O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 164,42 Kb.
səhifə6/20
tarix19.12.2023
ölçüsü164,42 Kb.
#187117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Zokirov Rustam Kurs ishi 99

Umurtqa pog‘onasi. Sudralib yuruvchilarning o'q skeleti yoki umurtqa pog'onasining qismlari suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikiga nisbatan harakatchan va to'rtta bo'limga; bo'yin, ko'krak, bel, dumg'aza va dumga bo'linadi.
Umurtqalar tanasining old tomoni botiq, orqa tomoni bo’rtib chiqqan, ya’ni protsel tipda bo'ladi. Tuban sudralib yuruvchilarda (agamalar, gekkonlar) esa umurtqalari tanasi amfitsel tipda bo'ladi. Umurtqalarning yuqori tomonidan ustki yoylar chiqadi, bu yoylar aniq ajralib turadigan qiltanoq ostist o'simta bilan tugaydi.
Ustki yoylar old qirrasidan bir juft qisqa oldingi bo‘g‘im o‘simtasi, orqa qirrasidan esa bir juft keyingi bo‘g‘im o‘simtasi chiqadi. Umurtqa pog'onasining yon tomonlarida, yuqori yoyning asosiga yaqin joyda qovurg'aning birikishi uchun kichik chuqurcha bor. Voyaga yetgan vakillari o'q skeletida xorda qoldig'i yo'q.
Bosh skeleti. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarga qarshi o'laroq sudralib yuruvchilarning bosh skeleti suyaklardan (faqat hidlov va qisman eshituv bo'limidagina tog'ay saqlanib qolgan) iborat bo'lib suyaklarning soni juda ko'p. Bosh skeletining miya qutisi (neurokranium) va yuz bo'limlari embrional rivojlanishda mustaqil taraqqiy etsada,voyaga yetgan sudralib yuruvchilarda ular birikib ketadi. Bosh skeletning tarkibiga birlamchi almashinuvchi va ko'p sondagi ikkilamchi - qoplovchi suyaklar kiradi.
Muskul sistemasi. Amfibiyalarnikiga qaraganda ancha kuchli takomillashgan bo'lib, segmentli muskullari batamom mustaqil muskullarga ajralib ketgan. Bundan tashqari, amfibiyalarga xarakterli bo'lgan qovurg‘alararo muskullari yuzaga keladi. Bu muskullar nafas olish aktidamuhim rol o'ynaydi. Sudralib yuruvchilarda teri osti muskullari ham yaxshi rivojlangan.
Ovqat hazm qilish organlari. Og'iz bo'shlig'ining tubida go'shtdor, yassi tili joylashgan. Sudralib yuruvchilarning tili turi shaklda bo'ladi. Ilonlar va ko'pchilik kaltakesaklarning tili ingichkalashgan va uchi ikki ayrili, juda harakatchan bo'lib, ancha cho‘zilib tashqariga chiqa oladi va qo‘shimcha tuyg'u organi vazifasini bajaradi. Xameleonlar tilining uchi ayrili emas balki enli bo’ladi. Hozirgi yashab turgan sudralib yuruvchilar, asosan hayvonlar bilan oziqlanadi. Faqat ayrim toshbaqalar va iguanalar o'simliklar bilan oziqlanadi. Oziq ko'p sonli o'tkir tishlar bilan qurollangan jag'lari yordamida ushlab olinadi. Tishlar jag' va tanglay suyaklariga birikadi, faqat timsohlarning tishlari maxsus chuqurchalarda (alveolalarda) joylashadi. Hozirgi sudralib yuruvchilarning tishlari deyarli bir xil, faqat ba’zi ilonlarda ixtisoslashgan yirik juft zahar tishlari taraqqiy etadi. Tishlar, asosan oziqni ushlash va tutib turish vazifasini bajaradi. Timsohlar va toshbaqalar katta o'ljadan bir bo'lagini uzib olish qobiliyatiga ega. Ko'pchilik sudralib yuruvchilar oziqni butunlay yutadi.
Ilonlarning jag' apparati tuzilishi unga og'zini katta ochishga moslashgan. Shuning uchun ham ilonlarning bosh skeletida chakka yoylari yo'qolib ketgan, jag' apparati esa oshiq-moshiq sistemasiga aylangan, ya’ni ilonlarning yuqorigi va pastki jag'lari harakatchan. Og'iz bo'shlig'ida so'lak bezlari bo'lib, uning shilliq sekreti og'izdagi oziqni ho'llash va yutish uchun xizmat qiladi. Oshqozondan keyin unga parallel holda o`n ikki barmoqli ichak, undan keyin esa ingichka ichak boshlanadi. Ingichka ichak bir qancha bukilish hosil qilib, so'ng yo'g'on ichakka aylanadi. Murtak holdagi ko'richak ingichka ichak bilan yo'g'on ichak chegarasidan o'rin olgan. Yo'g'on ichakning keyingi qismida to'g'ri ichak joylashgan. To'g'ri ichak kloakaga ochiladi. Oshqozon osti bezi o`n ikki barmoqli ichak qovuzlog'iga o'rnashgan bo'lib, shaklan uzunchoq qattiq tanachaga o'xshaydi. Oshqozonning orqa uchida uzunchoq, kichik, qizil tanacha shaklidagi taloq bor. Qorin bo'shlig'ining oldingi qismini katta, ko'p pallali jigar egallagan. Uning ichki tomonida o't pufagi joylashgan, o't pufagi yo'li o'n ikki barmoqli ichakning boshlanish qismiga ochiladi. Sudralib yuruvchilarning ko'pchilik turlari ochlikka chidamli bo'ladi. Ayrim ilonlar va toshbaqalar tutqunlikda bir yilgacha oziqsiz yashashi mumkin.

Yüklə 164,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin