O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 164,42 Kb.
səhifə3/20
tarix19.12.2023
ölçüsü164,42 Kb.
#187117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Zokirov Rustam Kurs ishi 99

O'zbekiston Respublikasi
Prezidenti SH.M.Mirziyoyev.


Kurs ishining dolzarbligi. Bu mavzuning dolzarbligi shundaki, respublikamizda tarqalgan ilonlarning turlarini o’rganish, ularning zaharli va zaharsiz turlarini tatbiq qilish, ilonlarning zahridan turli xil kasalliklarga davo bo’luvchi dorilarni tayyorlash, yashash joyini, ya’ni tarqalgan arealini aniqlashdan iborat. Bundan tashqari hozirgi paytda iqlim o’zgarishlari va tartibsiz ov qilinishi natijasida yurtimizda ko’plab turlarning soni keskin kamayib ketishi kuzatilmoqda. Buning natijasida respublikamiz flora va faunasining o’zgarishi yuz berish ehtimoli mavjud. Shuning uchun aholi orasida ilonlar turlari haqida tushunchalar bo’lishi kerak. Zaharli ilonlarning chaqishi inson organizmini, hatto o’limi bilan ham tugashi mumkin. Bunda ilon chaqqanida qanday chora tadbirlar ko’rilishi zarur ekanligini ham oddiy aholiga tushuntirishimiz lozim.
Kurs ishining ahamiyati. Ushbu kurs ishi orqali ilonlar, ularning turlari va xususiyatlari haqida ma`lumotga ega bo`linadi. Rasmlar orqali hayvonlarni real tasavvur qilib ularni o`rganish zoologiya fanida ahamiyatlidir.
Kurs ishining maqsadi. Ilonning tuzilishi, o`ziga xosligi hamda yer yuzida tarqalishi to`g`risida keraklicha ma`lumotlar ushbu kurs ishiga kiritildi. Shuningdek, mavzu mohiyatiga mos rasmlardan ham foydalanildi. Maqsad ilonlar turkumi haqidagi mavjud bilimlarni takomillashtirib ularni amaliyotga tatbiq etish hamda keng qamrovli faktlardan foydalanib mavzu mohiyatini ochib berishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:

  • Respublikamizdagi tarqalgan zaharli va zaharsiz ilonlarning yashash muhiti, tuzilishi, ko’payishi, ahamiyatiga oid adabiyot manbalari bilan ishlash, to’plash va o’zlashtirish.

Kurs ishining ob’ekti va predmenti. Respublikamizdagi ilonlarni o’rganish kurs ishining ob’ekti hisoblanadi. Ilonlar turkumining oila vaklillari xususan respublikamizdagi zaharli va zaharsiz ilonlar tuzilishi, ko’payishi, biologik xususiyatlari, tarqalishi, sistematikasi va ahamiyati to’g’risida mutaxasis olimlarimiz tomonidan chop etilgan ilmiy va o’quv uslubiy qo’llanmalar, adabiyotlar ushbu kurs ishining predmenti hisoblanadi.



  1. Yüklə 164,42 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin