishidagi 2 ta tuxumdoni umurtqa pog'onasi bel bo'limining ikki yonboshida joylashgan.
Yupqa devorli keng naychalardan iborat tuxum yo'llarining bir uchi gavda bo'shlig'ining oldingi, ikkinchi uchi kloakaning keyingi bo'limiga mustaqil teshik bilan ochiladi. Tuxumdonning pastki qismi ko'pchilik hollarda kengayib bachadonni hosil qiladi. Urg'ochilarda Volf kanallari reduksiyalangan. Yetilgan tuxumlar tana bo'shlig'iga, u yerdan tuxum yo'lining voronkasi orqali tuxum yo'liga tushadi. Myuller naylari tuxum yo'li vazifasini bajaradi.