DINSHUNOSLIK FANING PREDMENTI VA FUNKSIYALARI Dinshunoslik fanini o’qitishdan maqsad talabalarga diniy va milliy qadriyatlarining tarixan mushtarakligi ularning umum insoniy qadriyatlar bilan uyg’unligini tushuntirish ularda diniy bag’ri kenglik madaniyatini dinga nisbatan to’g’ri tondoshuvini shakillantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Diniy nuqtayi nazarga ko‘ra, din – muayyan diniy e’tiqodlarga, ya’ni ilohga, uning tomonidan insonlarga xabar yetkazuvchilarning g‘ayrioddiy
salohiyatga ega ekaniga (payg‘ambarlik), insonlar atrofida unga ko‘rinmaydigan, ammo undan ancha yuqori darajada turuvchi mavjudotlar (farishtalar, jinlar) borligiga, inson ideal hayot kechirishi uchun azaldan belgilangan qonuniyatlar mavjudligiga (muqaddas kitoblar), inson hayoti muntazam nazorat ostida ekaniga, qilingan barcha yaxshilik va yomonlik uchun mukofot yoki jazo muqarrarligiga (oxirat, hisobkitob qilinish), inson qismati avvaldan belgilanishiga (taqdir) va shu kabi qarashlarga ishonish, ularni haqida sifatida qabul qilishdan iborat.
Din – tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatni bevosita qurshab olgan atrofmuhitdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda eta
digan maslak, qarash ta’limotdir. Din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va go‘zal ruhiyma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo‘lmagan xalq yo‘q. Xalq dinsiz, e’tiqodsiz biror bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Sotsiologik nuqtayi nazardan qaraganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Bu esa dinni jamiyatda bajargan vazifalariga ko‘ra o‘rganish mumkin demakdir.
Dinga berilgan ta’riflardan ba’zilari
Devil lug‘atida Ambroz Birs tomonidan berilgan ta’rif: «Din umid va qo‘rquvning arzanda qizidirki, jaholatdan xalos bo‘lish yo‘lini o‘rgatadi».
Ediy Brikel: «Din – it ustidagi kulgudir».
Kliford Gertz: «Din – kishiga ruhiy quvvat, uzoq muddatli yaxshi kayfiyat va rag‘bat baxsh qiluvchi, borliqning umumiy mazmunini muayyan tushunchalar bilan ochib berib, ushbu tushunchalarni halol va harom doirasida belgilab beruvchi ramzlar majmuasidir».
Villiam Jemes: «Din insonning shaxsiy va ichki hissiyoti, faoliyat va tajribasini ifoda qilib, natijada, u o‘zini ilohiy olam bilan bog‘liqligini his qiladi. Ruhiy, jismoniy va marosimlardagi faoliyat orqali ushbu bog‘liqlikni izhor qilinishi diniy tashkilotlarni yuzaga keltiradi». Oksford ingliz tili lug‘atida dinga berilgan ta’rif: «Din – muayyan e’tiqod doirasidagi faoliyat va xulq shakli, ilohiy qudratga hurmat ko‘rsatish va uning istagiga rozi bo‘lish, biror sana yoki holatga bag‘ishlanib o‘tkaziladigan marosim va bayramlar tizimi;
e’tiqod va ibodatlar majmuasi;
taqdir qo‘lida bo‘lgan ilohiy mutlaq qudrat boshqaruvini inson tomonidan qabul qilinishi hamda bandalikni Unga itoat va ibodat qilish, hurmat ko‘rsatish orqali ifoda etish yo‘li;
ba’zi tamoyillar – vafodorlik, sadoqat, muhabbat va mehnatkashlikni ro‘yobga chiqarish manhaji».
Paul Tillich: «Din – ulkan ta’sir doiraga ega kuchki, u birlamchi va hayot mazmunmohiyati haqidagi savollarga o‘z javobini bildirganligi nuqtayi nazardan dunyodagi boshqa tushunchalardan ustunlik jihati mavjud». Din jamiyatda insonlar dunyoqarashini shakllantirish, tasalli berish (kompensatorlik), birlashtirish, bosh qarish, kommunikativlik, ruhiyma’naviy tarbiyalash kabi bir qator vazifalarni bajarib kelgan. Dinningtasalliberuvchilikvazifasini olaylik. Inson bolasi boshiga biror musibat, qiyinchilik tushganida o‘ziga dindan ovutuvchi, ko‘ngliga taskin beruvchi, yupatuvchi kuch topgan. Din birlashtirish vazifasini ham bajarib, insonlar orasida hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Har bir din e’tiqod qiluvchilarini o‘z qoidalariga amal qilishga chaqiradi. Ularni bu qoidalarga sodiqlikka undaydi va shu yo‘l bilan insonlarni birlashtiradi. Din o‘ziga e’tiqod qiluvchilarning turmushini tartibga solib, boshqarish vazifasini ham bajaradi. Bu vazifa axloq normalari asosida amalga oshiriladi. Din axloq normalarini tartibga soladi hamda halol va harom, savob va gunoh nima ekanligini belgilab beradi. Dinning kommunikativlik vazifasi shundaki, diniy urf-odat, an’ana, marosim va bayramlarni birgalikda o‘tkazishga, qarindoshlik, birodarlik, dindoshlik aloqalarini mustahkamlashga chaqiradi. Din inson hayotining ezgulik mohiyatini ochadi. Bu uning insonlarni ruhiyma’naviy tarbiyalash vazifasini ado etayotganiga yaqqol dalildir.
Tabiiy muhitda ro’y bergan o’zgarishlar mehnat, muloqot, oziq-ovqatlarning sifat jihatlaridan o’zgarishi insonning tashqi qiyofasi, ong, tafakkurining shakllanishiga o’z tasirini ko’rsatdi, insonda tashqi olam to’grisidagi bilimlar asta-sekin to’plana borishi natijasida uning dunyoqarashi shakllana boshladi. Inson dunyoqarashining shakllanishidagi dastlabki bosqich bu mifologiya yani afsona asotirlardan iborat bo’lib, ong, tafakkuri shakllanib borayotgan inson o’zini o’rab turgan tashqi olamdagi narsa hodisalarni bilishga, o’rganishga, tushunishga harakat qila boshlaydi. Lekin insonni o’rab turgan tashqi olam qo’rqinchli, vahimali hamda tushunarsiz bo’lib, inson tabiatda sodir bo’layotgan ko’pgina narsa va hodisalarni ilohiylashtirib, ularga sig’ina boshlaydi. Natijada ibtidoiy davrda vujudga kelgan dinning dastlabki shakllari vujudga kela boshlaydi. Ibtidoiy davrda vujudga kelgan dinning tarixiy shakllari, ilk diniy tasavvurlarda inson tabiat hodisalarini muqaddaslashtirib unga sig’ingan, undan yordam olishga harakat qilgan. Ibtidoiy diniy tasavvurlarga xos bo’lgan yana bir xususiyat inson tomonidan tabiatdagi barcha narsa hodisalarni jonlantirib tasavvur qilish, har bir narsa hodisani boshqarib turadigan ilohiy kuchlarga ishonchdir. Jahonda mavjud bo’lgan barcha dinlar ikkita katta guruhga, politeizm yani ko’p xudolik diniy tasavvurlarga, hamda monoteizm yani yakka xudoga etiqod qilishdan iborat bo’lgan diniy ta’limotlarga bo’linadigan bo’lsa, ibtidoiy davrga xos bo’lgan diniy e’tiqod bu politeizmdan iborat edi. Inson o’zini o’rab turgan tashqi olamdagi turli ilohiy kuchlarga tasir ko’rsatishga, ulardan yordam olishga harakat qilgan. Dinning ibtidoiy shakllarida insonni o’rab turgan tashqi olamdagi barcha narsa va hodisalar ilohiylashtirib, inson uchun e’tiqod ob’yekti bo’lgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida inson nafaqat jismoniy tomondan, balki ma’naviy axloqiy jihatdan ham takomillashib bordi. Odamlar mehnat faoliyati natijasida tabiat sirlarini o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Ibtidoiy jamoa tuzumining keyingi bosqichlarida tabiatning stixiyali kuchlari oldida ojizlik sezganida odamlar bu kuchlarni ilohiylashtirib, ularga sig’ina boshladilar. Natijada animizm, fetishizm, totemizm, magiya va shomonizm singari ilk diniy tasavvurlar, dinning tarixiy shakllari vujudga kela boshladi. Odamlarda dunyoni boshqarib turuvchi ilohiy kuchlarga ishonch paydo bo’lishi natijasida odamlar bu kuchlarni ruhlar deb, ulardan eng qudratlilarini ilohlar deb ataganlar. Odamlar ilohlarga ovning muvaffaqiyatli chiqishi, yomg’ir yog’ishi, sog’lik-salomatlikka erishish to’g’risidagi iltimoslar bilan murojaat qilganlar. Ular ilohlardan yordam so’raganlar. Ilohlarni turli qiyofada tasavvur qilganlar, yog’och, suyak yoki toshdan ilohlarning tasvirini qirqib yasab, bu tasvirlarni but yoki sanam deb ataganlar. But yoki sanamlar odamlar joylashgan qarorgohning eng faxrli joylariga o’rnatilgan. Odamlar ilohlar marhamatiga sazovor bo’lish uchun butlarga sajda qilganlar, butlarga atab turli-tuman qurbonliklarni amalga oshirganlar. Insoniyat tarixida insonning kundalik hayoti bilan bog’liq bo’lgan muhim ishlar, jumladan tug’ilish, ozuqa topish, ov qilish, o’z xavfsizligini ta’minlash, dafn marosimi kabilar turli diniy tasavvurlar va e’tiqodlar bilan bog’liq bo’lganligini ko’rish mumkin.